«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik joriy mavsumda hali maydonga tushmagan Frenki de Yong haqida fikr bildirdi. De Yong jarohatidan tiklandi va shanba kuni «Betis»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyor.
«Frenki — yuqori darajadagi futbolchi. Uning qaytganidan juda xursandman. U jarohatdan endi qaytgani uchun uning holatidagi o‘zgarishlarni kuzatib borishimiz kerak. Ertaga u o‘yin vaqtiga ega bo‘lishga tayyor bo‘ladi», — dedi Flik.
— De Yongning markaziy himoyada o‘ynashi haqida nima deysiz?
«Biz uni bu pozisiyada unchalik ko‘p sinab ko‘rmadik. Asosan, faqat cheklangan hududdagi ikki tomonlama mashg‘ulotlar paytida shunday qilganmiz. U mashg‘ulotlarda bor kuchini sarflaydi va o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishni xohlaydi. U bizga juda ko‘p variantlarni taqdim etadi.
Albatta, men futbolchilarning jismoniy yuklamasini to‘g‘ri taqsimlashim kerak, bu esa oson emas. Asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar bu o‘ringa loyiq ekanliklarini isbotlashlari kerak», — dedi Flik matbuot anjumanida.
«Barselona» La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa sakkizta turdan keyin mumkin bo‘lgan 24 ochkoning barchasini qo‘lga kiritgan.
Matnda xatolik topsangiz, o'sha xatoni belgilab, bizga jo'nating (Ctrl + Enter).