Angliya Premyer Ligasining 35-turi doirasida “Everton” o‘z maydonida musobaqa g‘olibligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti”ni qabul qildi. Bellashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” asosiy tarkibida maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Husanov o‘yin davomida 80 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 62 ta uzatmaning 58 tasini aniq amalga oshirdi (94 foiz aniqlik). Sofascore portali Abduqodirning harakatlarini 6,6 ball bilan baholadi.
Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari:
Himoyaviy harakatlar: 10 ta;
Tashlanib to‘pni olib qo‘yish: 3 marta (2 tasi muvaffaqiyatli);
Tozalashlar: 4 marta;
Zarbaga to‘sqinlik qilish: 3 marta;
Havodagi kurashlar: 2 ta (bittasi muvaffaqiyatli);
Yerdagi kurashlar: 6 ta (barchasi muvaffaqiyatli);
To‘pni qaytarib olish: 8 marta;
“Manchester Siti” safida dubl muallifi bo‘lgan Jeremi Doku uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Sofascore tomonidan belgiyalik futbolchining harakatlari 9,8 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, “shaharliklar”ning ikkinchi golini kiritgan Erling Holand 7,5 ball oldi. Mezbonlar safida esa zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etgan Tierno Barri 8,9 ball bilan baholandi.