O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov to‘p surayotgan Shveysariyaning «Lugano» klubi Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining 2-turida safarda Ispaniyaning «Xetafe» jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi.
Uchrashuv 5:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi. Bahsning 2-daqiqasida Ivan Ason mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib, Albian Ayeti muvozanatni tikladi. 7-daqiqada Yanis Siminyani «Lugano»ni oldinga olib chiqdi, 26-daqiqada esa Ayeti dubl qayd etdi.
Ikkinchi bo‘limda Uran Bislimi 50-daqiqada shveysariyaliklarning ustunligini yanada oshirdi. 74-daqiqada Borxa Mayoral «Xetafe»ning javob golini urdi. Biroq 92-daqiqada Kevin Berens yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:2.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov uchrashuvning 75-daqiqasida maydonga tushdi va bahsni oxirigacha o‘tkazdi.
Ikki turdan keyin «Lugano» olti ochko jamg‘argan holda umumiy bosqich peshqadamlari qatorida bormoqda. «Xetafe» esa bir ochko bilan 23-o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi turda «Lugano» 6 noyabr kuni Litvaning «Kauno Jalgiris» klubini qabul qiladi.
Konferensiyalar ligasi, umumiy bosqich, 2-tur
«Xetafe» (Ispaniya) — «Lugano» (Shveysariya) — 2:5
Gollar: 1:0 — Ivan Ason, 2. 1:1 — Albian Ayeti, 3. 1:2 — Yanis Siminyani, 7. 1:3 — Albian Ayeti, 26. 1:4 — Uran Bislimi, 50. 2:4 — Borxa Mayoral, 74. 2:5 — Kevin Berens, 90+2.
Behruz Karimov: 75-daqiqada maydonga tushdi.
Matnda xatolik topsangiz, o'sha xatoni belgilab, bizga jo'nating (Ctrl + Enter).