Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6161 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2556 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 10.10.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      20:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      22:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 10.10.2025

      07:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 7 в Краснодаре, Россия.
      10:00 "Небесная грация".
      10:15 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      15:35 "Команда мечты".
      16:05 Д/ф "Владимир Сальников: не надо спорить с тренером...".
      17:00 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
      20:20 "Непобедимый".
      20:50 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:40 "На гребле Приморья". Специальный репортаж.
      23:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      02:25 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США. Прямая трансляция.
      04:30 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 10.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Д/ф "Путь. Дзюдо на шестой части суши", 1 и 2 с.
      07:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "География спорта". Камышин.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Матч! Парад.
      13:00 LIVE Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP TCR. Прямая трансляция.
      14:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 "Лица страны". Иван Штыль.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 LIVE Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Прямая трансляция.
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 128" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Иран. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      03:00 "Вы это видели".
      04:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Зенит" (Санкт-Петербург).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 10.10.2025

      05:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      07:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 3.
      09:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      10:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 4. Прямая трансляция.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 4. Прямая трансляция.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 4.
      21:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      22:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      23:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 4.
      00:30 Маунтинбайк. Эндуро. "Гравий и слава", 1 эп.
      01:00 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри. Прямая трансляция.
      01:50 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри. Прямая трансляция.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 4.
      04:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

To‘labek Akramov: «Jeparov "Lokomotiv"da qoladi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Transferlar / Lokomotiv
Rukn: Intervyular
A A A

Shu kunlarda oliy liganing barcha jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini o‘tkazishyapti. Xususan, Toshkentning «Lokomotiv» klubi ham 20 dekabrdan mavsum tadorigini boshladi. O‘tgan mavsumda «oltin dubl» qayd etgan «temiryo‘lchilar»ni yangi, 2017 yilda jiddiy sinov va imtihonlar kutib turibdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki aynan «Lokomotiv» mamlakatimizdan yagona vakil sifatida qit’aning eng nufuzli musobaqasi - OCHLning guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Shu bilan birga, Mirko Yelichich shogirdlari chempionlik va kubok himoyasiga ham kirishishadi. Bu jarayon esa oson bo‘lmasligi ayon. Biz mavsum yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan «Lokomotiv» klubi direktori o‘rinbosari To‘labek Akramovdan eksklyuziv intervyu oldik.

- Keling, suhbatimiz avvalida «Lokomotiv»  uchun qiyin, ammo omadli o‘tgan mavsumni sizning talqiningizda sarhisob qilib olsak: chunonchi, jamoa bir yo‘la uchta musobaqada ishtirok etdi...

- To‘g‘ri aytdingiz, haqiqatan ham o‘tgan mavsum biz uchun murakkab kechdi. OCHLning kuzgi «pley-off» o‘yinlarida ishtirok etdik, chempionat va kubok bahslarida ham kurash juda keskin tus oldi. Ana shunday kuchli raqobatga boy bo‘lgan mavsum yakunida ham chempionat oltin medallari, ham kubokni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Quvonarlisi, «oltin dubl» qayd etgan O‘zbekistonning beshinchi jamoasi bo‘ldik. Shuningdek, «Lokomotiv» o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempioniga aylandi. Hech kimga sir emas, hozirgacha chempionlik uchun «Paxtakor», «Bunyodkor», «Nasaf» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida kurash bo‘lardi. Bu yildan esa yuqoridagi jamoalar qatoriga «Buxoro», «Metallurg», «Qizilqum» klublari ham qo‘shilishdi. Ular aynan chempionlik uchun kurashayotgan jamoalardan ochko tortib olishga intilishdi. Bir narsani aniq ayta olaman, o‘tgan 30ta turdagi hech bir uchrashuvda «Lokomotiv» osonlikcha g‘alabaga erishmadi. O‘zimiz ishtirok etgan har bir o‘yinda maydonda borimizni berishga majbur bo‘ldik. «Neftchi» va «Metallurg» jamoalariga qarshi kechgan bahslarda esa kutilmaganda ochko yo‘qotdik. «Neftchi» bilan bo‘lgan o‘yinni yodga olsak, biz raqibni mensimaganligimiz uchun jazolandik, deya olmayman. Gap shundaki, «Neftchi» -  yurtimizning eng sovrindor jamoalaridan biri va farg‘onaliklar turnir jadvalining qaysi qismida borishlaridan qat’iy nazar, grand klublarga yetarlikcha qarshilik ko‘rsata olishadi. Bu jamoani men Angliyaning «Liverpul» klubiga o‘xshataman. Zero «mersisaydliklar» muayyan bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. «Neftchi»da ham xuddi shunday xislat bor. Menimcha, chempionat yakunida futbolchilarimizda charchoq alomatlari ko‘zga tashlana boshladi. Buning natijasida, ikkinchi davrada birinchisiga qaraganda ko‘proq ochko yo‘qotdik. Xullas, bir yo‘la uchta musobaqada ishtirok etish oson emas, har holda.          

