Bugun Superliganing 9-tur bahsida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi “Neftchi” Urganch shahrida “Xorazm” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Statistik ma’lumot:
“Xorazm” va “Neftchi” jamoalari O‘zbekiston Superliga musobaqalari doirasida shu kunga qadar 18 marta rasmiy uchrashuvlarda o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ushbu qarama-qarshiliklarda “Xorazm” 2 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 3 ta bahs durang bilan yakunlangan, 13 ta uchrashuvda esa “Neftchi” ustun kelgan. To‘plar nisbati — 13:56 “Neftchi” foydasiga.
Eng yirik g‘alabalar:
23.09.2006 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:8
30.11.2025 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:0
Urganchdagi so‘nggi 5 uchrashuv:
30.11.2025 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:0
25.09.2010 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:1
20.10.2009 — “Xorazm” — “Neftchi” 0:0
23.09.2006 — “Xorazm” — “Neftchi” 2:8
13.05.2000 — “Xorazm” — “Neftchi” 1:1
Ma’lumot uchun:
Uchrashuvni G‘ayrat Jo‘rayev bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Bahs Urganch shahridagi “Xorazm” sport majmuasi maydonida soat 19:00 da start oladi.