Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH-2026: AQSHdagi mehmonxonalar narxi keskin arzonlashmoqda. Bunga nima sabab bo‘ldi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yil AQSH mezbonlik qiladigan Jahon chempionati arafasida mamlakatdagi mehmonxona narxlari keskin pasayib ketdi. Bu haqda soha vakillariga tayanib, Financial Times nashri xabar bermoqda. Narxlarning tushishiga chiptalar narxi haddan tashqari qimmatligi hamda dunyoda AQSHga nisbatan shakllangan salbiy kayfiyat tufayli muxlislar tashrifining kamayishi xavfi sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq Yevropa futbol muxlislari assosiasiyasi (FSE) chiptalar narxini “talonchilik” deb atagan va ularning savdosini darhol to‘xtatishga chaqirgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, FSE va Yevropa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish guruhi chiptalar savdosidagi monopoliya yuzasidan Yevrokomissiyaga FIFA ustidan shikoyat kiritgan.

“AQSH mehmonxonalari yozda bo‘ladigan Jahon chempionati davri uchun narxlarni tushirishga majbur bo‘lmoqda. Soha rahbarlarining ogohlantirishicha, chiptalarning qimmatligi, inflyasiya xavfi va antiamerika kayfiyati muxlislarni sayohat rejalaridan voz kechishga majbur qilmoqda”, deyiladi nashr materialida.

Lighthouse Intelligence tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, musobaqaga mezbonlik qiluvchi Atlanta, Dallas, Mayami, Filadelfiya va San-Fransisko kabi shaharlarda mehmonxona narxlari yil boshidagiga nisbatan uchdan bir qismga (taxminan 30 foizga) arzonlagan.

Soha mutaxassislaridan biri xalqaro talabning pasayishini AQSHning viza va immigrasiya siyosatidan norozilik, shuningdek, Eron atrofidagi beqaror vaziyat bilan izohladi. Ma’lum bo‘lishicha, turnirni boykot qilish haqidagi chaqiriqlardan so‘ng, bir kechaning o‘zida 17 mingga yaqin ishqiboz o‘z chiptalarini qaytarib bergan.

“Odamlarning AQSHga kelish istagi sezilarli darajada kamaygani yaqqol ko‘rinib turibdi”, deya qo‘shimcha qiladi Financial Times.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2026 ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida uch mamlakat — AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi. Shuningdek, 2028-yilda Los-Anjeles shahri yozgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:41, 16.04.2026. O'qildi: 683 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик