Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Oltin to‘p»: Metyuzdan Ronaldugacha (3-qism)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Frans futbol - Oltin to‘p
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Birinchi raqamli individual sovrin - «Oltin to‘p» sohiblari haqida hikoya qilishda davom etamiz.

Avvalgi maqolalarimiz kirish qismida laureatlarni mamlakatlar va klublar bo‘yicha «taqsimlab» chiqqandik. Bugun esa ularni ligalarga ajratib chiqamiz. Zero, qaysi chempionat vakillari ko‘proq sovrin yutishgani ham ko‘pchilikni qiziqtiradi, albatta.

Umuman, «Oltin to‘p» yutish masalasida APL oldindami yoki primero? Ispaniya ligasi-da. Zero, «Real» va «Barselona» klublari o‘z chempionatlari hisobini jami 19,5ta «Oltin to‘p» bilan to‘ldirishga ulgurishdi. Shu joyda yana alohida e’tibor qaratish joiz, ayrim futbolchilar sovrin yutgan mavsum 2ta ligada o‘ynashgan va bu chempionatlar hisobiga «0,5» ko‘rinishida yozilgan. E’tiborlisi, APL bu reytingda hattoki, «A» seriyasi va bundesligadan ham orqada. Yaxlit holda aytsak, so‘rovning 61 yillik tarixida sovrin atigi 10 liga vakillariga nasib etgan, xolos. «Oltin to‘p»ning chempionatlar o‘rtasidagi taqsimoti:

1. Ispaniya La-ligasi - 19,5ta («Barselona»: Luis Suares - 1ta, Yoxan Kroyff - 2ta, Xristo Stoichkov -1ta, Rivaldo -1ta, Luish Figu - 0,5ta, yangi mavsum, Ronaldinyo - 1ta, Lionel Messi - 5ta; «Real»: Alfredo di Stefano - 2ta, Raymon Kopa - 1ta, Ronaldo - 1ta, Luish Figu - 0,5ta, yarim mavsum, Fabio Kannavaro - 0,5ta, yarim mavsum, Krishtianu Ronaldu - 3ta)

2. Italiya «A» seriyasi - 17,5ta («Yuventus»: Omar Sivori - 1ta, Paolo Rossi - 1ta, Mishel Platini - 3ta, Roberto Badjo - 1ta, Zayniddin Zidan - 1ta, Pavel Nedved - 1ta, Fabio Kannavaro - 0,5ta; «Milan»: Janni Rivera - 1ta, Ruud Gullit - 0,5ta, yarim mavsum, Marko van Basten - 3ta, Jorj Vea - 0,5ta, yarim mavsum, Andrey Shevchenko - 1ta, Kaka - 1ta; «Inter»:  Lotar Matteus - 1ta, Ronaldo -1ta)

3. Germaniya bundesligasi - 9ta («Bavariya»: Gerd Myuller - 1ta, Frans Bekkenbauer - 2ta, Karl-Xayns Rummenigge - 2ta; «Gamburg»: Kevin Kigan - 2ta; «Borussiya» M.: Alan Simonsen - 1ta; «Borussiya» D.: Mattias Zammer - 1ta)

4. Angliya premyer-ligasi - 6ta («Manchester Yunayted»: Denis Lou -1ta, Bobbi Charlton -1ta, Jorj Best - 1ta, Krishtianu Ronaldu -1ta; «Blekpul»: Stenli Metyuz -1ta; «Liverpul»: Maykl Ouen -1ta)

5. Sobiq ittifoq oliy ligasi - 3ta («Dinamo» K.: Oleg Bloxin - 1ta, Igor Belanov - 1ta; «Dinamo» M.: Lev Yashin -1ta)

6-7. Gollandiya eredivizioni - 1,5ta («Ayaks»: Yoxan Kroyff - 1ta; PSV: Ruud Gullit -0,5ta, yarim mavsum)

6-7. Fransiya oliy divizioni - 1,5ta («Marsel»: Jan-Pyer Papen - 1ta; «PSJ»: Jorj Vea - 0,5ta, yarim mavsum)

