Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
| 90+4' |
 |
O‘yin yakunlandi. "Laxviya" - "Bunyodkor" - 0:0.
|
| 90+2' |
 |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Shomurodov o‘rniga Karpenko tushmoqda
|
| 90' |
 |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
|
| 88' |
 |
Ahmadaliyev to‘pni maydonda olib qola olmadi.
|
| 84' |
 |
Talal Saidga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
|
| 80' |
 |
Ehhhhh, O‘rinboyev! Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Zabihillo aniq zarba bersa bo‘ldi edi!
|
| 79' |
 |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Zuxurov egallab oldi
|
| 75' |
 |
Shomurodovning 18 metrdan zarbasini Lekomte egalladi
|
| 74' |
 |
Hamdamov olis masofadan noaniq zarba berdi
|
| 71' |
 |
Yana bir imkoniyatni ko‘kka suvurdik. Shomurodovning uzatmasi noaniq bo‘ldi
|
| 68' |
 |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Zuagi o‘rniga Shahzodbek Nurmatov tushdi
|
| 67' |
 |
Vuuuuh! Qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Hamdamov jarima maydonchasi ichida yana aniq zarba bera olmadi!
|
| 64' |
 |
Vuuuh! Shukurov kerakmas joyda to‘pni raqibga berib qo‘ydi. Ahmad Abdulqodir jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. To‘pni Zuhurov qaytara olmadi. To‘p ustun yoniidan o‘tib ketdi
|
| 61' |
 |
Ehhhhhh, Hamdamov! Deyarli bir bir vaziyatga chiqdi va yaqin masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
|
| 60' |
 |
Zuxurovning "qovuni" "Bunyodkor"ga qimmatga tushishi mumkin edi. U to‘pni tepib yuborayotganida jarima maydonchasi tashqarisida turgan raqib futbolchisiga berib qo‘ydi. G‘ofurov "podkat" orqali xavfni bartaraf etdi
|
| 59' |
 |
Ali Afif jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
|
| 57' |
 |
Xolid Mufta o‘ng qanotdan kuchli uzatma berdi. Zuhurov to‘pni egalladi
|
| 55' |
 |
Ikkinchi bo‘limda "Laxviya" faollikni oshirdi
|
| 54' |
 |
Diako ofsaydda qoldi.
|
| 53' |
 |
Vuh! Ali Hasan Afif jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
|
| 51' |
 |
Mezbon jamoa futbolchisi olis masofadan noaniq zarba berdi
|
| 46' |
 |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
|
| 45' |
 |
Kim Dong Jin birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi. Tanaffus. Hozircha 0:0
|
| 45' |
 |
VUUUUUUH! Dostonbek Hamdamov birga bir vaziyatga chiqdi va olis burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p ustunni silagancha maydonni tark etdi! Biroz, birozgina...
|
| 42' |
 |
Hamdamov jarima maydonchasiga kirdi, ammo bor-yoo‘g‘i burchak to‘pi
|
| 38' |
 |
Luiz Junior jarimadan ancha noaniq zarba yo‘lladi
|
| 37' |
|
Qoidabuzarliklar orqali o‘yin tez-tez to‘xtab qolmoqda
|
| 31' |
 |
VUUUUH! Hamdamov chap qanotdan oldinga o‘tgan Komilovni to‘p bilan ta’minladi. Akrom to‘pni Dostonning o‘ziga qaytardi. Jarima maydonchasi ichida bergan zarba natijasida to‘p to‘sin ustidan o‘tdi va to‘rga yuqoridan tegdi
|
| 27' |
 |
Aleksandar Alempiyevich ogohlantirildi
|
| 27' |
 |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Lekomte mushti bilan urib yuborma
|
| 25' |
 |
"Laxviya" himoyachisi o‘z darvozaboniga uzatma berdi. To‘pga O‘rinboyev yetib olishiga sal qoldi
|
| 20' |
 |
"Bunyodkor" futbolchilarining xatosidan keyin mezbon futbolchisi jarima maydonchamizga kirib keldi. Uning uzatmasi Alempiyevichga tegib, maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani "qaldirg‘ochlar" qaytarishdi
|
| 19' |
 |
Vakillarimiz o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Hujumchilarimiz zarba berishiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi
|
| 17' |
 |
O‘yin tempi yuqori emas. To‘p asosan maydon markazida
|
| 13' |
 |
Ehhh, qarshi hujumda "Bunyodkor"ning 3 futbolchisi raqibning bir himoyachisiga qarshi chiqib borishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi, oddiy vaziyatda to‘p yo‘qotildi
|
| 11' |
 |
Shukurov yetkazib bergan to‘pni Lekomte egalladi
|
| 10' |
 |
Komilov chap qanotdan uzatma berdi. Burchak to‘pini o‘yinga kiritamiz
|
| 9' |
 |
Shomurodov chap qanotda ikki himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi
|
| 6' |
 |
Vuuuh! Jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatma paytida himoyachilarimiz to‘pni Diokoga berib qo‘yishdi. Kaliyutikaning zarbasini Zuxurov qiyinchilik bilan qaytardi
|
| 5' |
 |
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Shomurodov bosh bilan zarba berishga urindi. To‘p uning boshiga tegmadi va uni Lekomte egallab oldi
|
| 4' |
 |
O‘rinboyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
|
| 4' |
 |
Dioko birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo ofsayd
|
| 2' |
 |
Zabihillo O‘riinboyev sariq kartochka oldi
|
| 2' |
 |
Bugungi o‘yin shunchaki rasmiyatchilikdan iborat. Bugungi o‘yin natijasidan qat’i nazar "Laxviya" guruhda 2, "Bunyodkor" esa 4-o‘rinni band etadi.
|
| 1' |
 |
O‘yin boshlandi!
|
| ' |
 |
Diqqat! "Laxviya" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanmoqda
|