"Roma" yarim himoyachisi Matias Soule Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichida Madridning "Real" klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
Rimliklar o‘z maydonida kechgan bahs davomida 3:1 hisobida oldinda borganiga qaramay, yakunda 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Argentinalik futbolchi jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat qilganini, biroq bir nechta burchak to‘pidan keyingi vaziyatlar sababli g‘alabani qo‘ldan boy berganini ta’kidladi.
"Bunday voqealardan keyin nima deyishni ham bilmay qoldim. Shunchaki gapirishga so‘z topa olmayapman.
Uchrashuv to‘liq nazoratimiz ostida edi, ammo bir nechta burchak to‘pi tufayli hammasini qo‘ldan boy berdik.
Bu mag‘lubiyat jamoamiz uchun jiddiy saboq bo‘lishi kerak. Biz juda qattiq xafamiz. Shunga qaramay, mag‘lubiyat "Roma" yaxshi o‘yin o‘tkazgani haqidagi haqiqatni o‘zgartirmaydi.
Endi ushbu bahsning ijobiy jihatlarini ajratib olishimiz va tegishli xulosalar chiqarishimiz lozim", — deya Soulening so‘zlarini keltiradi Football Italia.
"Roma" Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 20 oktyabr kuni Slovakiyaning "Slovan" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Matnda xatolik topsangiz, o'sha xatoni belgilab, bizga jo'nating (Ctrl + Enter).