Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Kamp Nou” haqida 18 haqiqat

1. Yangi maydon
“Kamp Nou” katalon tilida “Yangi maydon” degan ma’noni bildiradi. “Barselona”ning libosi anorrang va ko‘k bo‘lgani uchun ham stadion tribunasi ham shu rangli o‘rindiqlardan iborat.

2. Stadion asoschisi
“Kamp Nou” qurilishi Fransesk Miro-Sans prezidentligi davriga to‘g‘ri keldi. U klubning mavqei ko‘tarilib borayotgani uchun eski o‘yingoh – “Kamp de Les Korts” ixlosmandlar oqimini sig‘dira olmasligini inobatga olib, ulkan va yangi o‘yingoh qurdirishga ahd qilgan edi.

3. Birinchi tosh
Sport inshooti poydevoriga birinchi tosh 1953 yilning mart oyida qo‘yildi. Stadion loyihasini prezident o‘gay akasi – Fransesk Mitxans chizgan.

4. Stadion topshirilishi
1957 yilning 24 sentyabrida stadion foydalanishga topshirildi. Uni qurib bitkazish uchun 288 million peset (ya’ni 1,73 million yevro) sarf etildi.



5. Stadion nomi
O‘sha vaqtlarda stadion klub asoschisi Gans Gamper nomi bilan atalishi haqida fikrlar bo‘lgan, lekin oddiygina qilib Estadio del Club de Football Barcelona (FK Barselona stadioni) tarzida qo‘llash ko‘pchilikka ma’qul kelgan.

6. Muxlislarning “Kamp Nou”si
Muxlislar ushbu stadionni o‘zlariga qulay tarzda “Yangi maydon” ya’ni “Kamp Nou” deb atashadi. Ko‘p o‘tmay bu nom yanada ommalasha boshladi. Rasmiy manbalarda Estadio del Club de Football Barcelona ishlatilsa ham, xalq va muxlislar orasida bu maydon “Kamp Nou” sifatida e’tirof etila boshladi.

7. Rasman “Kamp Nou”
2001 yili klubning yuz yillik yubileyi arafasida stadionning yagona nomi tarzida baribir “Kamp Nou” tan olindi. Bu faqat shaxsiy mablag‘ yopki yutuqlar uchun emas, ko‘proq muxlislar uchun faoliyat yuritayotgan “Barselona” klubining o‘z muxlislariga bo‘lgan cheksiz xurmatining ifodasi edi.

8. Ilk uchrashuv
Stadion ochilgan kuni ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Gans Gamper xotirasiga bag‘ishlangan kubok uchrashuvida “Barselona” 90 mingdan ziyod muxlis ko‘z o‘ngida Polshaning “Legiya” jamoasini 4:2 hisobida taslim qilgan.

9. Birinchi gol
Yuqorida tilga olingan uchrashuvda hisobni ochgan “Barselona” futbolchisi Euloxio Martines “Kamp Nou”da gol urgan birinchi futbolchi sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.

10. Ilk rasmiy uchrashuv
Stadiondagi dastlabki rasmiy bellashuv 1957 yilning 6 oktyabrida Ispaniya chempionati doirasida “Barselona” va “Real Xaen” jamoalari bahsida bo‘lib o‘tdi va unda Kataloniyaliklar Euloxio Martinesning “xet-trik”i hamda Vilaverde, Texada va Kubalaning bittadan gollari evaziga raqibini yirik 6:1 hisobida mag‘lub etdi.



11. Birinchi ta’mirlash
Stadionda birinchi ta’mirlash ishlari 1981 yilda o‘tkazildi. Sababi 1982 yilgi mundialga Ispaniya mezbonlik qilishi lozim edi. Qayta ta’mirlashdan so‘ng stadion tribunasi sig‘imi 120 000 ga yetgan edi.

12. “Kamp Nou” mundial mezboni
1982 yilgi jahon chempionatining 5 ta uchrashuvi “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tdi. Argentina – Belgiya 0:1 (95 000), Polsha – Belgiya 3:0 (65 000), Belgiya – Sobiq Ittifoq 0:1 (45 000), Polsha – Sobiq Ittifoq 0:0 (65 000) va Polsha – Italiya 0:2 (50 000) o‘yinlari aynan “yangi maydon”da o‘tkazildi.

13. Ikkinchi qayta qurilish
Maydonning ikkinchi qayta qurilishi 1998 yilda bo‘lib o‘tdi. Zero UYEFA prezidentining yangi qaroriga ko‘ra, Yevropa miqyosida o‘tkaziladigan uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan yevrostandartdagi stadionlarda umumiy emas, alohida-alohida o‘rindiqlar o‘rnatilishi shart edi. Qaror munosabati bilan “Kamp Nou”dagi o‘rindiqlar soni 98 934 taga qisqardi.

14. Klub muzeyi
Stadion xududining markazida “Barselona”ning futbol va basketbol jamoalari qo‘lga kiritgan ulkan sovrinlari, kuboklar, hujjatlar, videofilmlar, foto va boshqa qiziqarli materiallar o‘rin olgan muzey bor.



15. Olimpiada finali
1992 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlariga Barselona shahri mezbonlik qilgan edi. Futbol musobaqasining final uchrashuvi aynan ushbu muhtasham stadionda bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniya termasi Polshani mag‘lub etib, Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi.

16. Chempionlar ligasi finallari
“Kamp Nou” ikki marta Chempionlar ligasi (kubogi) finallariga mezbonlik qilgan. 1989-yilda “Milan” – “Styaua” (4:0), 1999-yilda “Manchester Yunayted” – “Bavariya” 2:1.

17.  BMTga xayriya
1980 yilning 17 dekabrida “Barselona” hamda jahon yulduzlari jamoasi o‘rtasida tashkil etilgan xayriya uchrashuvini tomosha qilish uchun “Kamp Nou”ga 120 ming tomoshabin tahsrif buyurdi. Undan tushgan 35 million peset pul BMTning bolalar fondi hisobiga o‘tkazilgan.

18. “Kamp Nou”dagi gala konsertlar
“Kamp Nou”da faqat futbol o‘ynashadi deb o‘ylasangiz adashasiz. Bu yerda turli xil ko‘ngilochar shoular va ulkan gala konsertlar ham bo‘lib turadi. 1985 yilda Luis Lax, 1988 yilda Frenk Sinatra, Bryus Springstin, Maykl Jekson, Xulio Iglesais, 1999-yilda Xose Karreras, 2005 va 2009 yillarda U2 konsertlarini o‘tkazishgan.

Furqat Yusupov

O'qildi: 22092 marta.

Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик