"Sevilya" murabbiyi "Real"ga qarshi o‘yinda hakamlar futbolni buzayotganini aytdi.
"Sevilya" o‘z maydonida La Liganing 37-turida "Madrid"ga yutqazib qo‘ydi (0:2).
Uchrashuvning 12-daqiqasida "qaymoqranglilar" forvardi Kilian Mbappe darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq himoyachi Loik Bade so‘nggi umid folini amalga oshirdi. Bosh hakam Mateo Buskets VAR'da ofsayd bor-yo‘qligini tekshirgach, Badeni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazoladi.
Hakamlar tekshiruvi vaqtida Xoakin Kaparros "Sevilya" murabbiylar o‘rindig‘ida takroriy lavhani o‘rganib chiqishga ulgurdi. Shundan so‘ng u hakamlarni tanqid qildi.
"Sizlar futbolni buzyapsizlar, bu futbol emas," - deb qichqirdi mezbonlar ustozi laynsmenga, deya xabar bermoqda Movistar muxbiri Edu Agirre.