8-10. Chexoslovakiya oliy divizioni - 1ta («Dukla»: Yozef Masopust - 1ta)

8-10.  Portugaliya primerosi - 1ta («Benfika»: Eysebio - 1ta)

8-10. Vengriya oliy ligasi - 1ta («Ferensvarosh»: Florian Albert - 1ta)

Endi 1987 yildan keyingi laureatlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

1987 yil - Ruud GULLIT (Gollandiya). PSV|«Milan» hujumchisi. 1962 yilning 1 sentyabrida Amsterdam (Gollandiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Gollandiya chempioni (1984, 1986, 1987); Italiya chempioni (1988, 1992, 1993); Gollandiya kubogi (1984); Italiya kubogi (1994); Italiya superkubogi (1992, 1994); Yevropa Chempionlar kubogi (1989, 1990); Yevropa superkubogi (1990); Qit’alararo kubok (1990); Yevropa chempioni (1988); Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi (1984, 1986)

1988, 1989 va 1992 yillar - Marko van BASTEN (Gollandiya). «Milan» hujumchisi. 1964 yilning 31 oktyabrida Utrext (Gollandiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Gollandiya chempioni (1982, 1983, 1985); Italiya chempioni (1988, 1992, 1993); Gollandiya kubogi (1983, 1986, 1987); Italiya superkubogi (1992, 1994); Yevropa Chempionlar kubogi (1989, 1990); Kubok egalari kubogi (1987); Yevropa superkubogi (1989, 1990); Qit’alararo kubok (1989, 1990); Yevropa chempioni (1988); Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi (1985); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (1992); Yevropa chempionatining eng yaxshi to‘purari (1988); Gollandiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1984-1987); Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1990, 1992); «Oltin butsa» laureati (1985)

1990 yil - Lotar MATTEUS (GFR). «Inter» yarim himoyachisi. 1961 yilning 21 martida Gersogenauerax (GFR|Germaniya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Germaniya chempioni (1985-1987, 1994, 1997, 1999); Italiya chempioni (1989); Germaniya kubogi (1986, 1998); Germaniya Liga kubogi (1997-1999); Germaniya superkubogi (1987); UYEFA kubogi (1991, 1996); Yevropa chempioni (1980); jahon chempioni (1990); Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi (1990, 1999); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (1991)

1991 yil - Jan-Pyer PAPEN (Fransiya). «Marsel» hujumchisi. 1963 yilning 5 noyabrida  Bulon-syur-Mer- (Fransiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Fransiya chempioni (1989-1992); Italiya chempioni (1993, 1994); Belgiya kubogi (1986); Fransiya kubogi (1989); Italiya superkubogi (1992); UYEFA kubogi (1996); Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi (1989, 1991); Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1989-1992)

1993 yil - Roberto BADJO (Italiya). «Yuventus» yarim himoyachisi. 1967 yilning 18 fevralida Kaldonyo- (Italiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Italiya chempioni (1995, 1996); UYEFA kubogi (1993); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (1993)

1994 yil - Xristo STOICHKOV (Bolgariya). «Barselona» hujumchisi. 1966 yilning 8 fevralida Plovdiv- (Bolgariya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Bolgariya chempioni (1987, 1989, 1990); Ispaniya chempioni (1991-1994, 1998); Bolgariya kubogi (1987-1989); Ispaniya kubogi (1997); Bolgariya superkubogi (1989); Ispaniya superkubogi (1991, 1992, 1994, 1996); Yevropa Chempionlar kubogi (1992); Kubok egalari kubogi (1997); Yevropa superkubogi (1992, 1997); Osiyo Chempionlar kubogi (1998); jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari (1994); Bolgariya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1989, 1990); «Oltin butsa» laureati (1990)

