UEFA prezidenti Aleksandar Cherefin ba’zi hakamlik talqinlarini tushunmasligini aytdi.
«Ba’zan muxlislar nega bir xil epizodlar turli o‘yinlarda turlicha talqin qilinishini tushuna olmaydi, men esa ularni tushunaman. O‘zim ham hech narsani tushunmayapman. Masalan, qo‘l bilan o‘ynash holatini olaylik: bu penalti bo‘ladimi yoki yo‘q — hech kim aniq tushunmaydi, bu ataylab qilinganmi yoki yo‘q… Buni qanday aniqlaysiz? Axir siz psixolog emassiz!
Biz hakamlarga qarorni maydondagi bosh hakam qabul qilishini tushuntirishga harakat qilamiz. VAR faqat aniq va ravshan xatolik bo‘lgan taqdirdagina aralashishi kerak. Aralashuvlar qisqa bo‘lishi lozim, ba’zida La liga yoki APLda bo‘lganidek, epizodni ko‘rib chiqish uchun 10–15 daqiqa qo‘shimcha vaqt ajratishi kerak emas», — dedi Cheferin.
Avvalroq, "Barselona" prezidenti Joan Laporta UYEFA prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yin (1:2) bosh hakami Kleman Tyurpen ishidan noroziligini bildirgani xabar qilingan edi.