- Rostdan ham, ikkinchi davrada jamoa a’zolari sal bo‘shashgandek tasavvur uyg‘ondi. Bu rahbariyatni xavotirga solmadimi?

- Holat rahbariyatni tashvishlantirdi, albatta. Chunki, keraksiz vaqtda ochko yo‘qotishimiz natijasida ta’qibchilar jamoaga ancha yaqinlashib olishdi. Lekin yigitlardagi o‘ziga ishonch yuqori bo‘lgani uchun yakunda chempionlikka erishdik.

- Odatda, chempion bo‘lishdan ko‘ra, uni himoya qilish qiyinroq. Buni «Paxtakor» misolida ham ko‘rish mumkin. «Sherlar» bu yil 5-o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘lishdi. Vaholanki, ular 2015 yili oltin medallarga ega chiqishgandi. Shuni inobatga olib, yangi mavsumga tayyorgarlikning mukammal rejasi ishlab chiqildimi? Xorij yig‘inlari haqida nima deya olasiz?

- 8-23 yanvar kunlari BAAning Dubay shahrida ilk xorij yig‘inimiz o‘tkaziladi. U yerda 2ta o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillash rejamiz bor. Raqiblardan birining nomi ma’lum bo‘lgan: 20 yanvar kuni Rossiyaning «Zenit» klubiga qarshi maydonga tushamiz. Ikkinchi jamoa bilan esa muzokaralar davom etmoqda.

- Tabiiyki, tayyorgarlik jarayonida tarkibni kuchaytirishga ham e’tibor qaratiladi. Chunki ayni payt «Lokomotiv» safida yoshi katta futbolchilar talaygina. Balki, o‘rinbosarlar safida o‘zini ko‘rsatgan yosh futbolchilar asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb etilar?

- Bu yil yoshlar jamoasidan 2-3 nafar futbolchining asosiy tarkibga qo‘shilish ehtimoli yuqori. Mana shu o‘yinchilar jamoa bilan Dubaydagi yig‘inda qatnashishadi. Agar asosiy tarkibga munosib ekanliklarini isbotlashsa, yangi mavsumda ularni rasmiy o‘yinlarda ko‘rishimiz mumkin.

- Siz bir muddat Angliyaning «Flitvud Taun» jamoasida bo‘lib, ingliz klubi akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan yaqindan tanishib qaytdingiz. Shundan kelib chiqsak, yaqin kelajakda «Lokomotiv» futbol maktabida qandaydir islohotlar ro‘y berishi mumkinmi?

- Sezgan bo‘lsangiz, so‘nggi uch yil davomida klubimizning futbol maktabiga bo‘lgan e’tibori ancha kuchaydi. Biz o‘z taraqqiyotimizning to‘g‘ri yo‘ldan borishini ta’minlash uchun Angliya klubi bilan hamkorlik memorandumi imzolaganmiz. Unga ko‘ra, ikki yosh futbolchimiz uch oy davomida «Flitvud Taun»da mahoratlarini oshirib qaytishdi. Umid qilamanki, hamkorligimiz hali uzoq davom etadi. «Lokomotiv» futbol maktabiga keladigan bo‘lsak, uning faoliyati shaxsan mening nazoratimda. Rejalar ko‘p, misol uchun, tez orada klubimizning maxsus akademiyasi qurilishi boshlanishi kerak. Buning uchun talab qilinadigan hujjatlarni taxt qilib qo‘yganmiz. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda chetdan chaqirilgan futbolchilarga emas, o‘z akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga suyanishni boshlaymiz. Buning uchun bizga taxminan 3 yilcha vaqt kerak bo‘ladi. Futbol maktabimizda 14-15 yoshli iste’dodli futbolchilar talaygina. Ularning yuzaga chiqishiga oz fursat qoldi.

- Asosiy masalalardan yana biri bu - marketing. Afsuski, oliy ligamizning aksariyat klublari hamon viloyat hokimliklariga qaram bo‘lib qolishyapti. O‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash borasida qanday ishlar olib boryapsizlar?

- Haqiqatan ham marketing xizmatining sportda, xususan, futbolda tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos. Keling, masalani yana «Flitvud Taun» misolida ko‘rib chiqamiz. Bu jamoa birgina televideniyaning o‘zidan yiliga million funt sterling ulush oladi. Klub marketing xizmati tomonidan har bir o‘yinga 30-40 betlik maxsus dastur chop etilarkan. Chiroyli jurnal ko‘rinishidagi mazkur to‘plam o‘rtacha 3 funt sterlingdan sotiladi. Futbol ishqibozlari esa uni navbatga turib xarid qilishadi. Stadion atrofida klubga tegishli kattagina bozor bor. Unda jamoaga xos turli atributikalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Angliyada har bir klubning o‘z muzeyi bor va unga kirish ham pullik. Chiptalar va yillik abonomentlarning o‘zidan yaxshigina foyda qilishar ekan. Eng muhimi, chiptalarni bir hafta avval sotib olmasangiz, o‘yinga kira olmay, tashqarida qolib ketishingiz aniq. «SIP» va «VIP» toifasidagi chiptalarga yuqorida aytilgan dastur qo‘shimcha tarzda beriladi va yengil tamaddi bilan ham siylanasiz. Mazkur yillik chiptalarning narxi 1000 dollar turar ekan. E’tiborlisi, jamoa o‘yinda g‘alaba qozona olmasa-da, ishqibozlar 90 daqiqa tinmay qo‘shiq kuylashadi. Bu - yuqori darajadagi muxlislik madaniyati. Bilasizmi, ochig‘ini aytsam, men oila a’zolarim bilan chempionatimiz o‘yinlariga bora olmayman. Chunki bizning ishqibozlar hakam yoki futbolchilarni haqoratlab, hatto, so‘kinib o‘tirishadi. Angliyada bunday narsa yo‘q. Futbolchi xato qilsa ham, uni qarsaklar bilan olqishlab, ruhlantirib qo‘yishadi. Menimcha, o‘sha futbolchi azbaroyi uyalganidan boshqa xato qilmaslikka, chiroyli o‘ynashga harakat qiladi. Raqib jamoa o‘yinchisi chiroyli harakat qilsa yoki gol ursa, unga ham tan berish ma’nosida qarsak chalishadi. Muxlislar stadionga xuddi teatrga borgandek borishadi. Bizda esa bunday manzarani kuzatmaysiz. Men bir narsani aniq ayta olaman, bizdagi futbol marketingi yaqin 5 yil ichida ijobiy tomonga o‘zgarmasa kerak. Birinchidan, bizda reklama bozori afsuski, hozircha juda sust. Vaholanki, futbol orqali o‘z mahsulotini reklama qilish butun dunyoda keng tarqalgan usul. Ikkinchidan, bizda o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish jarayoni oqsayapti. Men bu muammo uchun to‘liq televideniyeni ayblamoqchi emasman. Ayrim stadionlarimizda o‘yinlarni jonli olib berish uchun sharoitlar yo‘q. O‘ylashimcha, qachonki jonli efirda olib beriladigan o‘yinlar soni maksimal darajada ko‘paysa, futbol marketingining katta bir qismi o‘sishga erishadi. Chunki reklama berishni istovchilar o‘z mahsulotini televideniye orqali ko‘rishni istashadi. Agar o‘yinlar jonli olib ko‘rsatilsa, 32 millionlik xalqimizdan kamida 5 millioni o‘sha uchrashuvni tomosha qiladi. Umid qilaman, bizda ham sekin-asta hammasi o‘z iziga tushib ketadi...

- Server Jeparov, Temur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze kabi yoshi ulug‘ futbolchilarning keyingi taqdirlari borasida qanday fikr bildira olasiz? Ularning «Lokomotiv» bilan tuzgan shartnomalari yakuniga yetdimi?

- Siz aytgan futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar yakuniga yetgan. Ayni paytda kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib boryapmiz. Nasib qilsa, yaqin kunlarda yangi shartnomalar imzolanadi.

- Demak, Server Jeparov «Lokomotiv»da qoladi, shundaymi?

- Ha. Temur Kapadze va Artur Gevorkyanlar haqida esa aniq ma’lumot bera olmayman. Bu masalani bosh murabbiy hal qiladi. Ayni damda Mirko Yelichich dam olish uchun uyiga - Avstraliyaga jo‘nab ketgan. U qaytib kelganidan so‘ng tarkib borasida o‘z qarashlarini bayon qiladi.

- Legionerlar alohida mavzu...

- To‘g‘ri. Lekin bu mavzuga batafsil to‘xtalmoqchi emasman. Uch oydan beri legionerlar bo‘yicha seleksiya ishlari davom etmoqda. Saviyali legioner topish oson emas. Bizga ma’qul kelganlarining esa narxi, talablari juda yuqori.

- «Lokomotiv» OCHL guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oldi. Ularni o‘rganish jarayoni boshlandimi? Umuman, qur’a haqida qanday fikrdasiz?

- Jamoamiz O‘zbekistondan yagona klub sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri OCHLning guruh bosqichidan bahslarga kirishadi. Bu esa tabiiyki, bizga katta mas’uliyat yuklaydi. Raqiblarni o‘rganish jarayoni faol davom etmoqda. O‘tgan mavsumda chorak finalgacha yetib bordik. Afsuski, «Al-Ayn» bilan o‘yinda bizga omad yetishmadi. Qolaversa, jismoniy tayyorgarlik bobida ham raqibga yutqazdik. Murabbiy va futbolchilar bundan tegishli xulosalar chiqarib olishgan. Kamchiliklardan kelib chiqqan holda hozir asosiy e’tiborni aynan jismoniy tayyorgarlikka qaratganmiz. BAAdagi yig‘inda ham ko‘proq shu kamchilik ustida ishlanadi. Ilk yig‘inimizdan o‘rin olgan o‘rtoqlik o‘yinlari sonining kamligi ham shu bilan bog‘liq.

- Sizningcha, bu yilgi mavsumda o‘zini ko‘rsata olgan «Lokomotiv»ning uch nafar eng yaxshi futbolchisi kimlar bo‘ldi?

- Aslida, bu savol bilan muxlislarga murojaat qilgan ma’qul. Chunki eng xolis bahoni ular berishadi. Lekin internet va gazetalarda o‘qiyapmiz, ko‘pchilik Temurxo‘ja Abduxoliqovni O‘zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olmoqda. Hujumchimiz 22ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘ldi. Menga qolsa, muvaffaqiyatlarimizda barcha futbolchilarning hissasi katta, degan bo‘lardim. Muxlis sifatida gapirsam, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev va Temur Kapadzelarning harakatlari meni quvontirdi. Garchi Temur jamoadagi eng yoshi katta futbolchi bo‘lsa-da, kerakli o‘yinlarda hal qiluvchi rolni o‘ynadi. Qolaversa, yosh futbolchilarga chinakamiga o‘rnak bo‘la oldi. Kapadzening sa’y-harakatlari evaziga «Lokomotiv»da ichki muhit barqaror saqlandi.

- Boshqa jamoalarning a’zolari borasidagi fikrlaringiz qanday?

- «Paxtakor» yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bu yil yorqin o‘yin namoyish etdi. O‘sishdan to‘xtamasa, tez orada uni yanada kuchliroq jamoalarda ko‘rib qolsak, ajabmas.

- Masalan, «Lokomotiv»da, to‘g‘rimi? Har holda, bu transferga qarshi bo‘lmasangiz kerak...

- (Kuladi) Menimcha, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan jamoalarning hech biri bu futbolchini tarkibda ko‘rishga qarshilik qilmaydi. Chunki u har qanday klubni bemalol kuchaytira oladi. Mavsum kashfiyotlaridan yana biri bu - Shohruz Norxonov. Mubolag‘a bo‘lmasa, «Obod» futbolchisi deyarli bir o‘zi jamoani yuqoriga tortdi. Uning to‘purarlar safida bo‘lishini hech kim kutmagan edi. «Nasaf» futbolchisi Bahrom Abdurahimovning harakatlari ham diqqatga sazovor. Bu yarim himoyachi o‘tgan yili o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgan edi. Bu mavsumda Bahromning o‘yinlari yana ham ochildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:26, 11.01.2017. O'qildi: 9752 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.