Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 40 67 61 168
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1860 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timur Kapadze: “Biz har taraflama g‘alabaga haqli edik”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Quyida uning fikrlari e’tiboringizga havola etilmoqda.

— Qiyin o‘yin bo‘ldi, buni kutgandik. Chunki “Lokomotiv” - yaxshi jamoa. Alamli durang bo‘ldi, deb o‘ylayman. “Lokomotiv” bittagina epizodidan foydalanib ketdi va shunda ham mahorat evaziga. Ular boshqa imkoniyat ham yaratishmadi. Bizda esa yaxshi imkoniyatlar bor edi, foydalana olmadik. Hisob 1:0 bo‘lganida ham, undan oldin ham. Vaziyatlardan foydalanish kerak edi, baribir 1:0 - juda qaltis hisob. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Biz har taraflama g‘alabaga haqli edik. O‘yinda ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bitta vaziyatda e’tiborni yo‘qotib, darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Shu sababli alamli durang bo‘ldi. Muxlislarga rahmat aytaman.

Oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lganim - jamoaning yutug‘i. Bu sovrinda muxlislarning, rahbariyatning, jamoaning hissasi katta. Bunga hammamiz birgalikda erishdik. Barcha futbolchilar ko‘rsatmalar asosida o‘ynashlari kerak edi. Muhammadali Usmonov birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olmadi. Uning o‘yin uslubi mos tushmadi. Epizodlarga u mos tushmadi. Ayrim vaziyatlarda futbolchilarimizni tanimadik. Bunda charchoq alomatlari ham bor. Uch kun oldin kubokda o‘ynagandik. “Lokomotiv” esa kuchga to‘laroq edi, bu ko‘rinib turibdi. O‘rtada ular kubokda o‘ynashmadi va o‘yinga tayyorlanish uchun yetarlicha vaqti bor edi. Shuni ham tushungan holda, maydonga tushdik. Lekin futbolchilar bugun oxirigacha kurashishdi hamda faqatgina vaziyatlardan foydalana olmadik. Barchasini taxlil qilib chiqamiz. O‘z navbatida raqib ham ayrim vaziyatlarda bizga imkoniyat berishmadi.

Bizda katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Hozirgi tarkib va raqibning uslubidan kelib chiqib, nozik tomonlaridan ushlashga harakat qilamiz. Bu qayerdadir o‘xshamoqda, qayerdadir o‘xshamayapti. Bu yerga har xil raqib kelmoqda. Ular turlicha uslubda o‘ynashmoqda. Shu sababli biz ham raqib uslubiga moslashishga, o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘lyapmiz. O‘yin boshida Asadbek Rahimjonovning safdan chiqqani yoqimsiz holat bo‘ldi. Ishlaydigan jihatlarimiz ko‘p. Oldimizda vazifalar turibdi. Bu uchun harakat qilishmiz kerak.

Husaynning vaziyati o‘yinlarda bo‘lib turadigan holat. U boshqasiga to‘pni uzatishi ham mumkin edi. Buni biz hal qilib oldik. Hujumchilar baribir qizg‘anchiq bo‘lishi kerak, deyishadi. Lekin o‘sha epizodda uning pas bergani yaxshiroq edi. Balki u o‘zi tepib, uraman deb o‘ylagandir. Barchasi soniyalar ichida bo‘ladi, biz uchun gapirish oson. Aytyapman-ku, epizodlarda yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi.

Har o‘yinda zarbalar bo‘ladi. Ba’zi uchrashuvlarda raqiblar zarba beradi, ayrimlarida bermaydi. Biz qanotlarni ham ishlatamiz. Demak, raqiblar bizga imkoniyat berishmagandir. Ayrim epizodlarda oxirigacha kurasha olmadik. Bu o‘yinni olib chiqib keta olardik. Peshonamizda shunday durang bor ekan, Hudoga shukr deymiz. Ishlashda davom etamiz. Bu futbol, barchamiz buni tushunib turibmiz. So‘nggi 2-3 o‘yinda anchagina kuch yo‘qotdik, bunda jarohatlar ham bo‘ldi. Barchasini inobatga olamiz. “Lokomotiv”dan kamroq dam olgan bo‘lsak-da, ulardan tetikroq ko‘rindik.

Raqiblar chiroyli gol urishdi. Lekin bu uchun olib kelish ham bor. Balki o‘sha vaziyatda biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak bo‘lgandir. O‘sha yerda Saidazamat yaxshiroq harakat qilishi kerak edi. U oddiy holatda raqibga yutqazdi. Raqib bizdan o‘tib ketdi, bu futbolda bo‘ladigan narsa. Uzoqdan tepgan to‘pi ham kirib ketishi mumkin. Kiraman degan to‘p kirib ketaveradi. Muammo yo‘q, biz o‘zimiz ko‘proq urishimiz kerak edi. Hisob 1:1 paytida ham gol ursak bo‘lardi. Qayerdadir futbolchilarga tetiklik, qayerdadir xotirjamlik yetishmagandir. 3 kun oldin "Nasaf" bilan o‘yinda katta miqdorda hissiyotlar ketgandi. Shu sababli ayrim sabablar bor. Lekin bu o‘yinda yutishimiz uchun bu o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi kerak edi.

Umar Adhamzoda va Diyor Xolmatov o‘tgan o‘yinda katta xajmdagi ishni bajardi. Ularda ham katta kuch ketgandi. Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirdi. Bo‘sh hududlar ko‘p edi. Shu sababli o‘yin oxirida Dilshod Komilovni o‘yinga qo‘shdim. Hisob 1:1, lekin o‘yinni olib chiqib keta olishimizni ham himoyani ham o‘ylashimiz kerak edi. Husaynda kuch ko‘p edi, agarda o‘zgarishlarim bo‘lganida boshqasini tushirgan bo‘lardim, - dedi Timur Kapadze.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Manba: fcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:39, 05.09.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик