05:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Вышка. 06:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 3 м. 07:30 "Вопреки всему". 08:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 10 в Монако. 10:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России 2025. 10:35 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани. Групповая гонка. Мужчины. 12:55LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды. Прямая трансляция. 15:00 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м. 16:15 Д/с "Век нашего спорта". 16:45 "Небесная грация". 17:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли". 17:55LIVE Велоспорт. Альфа-Банк Первенство России в Пензе. Прямая трансляция. 19:25LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины. Прямая трансляция. 20:45 Д/с "Сила воды". 21:00 "Вопреки всему". 21:25LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины. Прямая трансляция. 22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство. 00:55 Д/с "Век нашего спорта". 01:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды. 03:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины. 04:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
05:55 Новости. 06:00LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Fight Night 32" в Бангкоке, Таиланд. Аллиссия Хеллен Родригес против Йоанны Перссон, Владимир Кузьмин против Стефана Короди. Прямая трансляция. 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 11:00 Новости. 11:05 М/с "Чемпионы". 11:25 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы". 13:25LIVE Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP TCR. Гонка 1. Прямая трансляция. 14:25LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция. 15:10 Все на Матч! Прямой эфир. 15:20LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция. 16:05 Все на Матч! Прямой эфир. 16:15LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Матч за 3-е место. Прямая трансляция. 17:00 Все на Матч! Прямой эфир. 17:10LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Финал. Прямая трансляция. 18:00 Все на Матч! Прямой эфир. 18:55 Новости. 19:00LIVE Футбол. OLIMPBET Суперкубок России. "Краснодар" - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция. 22:30 Все на Матч! Прямой эфир. 23:30 Смешанные единоборства. Shlemenko FC 11 в Омске, Россия. Александр Шлеменко против Гильерме Кадены. 02:00 Все на Матч! Прямой эфир. 03:00LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Нэшвилле, США. Предварительный кард. Крис Кёртис против Макса Гриффина, Чиди Нжокуани против Джейка Мэттьюса. Прямая трансляция.
07:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты. 10:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2. 11:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан. 12:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты. 14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри. 14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри. 15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан. 16:00LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль. Прямая трансляция. 20:45 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 7. Обзор. 21:45 BMX. Чемпионат Европы в Валмиере, Латвия. 23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Кракове, Польша. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. 00:00LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция. 01:05 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль. 03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. 04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.
Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni xohlayotgan Doston Ibragimov bilan intervyu
Baho:
+0; -0
Superliganing joriy mavsum kashfiyotlaridan biri bu “Buxoro” futbolchisi Doston Ibragimov, albatta. Transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli bo‘lgan Ibragimov joriy mavsumni buxoroliklar safida boshladi. Doston bir nechta uzoq masofalardan ajoyib gollar urib buxorolik muxlislar ko‘nglidan joy oldi va jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylandi.
Dostonning sa’yi harakatlari bekorga ketmadi. Ektor Kuper futbolchini iyun oyidagi milliy terma jamoa yig‘iniga taklif qildi. Ibragimov Turkiyaga qarshi o‘yinda terma jamoada debyut qilgan bo‘lsa, KXDR termasiga qarshi o‘yinda bahsni asosiy tarkibda boshladi va o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ydi. Suriyaga qarshi o‘yinda ham Ibragimov ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi. Terma jamoamizning yangi a’zosi Doston Ibragimov bilan suhbat uyushtirdik.
- Doston odatiy savol bilan boshlaymiz. Ibragimov millionlar o‘yiniga qanday kirib kelgan?
- Menimcha, futbol har bir erkakning yoqtirgan sport turi hisoblansa kerak. Men ham shu 1-sinfdan boshlab ko‘chalarda o‘zimdan yoshi katta bollar bilan futbol o‘ynab yurardim. Yozgi ta’tilda ota -onam meni bekor yurmasin deb, suzish yoki futbol to‘garaklariga bermoqchi bo‘lishgan. Otam kelib, menga “O‘g‘lim “So‘g‘diyona” stadioni yaqinida Gabrilov degan murabbiy bor ekan, ertadan shunga borasan” degandilar shu bilan futbolga kirib kelganman. Oilamizda hamma futbolga qiziqadi.
- Demak, birinchi murabbiyingiz Gabrilov. Bu inson haqida gapirib bersangiz.
- Ha, birinchi murabbiyim Vladimir Petrovich Gabrilov bo‘lgan. U kishi o‘z kasbini juda yaxshi ko‘rar edi. Meni shu darajaga yetib kelishimga u insonning hissalari katta. Men u insonga qancha yaxshiliklar qilsam ham kam, murabbiyimga kattakon rahmat aytaman.
- “Paxtakor”ga qanday kelib qolgansiz?
- Men aslida “Mash’al” tarbiyalanuvchisiman. 2011 yilda Buxoroda o‘tkazilgan respublika birinchiligida “Paxtakor” ham qatnashgan edi. O‘shanda pley-off bahslarida “Paxtakor”ga qarshi o‘ynaganmiz, mazkur o‘yinda hujumda o‘ynab gol urgan edim, ammo jamoamiz penaltilar seriyasida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi. Shundan so‘ng, 2013 yil Jasur Abduraimov meni “Paxtakor”ga chaqirgan. Shu tariqa “Paxtakor”ga kelib qolganman.
- Joriy mavsumni “Buxoro” safida boshladingiz va bir nechta uzoq masofalardan ajoyib gollar urdingiz. Uzoq masofadan gol urish bo‘yicha alohida shug‘ullanasizmi?
- Mening fikrimcha, har bitta futbolchi mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng 15-20 daqiqa qolib o‘z ustida ishlaydi. Shuningdek, men ham mashg‘ulotlardan keyin qolib, uzoq masofalardan zarba berish bo‘yicha shug‘allanaman.
- “Buxoro”ning joriy mavsumdagi omadsizliklar haqida nima deya olasiz?
- “Buxoro”ga kelsak, menimcha Baxtiyor Ashurmatov mavsum avvalida kuchli bo‘lmasa ham Superligada kurasha oladigan jamoa tuza olgandi. Faqatgina bizga ayrim o‘yinlarda omad yetishmadi desam to‘g‘ri ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Sababi jamoa tarkibi yangi shakillangan edi, murabbiydan birdaniga natija talab qilish menimcha noto‘g‘ri edi. Muhimi jamoa ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatayotgandi. Murabbiyga vaqt berishi kerak edi. Menimcha, viloyat jamoalarining yuqori o‘rinlarga kurashmasliklariga asosiy sabab ham shu deb o‘ylayman. Oddiy misol “Nasaf”ni olaylik necha yildan buyon yetakchi futbolchilar jamoani tark etishiga qaramay, qo‘rqmay o‘zining yoshlariga ishonch bildiradi va natijani o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Jamoaning ichki muhitiga keladigan bo‘lsak, ichki muhitni yangilash kerak. Mana yangi murabbiy Muhsin Muhammadiyev keldi. Ishonaman, bu inson bilan jamoa Superligada o‘z o‘rnini topa oladi.
- Baxtiyor Ashurmatov va Muhsin Muhammadiyev o‘rtasida qanday farq sezdingiz?
- To‘g‘risni aytsam ikkala murabbiy bilan ham kam vaqt ishladik. Bir jihatni aniq ayta olaman Ashurmatov himoyaviy qattiqo‘l murabbiy, Muhsin Muhammadiyev esa futbolchilarning ko‘ngliga qaraydigan, hujumkor futbolni yoqtiradigan murabbiy.
- Doston Ibragimov Superligamizning bu mavsumdagi kashfiyotlaridan biri desam, adashmagan bo‘laman. Mavsum avvalida “Buxoro”da bu darajaga erishishingizga ishonganmidingiz?
- Ha, albatta, men shuning uchun ham “Buxoro”ni tanlagandim. Menda boshqa variantlar ham bor edi.
- Ikkinchi davrada ham “Buxoro”da qolasizmi?
- Buni vaqt ko‘rsatadi. Xozirda bir nechta jamoalardan takliflar bo‘lyapti yaxshilab o‘ylab ko‘rmoqchiman.
- “Buxoro”dagi o‘yinlaringiz sabab terma jamoadan ham chaqiruv olishga erishdingiz, sizningcha terma jamoadan chaqiruv olish uchun o‘zini ko‘rsatish kerakmi yoki klubning muvaffaqiyati muhimmi?
- Siz maydonda bir o‘zingiz harakatlanmaysiz-ku. Futbol jamoaviy o‘yin. Unda jamoadoshlarning yordami bilan siz o‘zingizni ko‘rsatishingiz mumkin. Menimcha, o‘zini ko‘rsatgan har bir futbolchi terma jamoadan chaqiruv olishga va o‘ynashga haqli.
- Sizningcha ayni damda terma jamoadagi yetakchi futbolchi kim?
- Menimcha Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov.
- Faraz qiling Osiyo kubogi finali. 90+4 daqiqa hisob 0:0, hakam bizning foydamizga penalti belgiladi kimga ishonar edingiz: Odil Ahmedov yoki Eldor Shomurodov?
- (kuladi) Bu savolingizga javob bera olmayman. Bu futbol bunda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
- Ektor Kuperni 3ta so‘z bilan tariflang.
- Uning qo‘lidan keladi!
- Terma jamoa yig‘inada 3ta o‘yinda maydonga tushdingiz. Sizningcha qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynash qiyinroq bo‘ldi?
- Turkiya termasiga qarshi o‘yin qiyin o‘tdi.
- Horij futbolidan qaysi futbolchi va klubning muxlisisiz?
- “Real Madrid” muxlisiman. David Vilya Krishtianu Ronalduning o‘yinlari yoqadi.
- “Real Madrid”ning o‘tgan mavsumdagi omadsizliklariga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- Bilmadim, bu haqida bir narsa deyish qiyin.
- Doston Ibragimovning eng katta orzusi?
- Jahon chempionatiga chiqish va Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish.
- Mazmunli suhbat uchun katta rahmat!
- Suhbat so‘nggida “Buxoro” muxlislariga, Baxtiyor Ashurmatovga va jamoa xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Kiritilgan sana: 16.07.2019 23:46. O'kildi: 10170 marta.