Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Grand Chess Tour. Sindarov Gukeshga mag‘lub bo‘ldi: o‘zbekistonlik shaxmatchi Polshadagi nufuzli turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Dunyoning eng kuchli grossmeysterlarini birlashtiruvchi nufuzli Grand Chess Tour musobaqasining 11-mavsumi boshlandi. Mavsum an’anaga ko‘ra Polsha poytaxti Varshava shahri mezbonlik qiladigan rapid va blis turniri bilan start oldi.

Ushbu nufuzli musobaqada amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju hamda chempionlik uchun rasmiy da’vogar, o‘zbekistonlik Javohir Sindarov ham ishtirok etyapti. Turnir formatiga ko‘ra ikki shaxmatchi o‘zaro 3 marta (1 ta rapid va 2 ta blis) o‘yin o‘tkazadi.

Musobaqaning ilk kuni shaxmatchilar rapid yo‘nalishida uchta turda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi. Javohir Sindarov 1-turda qora donalarda amerikalik Hans Niemann, 2-turda oq donalarda polshalik Yan Kshishtof Duda bilan durang o‘ynadi. Uchinchi turda esa qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, yana bir mezbon shaxmatchi Radoslav Voytashekni mag‘lubiyatga  uchratdi.

Ikkinchi kun doirasida o‘tkazilgan 3 ta turning barchasida Sindarov imkoniyatni boy berdi. 4-turda amerikalik Uesli So uni mag‘lub etgan bo‘lsa, 5-turda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju Javohir ustidan g‘alabaga erishdi. Kunning so‘nggi bellashuvida o‘zbekistonlik shxmatchi Fransiya vakili Maksim Vashe-Lagravdan yengildi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, har bir g‘alaba uchun — 2, durangga esa 1 ochko beriladi. Oltinchi turdan so‘ng amerikalik Hans Niman 9 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Uesli So hisobida ham 9 ochko mavjud. Musobaqaning amaldagi chempioni sloveniyalik Vladimir Fedoseev 8 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan. Gukesh Dommaraju 6 ochko bilan beshinchi, 4 ochkoga ega Sindarov esa 9-pog‘onadan joy olgan.



3 maydan 10 mayga qadar bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqa jami 200 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ega. Turnir doirasida shaxmat muxlislari 7 kun davomida 135 ta shiddatli o‘yin guvohi bo‘lishadi:

Rapid: 9 ta turdan iborat bahslar
Blis: 18 ta turdan iborat ikki davrali marafon

Musobaqada Grand Chess Tour’ning 5 nafar doimiy ishtirokchisi hamda 5 nafar maxsus taklif etilgan (wildcard) grossmeysterlar dona suradi. Sindarov ushbu turnirga aynan wildcard orqali taklif etilgan.

2026 yilgi mavsum reglamenti: yangi qoidalar va grand final

Joriy yilgi GCT mavsumi nafaqat kuchli tarkibi, balki qat’iy tartib-qoidalari bilan ham ajralib turadi. Mavsum davomida jami 9 nafar asosiy ishtirokchi tanlab olingan. Har bir o‘yinchi ikkita klassik turnirda hamda mavjud uchta rapid va blis turnirlaridan ikkitasida qatnashishi shart. Muntazam mavsum yakuniga ko‘ra eng ko‘p ochko to‘plagan kuchli to‘rtlik dekabr oyida o‘tkaziladigan grand finalga yo‘llanma oladi. Finalning mukofot jamg‘armasi esa 450 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

G‘oliblik uchun kurashni qiziqarli o‘tkazish maqsadida ochkolar quyidagicha taqsimlanadi:

1-o‘rin: 12 ochko (agar tay-breyksiz, sof g‘alaba qayd etilsa – 13 ochko).
2-o‘rin: 10 ochko.
10-o‘rin: 1 ochko.

O‘yin davomidagi tartib-qoidalar:
Durang taklif qilish taqiqlanadi: Kurashuvchanlikni oshirish maqsadida o‘yinchilarga o‘zaro durang taklif qilish yoki kelishish qat’iyan man etiladi. Durang faqat hakam nazorati ostida 3 marta takrorlanish yoki 50 ta yurish qoidasi asosida qayd etilishi mumkin.

Kechikish uchun jazo: Klassik o‘yinda 10 daqiqa, rapid va blisda esa 3 daqiqadan ko‘p kechikkan ishtirokchiga texnik mag‘lubiyat yoziladi.

Donalarga e’tiborsizlik: Agar o‘yinchi dona surayotganda boshqa birini ag‘darib yuborsa va ularni o‘z vaqtida joyiga qo‘ymasa, hakam tomonidan ogohlantiriladi. Uchinchi marta bunday holat takrorlansa, o‘yinchi mag‘lub deb topiladi.

Mukofot jamg‘armasi:
Har bir rapid/blis turniri uchun: 200 000 AQSH dollari (1-o‘rin uchun 50 000 dollar)
Har bir klassik turnir uchun: 350 000 AQSH dollari (1-o‘rin uchun 100 000 dollar)
Grand final uchun: 450 000 AQSH dollari (G‘olib uchun 200 000 dollar)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:18, 07.05.2026. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик