Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Intervyular olami va tahliliy maqolalar

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Farhod Bekmuratov "Lokomotiv"da o‘ynab keta olmagani, nima uchun xorij klublari taklifini rad etgani, Xomyakovning iste’fosi haqida

Baho:
+0; -0
 

Karantin vaqtida zerikmasligingigz uchun e’tiboringizga Superliga klublarining futbolchilari va legionerlar bilan intervyular taqdim etib borishda davom etamiz. Bugungi suhbatdoshimiz “Andijon” klubi yarim himoyachisi, sardori Farhod Bekmuratov.

–  Assalomu alaykum! Farhod aka karantin qanday o‘tmoqda?

– Va alaykum assalom! Hammasi rejadagidek. Karatin davrida murabbiylarimizning ko‘rsatmasiga asosan belgilab berilgan mashqlarni bajarib, o‘z sport formamizni ushlab turishga harakat qilyapmiz.

– Mavsum endi boshlanganida yana to‘xtadi bu futbolchining jismoniy xolatiga qanchalik tasir qiladi?

– To‘g‘ri hozir xamma uyda. Albatta tasir qiladi, murabbiylarimiz yuklamalar yozib bergan shularni bajaryapmiz. Ammo, baribir jamoaviy mashg‘ulot qilganga yetmaydi. Xudo xohlasa, bu kunlardan xam eson omon o‘tib olamiz. Bu sinovlar vaqtincha ekanligini barchamiz tushunib turibmiz. Yaqin vaqtlar ichida albatta pandemiya bartaraf etiladi va chempionatimiz tiklanib, muxlislarni xursand qilishda davom etamiz.

– "Andijon"ni mavsum avvalida bir nechta yetakchi futbolchilari jamoa moliyaviy qiyinchilikka "botib" qolganini bilib tark etishdi, lekin siz qoldingiz buning sababi nimada?

– Qolganimning sabablari ko‘p. Birinchidan, viloyat hokimimiz Shuxratbek Qushaqboyevich Abduraxmonovga va’da berganman qolaman deb, shuningdek klubimiz rahbari ham qolishimni xohladi. Qolaversa, Xomyakovga ham o‘tgan mavsum o‘rtalarida keyingi yil ham “burgutlar” safida qolaman degandim. “Andijon”ning sodiq muxlislari uchun ham jamoada qoldim. Bunday muxlislar O‘zbekistonda bitta.

– Jamoa joriy mavsum ancha yoshargan tarkib bilan mavsumni boshladi, sizningcha bu yosh tarkib bilan qanchalik uzoqqa borish mumkin?

– To‘g‘ri, Andreevich shunday tarkib qilishni xohladi. Ko‘p bor ta’kidlagan edi: “Meni yoshlar bilan ishlashga tajribam bor, aytganlarimni qilsanglar hammasi yaxshi bo‘ladi”, derdi. Nasib qilsa uzoqroqqa borishga harakat qilamiz va klubimiz rahbarlari, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

– O‘z vaqtida sizga xorij klublaridan ham takliflar bo‘lgandi, lekin ketmagandingiz "Andijon"da qolishingizni kim xohlagan?

– Oila a’zolarim bilan maslahatlashgan holda kolishga qaror kilgandim. Agar  bilsangiz, o‘tgan yili “Buxoro” bilan o‘yindan 2 kun oldin o‘g‘il farzandlik bo‘lgandim.  Gol ham o‘rib, o‘g‘limga bag‘ishlagandim. Shu ham chetga ketmaslikka sabab bo‘ldi. Nasib qilsa keyingi yil xorij klublarida paydo bo‘lishim mukin.

–  Agar sir bo‘lmasa, qaysi chempionat klublaridan takliflar bo‘lgandi?

–  Malayziya.  Vyetnam.  Tayiland.

–  Mavsum avvalida Superliganing boshqa jamoalaridan ham takliflar bormidi?

–  Ha, takliflar bor edi. Superliganing 4ta jamoasidan aniq taklif bor edi. Lekin men vaziyatni  to‘g‘ri tushuntirdim. Fursatdan foydalanib, meni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi bo‘lgan murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman.

–  Bir necha yil avval "Lokomotiv"da ham o‘ynab qaytdingiz, "temiryo‘lchilar" safida ochilib ketishingizga nima to‘sqinlik qildi?

–  Birinchidan, Andrey Vitaliyevich Fyodorovga menga shunday imkoniyat yaritib berganligi uchun katta rahmat aytmoqchiman. Bilasiz, tarkib kuchli edi, tan olaman rakobatda yutqazganman.

– “Bizda chekka qishloqlarda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p, biroq ularning homiylari yo‘q!” qabilidagi gaplar so‘nggi yilllarda ancha urchib ketdi. Bular qanchalik haqiqat?

– Bu haqda aniq bir narsa deya olmayman. Hammasi mehnatga bog‘liq. Agar siz bor vujudiz bilan harakat qilsangiz, albatta rohatini olasiz. Aytishadiku, mehnatning tagi rohat deb.

– Jamoaga bir qancha legionerlar kelib qo‘shildi. Legioner maxalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. Ularning ustunliklari nimada?

– Ha, gapingiz to‘g‘ri. Zozulya bilan Litvyakov jamoaga ertaroq kelishdi o‘rtoqlik o‘yinlarida ham murabbiylar sinab ko‘rishdi, maqul kelganligi uchun olib qolishdi. Ko‘rinib turibdiki, 3ta o‘yindan buyon yaxshi o‘ynashmoqda. Ikki nafar nigeriyalik legionerlar chempionat boshlanishiga 1 hafta kolganda ko‘shilishdi. Xali ular ham o‘z o‘yinlari bilan muxlislarimizni xursand qilishadi degan umitdaman.

– Xomyakovni ketishiga moliyaviy qiyinchilik sabab bulgani sir emas, lekin o‘tgan yili xam jamoada moliyaviy axvol qiyin paytda sabr kilib ishlagandi, uning ketishiga balki kimdir sabab bulgandir?

– To‘g‘ri, jamoada moliyaviy qiyinchiliklar bor edi. Lekin, viloyatimiz hokimi barchani 1 mart kuniga qadar to‘liq hisob-kitob qildi. Lekin shundan so‘ng ham Xomyakovning fikri o‘zgarmadi. Balki, klub rahbariyati bilan orada qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelgandir, bunisidan xabarim yo‘q.

– Agar esingizda bo‘lsa, Andijon hokimi tomonidan futbolchilar haqida bildirilgan fikrlar videoroligi keng tarqalgan edi. Ushbu holatdan so‘ng, futbolchilar qanday ahvolga tushib qolgandi?

– O‘sha videorolik noto‘g‘ri talqin qilngan edi, shu sababli o‘rtada tushunmovchilik yuzaga keldi.

Kiritilgan sana: 03.04.2020 11:27. O'kildi: 17143 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.