Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «PSJ» safarda «Manchester Siti»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Parijliklar safida Dezire Due, Usmon Dembele, Vitinya va Magnes Akliush bittadan gol urdi.
Mezbonlar tarkibida esa Erling Xoland dubl qayd etdi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida Ferran Torres «Manchester Siti» darvozasiga belgilangan penaltidan foydalana olmadi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida AYEKni qabul qiladi. «PSJ» esa Parijda «Barselona»ga qarshi bahs olib boradi.
Har ikki uchrashuv 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yevropa chempionlar ligasi. Umumiy bosqich. 2-tur.
15 oktyabr, 00:00. «Etihad» (Manchester)
«Manchester Siti» — «PSJ» — 2:4
Gollar: Due, 13 (0:1), Dembele, 15 (0:2), Vitinya, 32 (0:3), Xoland, 53 (1:3), Akliush, 62 (1:4), Xoland, 75 (2:4).
Amalga oshirilmagan penalti: Torres (90).
«Manchester Siti» tarkibi: Donnarumma, Gvardiol, Gexi, Ruben Diash (Mateush Nunesh, 46), Husanov, Anderson, Fernandes (O'Rayli, 90), Doku (Buaddi, 46), Sherki (Ndiay, 46), Semenyo, Xoland.
«PSJ» tarkibi: Safonov, Nunu Mendesh, Pacho, Markinyos, Hakimi, Ruis (Ernandes, 84), Vitinya, Zair-Emeri (Beraldo, 84), Due (Kvarasxeliya, 66), Dembele (Torres, 76), Akliush (Joau Nevesh, 76).
Sariq kartochkalar: Semenyo (61) — Zair-Emeri (69).
Matnda xatolik topsangiz, o'sha xatoni belgilab, bizga jo'nating (Ctrl + Enter).