«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasida «Atletiko»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng, klub tomonidan UEFAga hakamlik ustidan yo‘llangan shikoyat borasida o‘z fikrini bildirdi.
— UEFAga hakamlik bo‘yicha yo‘llangan rasmiy shikoyat biror natija beradi deb o‘ylaysizmi? — deya savol berildi Flikka matbuot anjumanida.
— Qanday natijaga erishishimizni bilmayman. Men va jamoa uchun eng muhimi — klub bizni bu masalada qo‘llab-quvvatlayotganidir, chunki o‘sha vaziyatda adolatsizlik bo‘ldi. Bir marta xato qilish mumkin, lekin ikki marta emas. Klubning dastagi biz uchun juda muhim.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bo‘lim boshida hisob 0:1 bo‘lib turgan vaqtda, «Atletiko» himoyachisi to‘p o‘yinga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan edi. Bosh hakam esa penalti belgilamaslikka qaror qilgan.
«Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.