Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6068 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2538 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ismoil Bennosir: «Afrika kubogida faqat g‘oliblikni ko‘zlab harakat qilamiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

«Milan» yarim himoyachisi Ismoil Bennosir uzoq muddatli tiklanish jarayonidan so‘ng safga qaytdi.

U 2 dekabr kuni «A» seriya 14-turidan o‘rin olgan «Frozinone»ga qarshi o‘yin (3:1)ga zaxiradan qo‘shildi. Goal.com sayti jurnalistlari shu uchrashuv arafasida marokashlik futbolchiga intervyu masalasida yuzlanishdi va u iltimosni rad etmadi. Suhbat jarayonida esa Ismoil turli mavzularga to‘xtaldi: darvozabon Janluiji Donnarummaning Milanda «iliq» qarshi olingani, Zlatan Ibragimovichning qaytishi haqidagi gap-so‘zlar, yangi yulduzcha Franchesko Kamarda istiqboli...

- Ibragimovich «Milan»ga qaytayotgan ekan. Bundan xursandmisiz?

- Albatta, agar chindan ham, qaytsa, zo‘r bo‘ladi. Binobarin, Zlatan klubning haqiqiy afsonasi va foydasi tegishi muqarrar. Shaxsan men u bilan qayta uchrashishdan faqat xursand bo‘laman. Qaytaraman, Ibra hamisha jamoaga yordam berib kelgan va rahbarlik rolida ham shu ishini davom ettirishiga ishonchim komil. Xullas, agar qaytsa, bundan nafaqat jamoa, balki futbolchilar ham manfaat ko‘rishadi. Umuman, Zlatan bilan haligacha yaqin aloqadamiz, u biz uchun shunchaki, oddiy sobiq klubdosh emas.

- Janluiji Donnarummaning ketganidan qattiq ranjigan «Milan» muxlislari uni juda «iliq» qarshi olishdi yaqinda CHL o‘yinida. Shu holatga alohida to‘xtala olasizmi?

- Jiji «San Siro»da uni nimalar kutib turganini juda yaxshi bilardi - bu futbolning bir qismi. O‘zi millionlar o‘yini olami shunday: sen maydonda umumiy muhit tufayli tushadigan har qanday bosimni yengib o‘tishing shart. Aks holda... Yo‘q, stadionning Donnarummaga munosabati muxlislar uni yoqtirmasliklaridan emas. Shunchaki, «Milan»da o‘ynab, hammaning qalbidan joy olganingdan keyin ketishing muxlislarga hamisha og‘ir botadi. Axir «Milan» tiffozilari Jijiga mutlaqo o‘rganib qolishgandi. Ehtimol, bu yerda biz hech qachon bilolmaydigan boshqa jihatlar ham bordir. Shubhasiz, unga biroz qiyin bo‘ldi, ammo bunaqasi har bir futbolchi boshiga tushishi mumkin.

- O‘smir yigit - Franchesko Kamarda debyutiga baho bersangiz...

- Umid qilamanki, u kelajakda yetuk futbolchiga aylanadi. Oldin faqat ismini bilardim, endi esa biz bilan birga shug‘ullanmoqda va ko‘rganlarimga tayanib aytaman, Franchesko - haqiqiy hujumchi. Yigitchaning golga tashnaligi shundoq sezilib turibdi, unda o‘z qobiliyatini to‘liq namoyish etish ishtiyoqi kuchli. Lekin Kamarda hali shakl­lanishi va mashg‘ulotlarda bor kuchi bilan ishlashda davom etishi kerak. Zero, hozirda ba’zi futbolchilar safda emaslar, jumladan, Olivye Jiru bo‘lajak bahsda qatnashmaydi. Demoqchimanki, hozirgi holat Franchesko uchun - zo‘r imkoniyat. Bundan qanday foydalanish esa faqat o‘ziga bog‘liq, chunki maydonda yosh rol o‘ynamaydi. Umuman, uning haqiqiy goleadorga aylanib, o‘z gollari bilan «Milan» tarixidan joy olishiga umid bog‘lasak bo‘ladi.

- Tiklanish jarayonida sabr bilan ishladingizmi yoki tezroq qaytish uchun o‘zingizni biroz qiynadingiz?

- Barchasi ma’lum vaziyatlarga charbarchas bog‘liq. Tabiatan o‘z ustimda mustaqil ishlashga moyilman. Mana, ko‘pchilik muddatidan oldin qaytayotganimni aytmoqda. Aslida jarohatdan tiklanish muddati aniq emasdi. Faqat 6 oydan 9 oygacha cho‘zilishi mumkinligini aytishgandi. Hozir 7-oy ketmoqda, shunday ekan, qaytishim belgilangan muddatga mos kelmoqda. Mashg‘ulotlarda ishlash chog‘i avvalo, menda hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilishni xohladim. To‘g‘ri, chidamlilik va maromni biroz oshirdim, zero, ozgina jon kuydirmasangiz, sport formasiga kirib olishingiz qiyin. Hozirgi holatda ham menga biroz jismoniy tetiklik yetishmayapti, lekin turli usullarda ko‘proq ishlash orqali sur’atni oshirishga urinyapman. Misol uchun, stasionar velosipedda me’yoridan ko‘proq shug‘ullanyapman.

- Endi «Arsenal»dagi tajribani ham yodga olsak...

- Bu klubga bog‘liq nimadandir aslo afsuslanmayman. Har holda, bu o‘zim uchun eng to‘g‘ri yo‘l ekanligiga mutlaqo ishongan holda, qaror qabul qilgandim. Qolaversa, «Arsenal»da ajoyib davrni boshdan o‘tkazdim, 2 yil davomida yaxshigina tajriba oldim. O‘zi Angliyaga aynan shu maqsadda borgandim, chunki qadrdon shaharcham - Arleda bunday imkoniyat yo‘q edi. Ha, «Arsenal»ning asosiy tarkibidan muntazam joy olish uchun menga nimadir yetishmagani rost. Shuning uchun 3-4 yillik shartnoma tuzgan bo‘lsamda, ertaroq ketishni ma’qul ko‘rdim. Umuman, «Arsenal» variantini ongli ravishda tanlagandim va hozirga qadar bundan afsuslanmayman.

- Afrika Millatlar kubogi starti ham tobora yaqinlashmoqda...

- Marokash milliy jamoasi qit’a chempionatida zafar quchishi mumkinmi? Albatta. Sen shunday yirik turnirga kuchli jamoa safida borganingda, faqat g‘alaba haqida o‘ylaysan, eng yuqori marrani ko‘zlaysan. Aks holda, turnirda qatnashishdan mantiq yo‘q. Allaqachon Afrika kubogini qo‘lga kiritganmiz. Demak, bu safar muvaffaqiyatni takrorlashga urinib ko‘ramiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:11, 14.12.2023. O'qildi: 798 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.