Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Javohir Sindarov: «Endigi maqsadim — jahon chempionligi uchun bahsda maksimal darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonish»

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Intervyular
A A A

Kiprda o‘tayotgan Nomzodlar turnirida muddatidan avval g‘oliblikni naqd qilgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov g‘alabadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yosh shaxmatchi o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosim, jamoasining yordami va tarixiy natijaga nimalar evaziga erishganini ochiqladi.

Javohir turnir hali rasman yakunlanmagan bo‘lsa-da, asosiy vazifa bajarilganidan mamnunligini yashirmadi:

“Juda xursandman. Turnir hali tugamadi, lekin g‘alabani oldindan ta’minlaganimdan xursandman. Agar bugun mag‘lub bo‘lganimda, kun juda og‘ir o‘tgan bo‘lardi. Turnir davomida yaxshi o‘yin ko‘rsata oldim deb o‘ylayman”.

Grossmeyster turnir davomida O‘zbekistondagi muxlislarning mehri va e’tiborini doim sezib turganini ta’kidladi:

“Kecha oilaviy chatimizga Toshkent ko‘chalaridagi monitorlarda aks etgan rasmimni yuborishganida hayron qoldim. Butun O‘zbekiston turnirni kuzatayotganini o‘shanda yanada chuqurroq his qildim. Har bir turda bu qo‘llab-quvvatlashni sezib turdim. Buning uchun barchaga rahmat aytaman”.

Sindarov o‘z muvaffaqiyati ortida turgan jamoasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, unga uch nafar sekundant (yordamchi grossmeyster) ko‘maklashgan:

“Bittasi shu yerda (Kiprda) edi, qolganlari onlayn tarzda yordam berishdi. Murabbiyim Roman Vidonyak bilan ko‘proq ko‘nikmalar va psixologiya ustida ishlaymiz. Jamoamiz juda zo‘r, lekin hozircha hammasini ochiqlay olmayman, chunki oldinda jahon chempionligi uchun bahs kutib turibdi”.

Javohir Nomzodlar turnirini yutish uchun faqat bilim emas, balki omad ham kerakligini tan oldi:

“Bunday turnirlarda g‘alaba qozonish uchun bir oz omad ham kerak. Birinchi turdagi omadli yurish butun musobaqani o‘zgartirib yubordi. Fabiano Karuanaga qarshi va birinchi turdagi partiyalar juda og‘ir kechdi. Hindistonlik Pragg (Pragnanandha) va Fabiano Karuana bilan bo‘lgan o‘yinlarim menga alohida yoqdi”.

Shaxmatchi o‘z quvonchini birinchi bo‘lib yaqinlari bilan bo‘lishishini va oldinda uni yanada mas’uliyatli bahs kutayotganini aytdi:

“Hozir eng avvalo oilamga qo‘ng‘iroq qilaman. Bu lahzalarni ular bilan bo‘lishishni xohlayman. Endigi maqsadim — jahon chempionligi uchun bahsda maksimal darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonish”.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov Nomzodlar turniri yakunlanishiga 1 tur qolganda g‘oliblikni rasmiylashtirdi. U 13-turdan keyin 9,5 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi Anish Girini 2 ochkoga ortda qoldirdi. Ushbu muvaffaqiyat yakunida o‘zbekistonlik grossmeyster nafaqat turnir g‘olibligini, balki amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:19, 15.04.2026. O'qildi: 942 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик