Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yoxan Kroyff (Gollandiya)

O‘tgan yili tarqalgan shum xabar dunyo futboli ixlosmandlarining qalbini larzaga keltirgandi — futbol afsonasi Yoxan Kroyf saratonga chalindi! Shundan so‘ng hamma, hatto futbolga endigina qiziqib, Kroyfni tuzuk-quruq tanimaydigan, lekin kattalardan bu insonning qachonlardir buyuk futbolchi bo‘lganini eshitib, ta’rifini bilib g‘oyibona hurmat qiladiganlar ham unga salomatlik tilashdi. Lekin bu gal butun dunyo chinakamiga larzaga keldi, chunki Yoxan shu yilning 24 mart kuni Barselonada buyuk futbolchining yuragi urishdan to‘xtadi. Ha, biz paytlar hatto tilga olishga-da qo‘rqadigan jumlani aytishga majburmiz — Yoxan Kroyf endi oramizda yo‘q. Agar tirik bo‘lganida gollandiyalik afsona 68 yoshga to‘lgan bo‘lardi.

U CHINAKAM AFSONA EDI
Kroyf faoliyatining asosiy qismini “Ayaks” va “Barselona”da o‘tkazgan. U faoliyati davomida to‘qqiz karra Gollandiya chempioni, uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi, Ispaniya chempioni va 1794 yilda o‘tkazilgan jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasi bilan birga kumush medal sohibi bo‘lgan. Shuningdek, Kroyf uch marta “Oltin to‘p” sohibiga aylangan.

Yoxan faoliyati davomida jami 752 ta o‘yinda maydonga tushgan va 425 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 2003 yilning noyabrida u Niderlandiyaning so‘nggi yarim asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

NIMJON BOLAKAYNING YORQIN KELAJAGI
Yoxan Kroyf 1974 yilning 25 aprelida Amsterdamda tug‘ilgan. Uning oilasi Betondorp (Amsterdam)da, “Ayaks” stadionidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yashagan. Ota-onasi unchalik katta bo‘lmagan sabzavotlar do‘koniga ega bo‘lgan, onasi esa kir yuvib, qo‘shimcha pul ishlagan.

Yoxaning bolaligi Akkerstrat ko‘chasida o‘tgan. U doim o‘gay akasi Xenn bilan futbol o‘ynagan. Keyinchalik ular birgalikda “Ayaks”ning yoshlar jamoasida harakat qilishgan. Dastlab klub murabbiylari Yoxani qabul qilishni istashmagan, chunki u juda nimjon bo‘lgan. Ammo klub boshqaruvchilariga uning aqlbovar qilmas tezligi va texnikasi va maydonni ko‘ra olishi ma’qul kelgan. Natijada Kroyf tezda “Ayaks”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.

1964 yilning 15 noyabrida u «G.V.A.V.» klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Garchi bu o‘yinda “Ayaks” mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da (1:3), Kroyf gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo keyingi matchlardan birida «Ayaks» «Eyndxoven»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va Yoxan o‘zini ko‘rsata oldi.

1971 yilning 21 noyabrida u o‘zining eng tezkor golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi — mahalliy “Telstar” jamoasiga qarshi kechgan matchning 9 soniyasida raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

1973 yilda Kroyf “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi va yangi jamoasi bilan birga Ispaniya kubogi va chempionligini qo‘lga kiritdi. U Kataloniya klubiga 922 ming funt sterlingga tushdi.

1974 yilda Gollandiya terma jamoasi tarkibida jahon chempionati finalida o‘ynagan.

1978 yilning 27 mayila “Barselona” tarkibida oxirgi rasmiy o‘yinini o‘tkazgan.

1979 yilning 23 noyabrida «Los-Anjeles Asteks» jamoasi tarkibida debyut o‘yinida maydonga tushgan.

1981 yilning 6 dekabrida Yoxan “Ayaks” klubiga qaytib keladi va Gollandiya chempionligini qo‘lga kiritadi.

1983 yilning 14 mayida klub prezidenti Xarmsen bilan kelisha olmay qolgani tufayli “Ayaks” bilan xayrlashadi.

1983 yilning 21 avgustida «Feyenoord» bilan shartnoma imzoladi va bir yildan keyin Gollandiya chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritadi.

1984 yilning 13 mayida esa professional futbolchi sifatida o‘zining oxirgi o‘yinini o‘tkazadi.

Murabbiylik faoliyati
Kroyf futbolchilik faoliyatini tugatganidan so‘ng murabbiylik bilan shug‘ullanishga qaror qildi. U 1986 yilning 1 iyunida murabbiylik huquqini beruvchi lisenziyani qo‘lga kiritdi va “Ayaks” klubini boshqara boshladi.

Yoxan Kroyf 1988 yilning 1 iyulida «Barselona» bilan shartnoma imzoladi. 1989-1996 yillarda u Kataloniya klubi bilan to‘rt marta Ispaniya chempionligini (1991–1994), Yevropa chempionlar kubogi g‘olibligini (1992) va Kubok egalari kubogini (1989) qo‘lga kiritgan.

Biroq Kroyf 1996 yilning 18 mayida iste’foga chiqarildi. Bunga esa “Barselona”ning ikki mavsum hech narsani qo‘lga kirita olmagani sabab bo‘ldi. Shuningdek, Kroyfning “Barselona”ning o‘sha paytdagi prezidenti Nunyes bilan munosabatlari ancha yomonlashgandi.

2007 yilning 18 aprelida Kroyf 60 yoshini nishonlaganida «Ayaks» Yoxan to‘p surgan 14-raqamni bir umrga muzlatib qo‘yishga qaror qildi.

Yutuqlari
Futbolchi sifatida
o    Jahon chempionati kumush medali sohibi: 1974.
o    Evropa chempionati bronza medali sovrindori: 1976.
o    Niderlandiya chempioni: 1966, 1967, 1968, 1970, 1972, 1973, 1982, 1983.
o    Niderlandiya chempionati kumush medali sohibi: 1969, 1971.
o    Niderlandiya kubogi g‘olibi: 1967, 1970, 1971, 1972, 1983.
o    Niderlandiya kubogi finalchisi: 1968.
o    Evropa chempionlar kubogi g‘olibi: 1970/1971, 1971/1972, 1972/1973.
o    Evropa chempionlar kubogi finalchisi: 1968/1969.
o    UYEFA Superkubogi sohibi: 1972, 1973.
o    Qit’alararo kubok g‘olibi: 1972.
o    Ispaniya chempioni: 1974.
o    Ispaniya chempionati kumush medali sovrindori: 1976, 1977, 1978.
o    Ispaniya chempionati bronza medali sohibi: 1975.
o    Ispaniya kubogi g‘olibi: 1978.
o    Ispaniya kubogi finalchisi: 1974.
o    Niderlandiya chempioni: 1984.

Murabbiy sifatida
o    Niderlandiya chempionati kumush medali sohibi: 1986, 1987.
o    Niderlandiya kubogi g‘olibi: 1986, 1987.
o    UYEFA Kubok egalari kubogi g‘olibi: 1986/1987.
o    UYEFA Superkubogi finalchisi: 1987.
o    Ispaniya chempioni: 1991, 1992, 1993, 1994.
o    Ispaniya chempionati kumush medali sohibi: 1989.
o    Ispaniya chempionati bronza medali sovrindori: 1990, 1996.
o    Ispaniya kubogi g‘olibi: 1990.
o    Ispaniya kubogi finalchisi: 1996.
o    Ispaniya Superkubogi g‘olibi: 1991, 1992, 1994.
o    Ispaniya superkubogi finalchisi: 1990, 1993.
o    Evropa chempionlar kubogi sohibi: 1991/1992.
o    UYEFA Chempionlar ligasi finalchisi: 1993/1994.
o    UYEFA Kubok egalari kubogi g‘olibi: 1988/1989.
o    UYEFA Kubok egalari kubogi finalchisi: 1990/1991.
o    UYEFA Superkubogi g‘olibi: 1992.
o    UYEFA Superkubogi finalchisi: 1989.
o    Qit’alararo kubok finalchisi: 1992.

Shaxsiy yutuqlari
o    Niderlandiyaning 1954-2003 yillardagi eng yaxshi futbolchisi.
o    “Oltin to‘p” sohibi: 1971, 1973, 1974.
o    “Bronza to‘p” sohibi: 1975.
o    «Oltin to‘p»ga nomzod: 1967, 1968, 1969, 1970, 1972, 1976, 1977, 1978.
o    Ispaniya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 1977, 1978.
o    Niderlandiya chempionatining eng yaxshi to‘purari: 1967 (33 gol), 1972 (25 gol).
o    Niderlandiya kubogining eng yaxshi to‘purari: 1966 (9 gol).
o    Evropa chempionlar kubogining eng yaxshi to‘purari: 1971/1972 (5 gol).
o    MFFIIS (Xalqaro futbol federasiyasi tarixi va statistikasi) talqini bo‘yicha Yevropaning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi
o    MFFIIS talqini bo‘yiyaa Niderlandiyaning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi
o    “World Soccer” talqini bo‘yicha XX asrning eng buyuk uch nafar futbolchisidan biri
o    “Barselona”ning eng buyuk futbolchilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rin sohibi
o    Niderlandiya chempionatining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rin sohibi: 215 ta gol.

“FIFA 100” ro‘yxatida
o    1974 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi.
o    Niderlandiyada “Oltin butsa” sohibi: 1984.
o    Niderlandiyada yil sportchisi: 1973, 1974.
o    “Onze Mondial” talqini bo‘yicha Yevropa yil murabbiyi: 1992, 1994.
o    “World Soccer” talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi: 1987.

Yoxan Kroyfning bu yutuqlariga erishish har qanday futbolchiga ham nasib qilavermaydi. Yuqoridagi faktlarga e’tibor berib, dunyo futboli qanchalik buyuk futbolchi, buyuk insondan judo bo‘lganini bilib olish mumkin. Biz sizni aslo unutmaymiz, Kroyf!

O'qildi: 12881 marta.

Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик