Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futboloskar-2016

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xorijlik kasbdoshlarimiz futbol olamining eng yorqin voqealarini munosib baholagan holda, o‘ziga xos tarzda «Oskar» mukofoti bilan taqdirladilar.

Eng yaxshi dekorasiya - «Krasnodar» stadioni

Rossiya futbolidagi kam sonli ijobiy voqealarning eng yorqini sifatida e’tirof etilayotgan inshoot hatto futbolga umuman befarq bo‘lgan kishilarni ham maftun etadi. Shu yil kuzda Sergey Galiskiy jamoasi o‘z stadioniga ega bo‘ldi. Bu ko‘rkam arena 2016 yilda barpo etilgan stadionlar orasida nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda yetakchi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Eng jo‘shqin joziba - Jerdan Shakiri (25.06.2016 Yevro-2016, Shveysariya-Polsha)

O‘ta noyob iqtidor sohiblaridan shakllangan Shveysariya terma jamoasi odatdagidek navbatdagi yirik turnirda ham o‘z salohiyatidan to‘liq foydalana olmadi. Shunga qaramay, Jerdan Shakirining ilk «pley-off»dagi mo‘’jiza golini taqdirlashni lozim topdik. Chunki u o‘zining fantastik zarbasi bilan jamoasini «over taym»ga olib chiqqandi. Kim biladi deysiz, bo‘lajak «to‘pchi» Jakaning penaltilar seriyasidagi zarbasi aniq bo‘lganida Shveysariya noxush an’anaga chek qo‘ygan bo‘larmi-di... Zarbadan so‘ng darvozaning chap ustuni yonginasidan maydon tashqarisiga yo‘l olgan to‘p Shakirining mehnatini havoga sovurdi. Birgina umid bizga tasalli beradi: Fantastik «qaychilar» va boshqa hunarlar ustasi hali uzoq vaqt o‘z san’ati bilan muxlislarga zavq ulashadi.

Film uchun eng original sanudtrek - Yevro-2016dagi islandiyalik muxlislar

Qit’a miqyosidagi chempionatlar - nafaqat eng kuchli terma jamoalar, balki fanatlar o‘rtasidagi musobaqa hamdir. Yevro—2016da kamdan-kam uchraydigan voqea yuz berdi: «Tomoshabinlar mehrini qozonish bitta mamlakatning ham futbolchilariga, ham fanatlariga nasib etdi. Islandiyaliklarga xos «Huvv» degan hayqiriq dunyoning turli burchaklariga tarqagan bo‘lsada, original muhitni takroran yuzaga keltirishni hech kim uddalay olmadi».

Eng yaxshi mini serial - «Ramos-taym»: Serxio Ramos va 90-daqiqa

2016 yildagi serial ikki yil avval namoyish etilgan «Olachipor matraschilar anduhi» motivlari asosida yaratildi. Birinchi seriyasida yevrokubok finali suratga olingan bo‘lib, ikki ispan jamoalarining qarama-qarshiligida Ramosning goli bahsni «overtaym»larga olib chiqqan va yakunda uning jamoasi zafar quchgandi. Keyinchalik Ramos ko‘rinmay qolgandek tuyuldi. Ma’lum bo‘lishicha, u yanada zalvarliroq zarbani amalga oshirish uchun payt poylayotgan ekan - so‘nggi daqiqadagi samarali harakati bilan u «Kamp Nou»da qabriston sukunatini o‘rnatdi. Qo‘shimchasiga, «Deportivo»dan g‘alabani yulib oldi.

Eng yaxshi debyut ishi - Islandiya terma jamoasi Yevro-2016dek yirik turnirda

Birgina Islandiya terma jamoasining hurmati uchun, suyukli jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Fransiyaga tashrif buyurgan orol aholisining 10 foizi uchun, Vitaliy Denisovni eslatadigan Birkir Byarnasonning ajoyib o‘yinlari uchun qayta-qayta tashkil etsa, arziydi. Aytingchi, xursandchiligini ichiga sig‘dirolmay aqldan ozgan islandiyalik sharhlovchiga avval ham duch kelganmisiz? «Pley-off» bosqichida Angliyadek qudratli raqibni tiz cho‘ktirgan jamoagachi? Ha, vikinglar avlodlari barchaga unutilmas futbol bayramini tortiq etishdi.

Rus tilidagi eng yaxshi erkak roli - Kvinsi Promes («Spartak»)

Kuz faslida bo‘lib o‘tgan «Spartak»-«Lokomotiv» bahsi teng kurashlar ostida kechgandi. Ijrochilarning mahoratiga ham bir xil baho berish mumkin. «Loko»dan oldingi chiziqda Aleksey Miranchuk qo‘mondonlik qilgan bo‘lsa, mezbonlardan bu ishni Promes o‘z zimmasiga olgandi.

Gollandiyalik futbolchining ajoyib uzatmasi Popov tomonidan golga aylangach, «Spartak» kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Xalkdan keyin RPLning yorqin yulduziga aylangan Kvinsi tez orada Yevropaga yo‘l olishi aniq. Agar u Rossiyani qishda tark etsa, may oyida «Spartak» Promesga Rossiya chempionining oltin medalini jo‘natishiga to‘g‘ri keladi. Chunki g‘alabaga Kvinsi bosh­qalardan ko‘ra ko‘proq hissa qo‘shmoqda.

Eng yaxshi ssenariy - Krishtianu Ronaldu va Yevro-2016

Agar Ronaldu haqida yana film yaratilsa, Fransiyadagi qit’a birinchiligi film qahramonining barcha fazilatlarini to‘la ochib beradi. To‘g‘ri, turnir futbolchi uchun ham, uning jamoasi uchun ham og‘ir kechdi. Boz ustiga, hal qiluvchi bahs­ning 18-daqiqasida Dimitri Paye bilan to‘qnashib ketdi va jarohat olib, maydonni tark etdi. Albatta, maydonga qaytishga urinib ko‘rdi, lekin iloji bo‘lmadi. «Stad de Frans»dagi final Ronaldu uchun nihoyasiga yetgandi. Futbolchining o‘sha lahzalardagi ko‘rinishi ko‘hna Rimdagi fojialarni eslatardi: Ko‘z yoshlari bilan yuvilgan yuz, millionlab muxlislar ko‘zidagi yoshlar... Biroq Krishtianu boshqalar kabi yechinish xonasiga kirib ketmadi - murabbiy bilan birgalikda (ba’zan hatto murabbiy o‘rniga) jamoadoshlari o‘yinlarini boshqarishga kirishdi. Ehtimol, Ederni maydoga tushirish ham Santushning emas, Ronalduning tashabbusidir? Nima bo‘lganda ham, Eder orziqib kutilgan g‘alaba to‘pini raqib darvozasiga yo‘lladi. Ronaldu esa yana «yig‘lay boshladi». Albatta, bu endi uning quvonch yoshlari edi!

Eng yaxshi film - «Liverpul»-«Borussiya Dortmund»-4:3. (14.04.2016. YEL chorak finali)

Yurgen Klopp o‘zining sobiq jamoasiga qarshi birgina mana shu jihatning o‘zidayoq qarama-qarshilikka atom bombasi quvvatini baxsh etgandi. Boz ustiga, Dortmunddagi yagona gol «Enfild»dagi keskinlikni yanada oshirib yuborgandi. Qisqasi, Liverpul bayram taraddudida edi. Biroq avvaliga bayram azaga aylangandek bo‘ldi - 10-daqiqadayoq mehmonlar ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib oldilar. Ikkinchi bo‘lim mezbonlar uchun sal omadliroq bo‘ldi. Tomonlar bittadan gol urishdi. O‘yinning bir soati ortda qolganda «qizillar» oldida 3ta gol urish vazifasi turardi. Ayni shu lahzadan boshlab jamoa Rojers davrida umuman ko‘rsatolmagan hunarlarini namoyish eta boshladi. Tinimsiz hujumlar Koutinyoning «o‘rgimchak to‘rlari» va Lovrenning hal qiluvchi goli ajoyib spektaklga yakun yasadi.

Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli - Dimitri Payet («Vest Xem»)

Dimitri avvalgi mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazdi. Ammo hal qiluvchi pallalarda doimo bir oz chetda qoldi. YECHL yo‘llanmasiga ega bo‘lish uchun «bolg‘achilar»ga atigi 4 ochko kamlik qildi, Payet esa «gol+pas» tizimida 31 (12}19) ball to‘pladi.

Terma jamoada ham hujumchining omadi chopmadi – o‘z uyidagi Yevroda Ruminiya ustidan g‘alabani ta’minlagan bo‘lsada, mutasaddilar ko‘proq Grizmannga ishonch bildirishdi.

Joriy mavsumda «Vest Xem» autsayderlar qatorini tark etolmayapti. Lekin qishda jamoa o‘zini o‘nglashga intilmoqda. Yana sermahsul o‘ynay boshlagan Payetning hissasi katta bo‘lyapti.

FOOTBALL HDning maxsus sovrini - Alan Rushel («Shapekoense»)

28 noyabr kuni yuz bergan aviahalokatdan so‘ng omon qolgan Alan Rushel matbuot anjumanida hayotdan bevaqt ko‘z yumgan jamoadoshlari xotirasi uchun maydonga qaytishni ma’lum qildi: «Hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalay olmayman. Omon qolganim uchun bu yerda o‘tirganimga quvonishni ham, barcha do‘stlarimdan judo (yig‘lab) bo‘lganim uchun qayg‘urishni ham bilmayman. Boqiy dunyoga yo‘l olgan do‘stlarim xotirasi ularning ularning oilalariga bo‘lgan hurmatim maydonga qaytishni talab qilmoqda».

Do‘stlari qo‘lga kiritishga ulgurmagan sovrin Alanga nasib etishini tilab qolamiz.

Eng yaxshi erkak roli - N'Golo Kante («Lester»)

«Kante - bamisoli Wi-Fi, u hamma yerda hoziru-nozir» - Tom Adams, Britaniya Eurosport.

«Har holda, Kante hamon maydonda. Simpson maydondan chetlatilgandan keyin «Lester» I3 o‘yinchisi bilan uchrashuvni davom ettirmoqda!» - Mett Xyuz, The Times.

«Hozirda to‘pni raqibdan tortib olishda Kantega yetadigani yo‘q» - Rio Ferdinand.

«Kante - «Arsenal»ga Vyeyrani sotib yuborganidan keyin yetishmay kelayotgan futbolchi» - Pirs Morgan.

Ha, N'Golo APLda chempionlikka, Yevropada kumush medalga sazovor bo‘ldi, «Chelsi»ga o‘tish orqali «Lester»ni 32 million funtga boyitdi, o‘zi APLda yetakchi sifatida to‘p surmoqda.

Eng yaxshi rejissyor - Klaudio Ranyeri

Nima uchun taniqli murabbiy o‘zining ilk chempionligini yoshi 60dan oshganida nishonladi? Shu haqida o‘ylay-o‘ylay quyidagicha xulosa chiqardik: Nihoyat, Ranyeri «o‘z» jamoasini topdi. Ixtiyoridagi futbolchilardan ahil jamoa shakllantirib, imkoni boricha soat kabi aniq «yurish»ga o‘rgatdi. Kerakli taktikani topa olgani va yechinish xonasidagi totuvlik chempionlikni ta’minladi. Buyuklik - oddiylikda! Yangi mavsumda «tulkilar» odatiy jadvalning ikkinchi yarmidan joy olishdi. Lekin YECHLda pley-off bosqichiga yo‘l olishdi.

Chempionlik tantanalarida Ranyeridan «Lester»ning g‘alabasiga ta’rif berishni so‘rashganida, don Klaudio shunday dedi: «Jamoam zafarini buyuklar sirasiga qo‘shmayman. Buyuk natija «Nottingem Forest»ga tegishli. Bu jamoa elitadagi debyut mavsumida chempionlikka ham erishgan, YECHLni ham qo‘lga kiritgan! Biz bu ishni bir necha yil ichida amalga oshirsak, ajabmas».

Nima ham derdik, kamtarin murabbiyning kamtarona javobi. Ha aytgancha, «Lester» hozircha xalqaro arenadiga ishtirokini davom ettirmoqda, uning «pley-off»dagi dastlabki raqibi «Sevilya». Har holda, «Bavariya», «Real» yoki «Barselona» emas. Kim biladi deysiz, balki «tulkilar» YECHLda ham g‘olib chiqishar? Axir yaxshi niyat - yarim mol. Shunday emasmi?

Eng yaxshi aktyorlar jamoasi - «Lester»

Jamoaning deyarli barcha a’zolari haqida shu qadar ko‘p yozildiki, qandaydir qo‘shimcha qo‘shishning iloji yo‘q. Zafarli mavsum davomida «tulkilar»ni bir-necha martadan «dafn» qilganlar ko‘p bo‘ldi. Biroq jamoa oxirigacha kurashdi, chekinishni o‘ylamadi. Albatta, ta’qibchilarning omadsizliklari, «Lester»ga esa aksincha, omad kulib boqishi ham qandaydir ta’sirini o‘tkazdi. Lekin yakunda jamoa shohsupaga ko‘tarildi. Bu fakt. Endi uni hech kim o‘zgartira olmaydi!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:56, 13.01.2017. O'qildi: 9136 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.