Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 26 57
2 Nasaf 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 26 41
7 Navbahor 26 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Qo‘qon-1912 26 29
11 Surxon 26 28
12 Andijon 25 28
13 Buxoro 26 24
14 Xorazm 26 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 26 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo
26-тур Sho‘rtan 0-2 Neftchi
26-тур Qo‘qon-1912 2-0 Navbahor
26-тур OKMK 1-1 Nasaf
26-тур Bunyodkor 2-1 Mash’al
26-тур Surxon 4-0 Andijon

Navbatdagi o'yinlar.

30/10/25 Dinamo - Xorazm
30/10/25 Navbahor - Nasaf
31/10/25 Sho‘rtan - OKMK
01/11/25 Andijon - Buxoro
02/11/25 Neftchi - Surxon
02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
02/11/25 So‘g‘diyona - Qizilqum
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7742 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2802 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

World Boxing joriy yil bir qator yirik turnirlarga tashkilotchi bo‘ladi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, yaqinda hamyurtlarimiz boks bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Bu bilan delegasiyamiz vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. World Boxing havaskor boksning yangi tashkiloti bo‘lib, bu yil turnirlar hajmini kengaytiradi. 

Mart oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi boksni 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlariga rasman kiritdi. Dastlab, boks 2028 yilgi o‘yinlar ro‘yxatiga qo‘shilmagandi. Bunga havaskor boksni qariyb 100 yil boshqargan Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) atrofida yuzaga kelgan muammolar sabab bo‘lgan. Biroq 2019 yilda ketma-ket korrupsiya va moliyaviy mojarolardan so‘ng XOQ IBA`ni tashkilotchilikdan chetlatdi.

Bunga 2012 yilda London va 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi pora va kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘lgan. 2018−2019 yillarda tashkilotga AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbekistonlik tadbirkor G‘ofur Rahimov rahbarlik qilgan.

Bugungi kunda IBA`ni rossiyalik tadbirkor Umar Kremlyov boshqarmoqda, uning yagona homiysi esa Rossiyaning «Gazprom» davlat konserni hisoblanadi.

Biroq 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha musobaqalar XOQning maxsus ishchi guruhi rahbarligida o‘tkazilishi «bu sport turining Olimpiya harakati uchun ahamiyatini namoyish etgan».

Bundan buyon Olimpiya boksini rivojlantirish 2023 yilda tashkil etilgan World Boxing xalqaro boks federasiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi vaqtda uning tarkibiga 84 ta milliy federasiya, shu jumladan, O‘zbekiston ham kiradi.

World Boxing avvalroq 2025 yil uchun musobaqalar taqvimini e’lon qilgandi. Ushbu ro‘yxatga Jahon chempionatining 4 bosqichi, World Challenge turniri va Jahon chempionati kiradi:

30 mart — 7 aprel: Jahon kubogi (Braziliya)

3−7 iyun: World Challenge turniri (Chexiya);

30 iyun — 7 iyul: Jahon kubogi (Qozog‘iston);

21−27 iyul: Jahon kubogi (Mezbon davlat keyinroq e’lon qilinadi);

4−14 sentyabr: Jahon chempionati (Angliya);

15−22 sentyabr: Jahon kubogi (Hindiston).

Kiritildi: 13:00, 07.04.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Насаф Dragan Cheran 8
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
10 Бунёдкор Imeda Ashortia 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.