Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pele - futbol qiroli

To‘liq ismi sharifi Edson Arantes du Nasimentu Pele. U 1940 yilning 23 oktyabr sanasida tavallud topgan. U Braziliyaning kambag‘al oilasida o‘sib ulg‘aydi. Peleni yoshligida Diko deb chaqirishar edi. Uning otasi Joao Ramos ham professional futbolchi bo‘lib, Dondino laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Ammo og‘ir jarohat uning futbolchilik faoliyatiga yakun yaslaishiga sababchi bo‘ladi.

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

Pele laqabini u o‘zining bolalik yillari o‘tgan Bauru shahrida Braziliya Mustaqilligi nishonlanadigan “7 sentyabr kuni” sharafiga qo‘yilgan. 16 yoshli Pele mamlakatning eng kuchli futbol jamoalaridan biri hisoblanadigan “Santos” jamoasiga qabul qilinadi.

“Santos”
1957 yilda 17 yoshli yigitcha “Santos” safida debyut mavsumini o‘tkazdi. Hammasi kutilganidan ham a’lo darajada edi. Pele mavsum davomida 38 uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga 41 ta gol yozdirib qo‘ydi. Debyut mavsumdayoq bunday natija shunchaki fantastika edi!

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

Ikkinchi mavsum yanada omadli keldi. 18 yoshga to‘lgan Pele mavsum mobaynida 46 uchrashuvda 66 ta gol urdi. Butun Braziliya yangi qirolning o‘yinlaridan bahramand bo‘layotgan edi. Pele esa maydonda o‘zini “suvdagi baliq”dek his qilardi. Uni to‘xtatib qolishning faqatgina bitta yo‘li bor edi… qo‘pollik… Bundan boshqa chorani izlagan himoyachilar o‘z darvozalariga kirib borayotgan gollarni shunchaki tomosha qilishardi.

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

U 19 yoshida bir mavsumda 126 ta, 21 yoshida esa 110 ta gol urib, butun dunyoni hayrat ko‘chasi sari yetaklardi.

Pele 25 yoshigacha bir mavsum davomida 30 tadan 60 taga gollar urib keldi. 1966 yili esa og‘ir jarohat uning bu super an’anasiga barham berdi. Pele o‘sha mavsum chempionatda atigi 13 ta gol urdi. Biroq buning uchun u 14 ta uchrashuvdagina maydonga tushgan edi.

Futbol qiroli “Santos” bilan xalqaro musobaqalrda ham zafar quchdi. 1962 yili “Benfika”, 1963 yilda esa “Milan” mag‘lub etilib Qit’alararo kubogi Pele jamoadoshlariga nasib etdi.



1969-yilda 29 yoshida “Marakana” stadionida “Vasko da Gama” darvozasiga o‘zining faoliyatidagi 1000-golini kiritdi. Buning uchun qirolga 909 ta uchrashuv kifoya qildi. Bunday fantastik natijani haligacha hech bir futbolchi takrorlay olgani yo‘q.

Pele “Santos”da 1974 yilga qadar to‘p surib, 6 marta Braziliya chempioni, bir bora kubogi sohibi, 10 marta Paulista ligasida, 3 bora San-Paulo turnirida, 2 marta Libertadores kubogida, 2 bora Qit’alararo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

1958 yilda Paulista ligasida 58 ta gol urib, takrorlanmas rekord o‘rnatdi. Klub uchun 1120 ta uchrashuv o‘tkazib, 1087 ta gol kiritdi!

“Kosmos”
34 yoshli Pele o‘z vatanidan ketib AQShga yo‘l oldi va bu yerda mahalliy “Nyu-York Kosmos” jamoasi safiga borib qo‘shildi. U Nyu-Yorkliklar tarkibida oldingidek sermahsullik namoyish eta olmadi. Shunga qaramay hujumchi 3 mavsum ichida 107 o‘yinda 64 ta golga mualliflik qildi. Pele Amerikada futbolni rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘sha oldi. 1976 yilda “Pepsi kola” kompaniyasi AQSh chempionatining mavsum yakunlariga ko‘ra eng ayxshi deb topilgan futbolchisiga 10 ming dollarlik mul mukofotini joriy etgani ham bejiz emas albatta.

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

Braziliya terma jamoasi
Pele Braziliya terma jamoasi safidagi debyutini 17 yoshida amalga oshirdi. 1957 yilning 7 iyulida Argentina (2: 1)ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan vunderkind o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishni ham uddaladi.



1958 yilgi jahon chempionatida Peleni butun dunyo tan oldi. 18 yoshli yigitcha musobaqa davomida 5 ta gol kiritib, o‘z terma jamoasini ilk bora jahon chempioni bo‘lishida katta hissa qo‘shdi.

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

Pele 1962 yilgi mundialda terma jamoasi bilan ikkinchi bora, 1970 yili esa uchinchi marta JAHON CHEMPIONIga aylandi. Haligacha birorta futbolchi bunday natijani qayd etmagan!

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

QIROL terma jamoadagi faoliyatiga erta yakun yasadi. 1971 yili 31 yoshli Pele Braziliya termasi bilan xayrlashdi. Bu paytga kelib u o‘z yurti termasi uchun 92 o‘yinda 77 ta gol kiritib rekord o‘rnatib qo‘ygan edi. Bu rekord ham haligacha yangilanmasdan kelmoqda.

Futbolda tashqari
Pele futbol maydonida to‘p tepishdan tashqari yaxshigina yozuvchi ham hisoblanadi. 1965 yilda u tomonidan yozilgan “Men Pele” avtobiografik kitobi nashrdan chiqarildi. Mazkur kitobni o‘qishni xohlovchilar shu qadar ko‘p ediki o‘n minglab savodsiz braziliyaliklar o‘qish va yozishni o‘rganishni boshladilar. Bundan ta’sirlangan malakat ma’daniyat va ta’lim vazirligi kitobning mashhur muallifini esdalik oltin medali bilan taqdirladi.

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

1970 yillarning o‘rtalarida chiqarilgan “Pele – futbol ustasi va uning usuli” nomli hujjatli film 9 ta xalqaro sovrinlarga sazovor bo‘ldi. U shuningdek “Klon” serialida ham rol ijro etib, aktyorlik qobilaytini namoyon qildi.

Faktlar
1. Pele faoliyati davomida 1363 o‘yinda 1281 ta gol kiritgan.

2. U 90 marta “xet-trik”, 30 bora “poker”, 4 marta “penta-trik”ka erishgan.

3. 1964 yilda esa “Botafogo” jamoasi darvozasiga 8 ta gol kiritgan.

4. 1959 yili faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o‘tkazgan. O‘sha yili u 126 ta gol urgan.


5. 1961 va 1967 yillarda terma jamoa safida to‘p surmagan.

6. World Soccer nashri tomonidan XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan.

7. FIFA versiyasi bo‘yicha yuz yillikning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

8. MOQ tomonidan XX asrning eng yaxshi sportchisi deb e’tirof etilgan.

Moziy yulduzlari:  Futbol qiroli - Pele

9. 1973 yilda janubiy Amerika qit’asining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

10. 14 mavsumda 50 ta va undan ortiq gol urgan.

O'qildi: 19856 marta.

Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.