1995 yil - Jorj VEA (Liberiya). «PSJ»|«Milan» hujumchisi. 1966 yilning 1 oktyabrida Monroviya (Liberiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Liberiya chempioni (1987); Kamerun chempioni (1988); Fransiya chempioni (1994); Italiya chempioni (1996, 1999); Fransiya kubogi (1991, 1993, 1995); Angliya kubogi (2000); Fransiya Liga kubogi (1995); Italiya superkubogi (1996); Afrikaning eng yaxshi futbolchisi (1989, 1994); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (1995)

1996 yil - Mattias ZAMMER (Germaniya). «Borussiya» (Dortmund) himoyachisi. 1967 yilning 5 sentyabrida Drezden (GDR|Germaniya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: GDR chempio­ni (1989, 1990); Germaniya chempioni (1992, 1995, 1996); GDR kubogi (1990); Germaniya superkubogi (1995, 1996); Yevropa Chempionlar kubogi (1997); Yevropa chempioni (1996)

1997 va 2002 yillar - RONALDO (Braziliya). «Inter» (1997) va «Real» (2002) hujumchisi. 1976 yilning 22 sentyabrida Rio-de-Janeyro (Braziliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Ispaniya chempioni (2003, 2007); Gollandiya kubogi (1996); Braziliya kubogi (2009); Ispaniya superkubogi (1996, 2003); Kubok egalari kubogi (1997); UYEFA kubogi (1998); Yevropa superkubogi (2007); Qit’alararo kubok (2002); Janubiy Amerika chempioni (1997, 1999); Konfederasiyalar kubogi (1997); jahon chempioni (1994, 2002); «Kopa Amerika»ning eng yaxshi futbolchisi (1997, 1999); jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari (2002); Gollandiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1995); Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari  (1997, 2004); jahon chempionati final raundlarida gol urish bo‘yicha rekordchi (15ta, 1994-2006); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (1996, 1997, 2002)

1998 yil - Zayniddin ZIDAN (Fransiya). «Yuventus» yarim himoyachisi. 1972 yilning 23 iyunida Marsel- (Fransiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Italiya chempioni (1997, 1998); Ispaniya chempioni (2003); Italiya superkubogi (1997); Ispaniya superkubogi (2001, 2003); Yevropa Chempionlar kubogi (2002); Yevropa superkubogi (1996, 2002); Qit’alararo kubok (1996, 2002); Yevropa chempioni (2000); jahon chempioni (1998); jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2006); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003)

1999 yil - RIVALDO (Braziliya). «Barselona» yarim himoyachisi. 1972 yilning 19 aprelida Resife (Braziliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Braziliya chempioni (1994); Ispaniya chempioni (1998, 1999); Gresiya chempioni (2005, 2006, 2007); O‘zbekiston chempioni (2008, 2009, 2010); Ispaniya kubogi (1998); Italiya kubogi (2003); Gresiya kubogi (2005, 2006); O‘zbekiston kubogi (2008, 2010); Yevropa Chempionlar kubogi (2003); Yevropa superkubogi  (1997, 2003); Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (1999); O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari (2009); Janubiy Amerika chempioni (1999); Konfederasiyalar kubogi (1997); jahon chempioni (2002); FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (1999)

2000 yil - Luish FIGU (Portugaliya). «Barselona» va «Real» yarim himoyachisi. 1972 yilning 4 noyabrida Lissabon (Portugaliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Ispaniya chempioni (1998, 1999, 2001, 2003); Italiya chempioni (2006, 2007, 2008, 2009); Portugaliya kubogi (1995); Ispaniya kubogi (1997, 1998); Italiya kubogi (2006); Ispaniya superkubogi (1996, 2001, 2003); Italiya superkubogi (2005, 2006, 2008); Yevropa Chempionlar kubogi (2002);  Kubok egalari kubogi (1997); Yevropa superkubogi (1997, 2002); Qit’alararo kubok (2002);  FIFA talqinida jahonning eng yaxshi futbolchisi (2001)

2001 yil - Maykl OUEN (Angliya). «Liverpul» hujumchisi. 1979 yilning 14 dekabrida Chester (Angliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Angliya chempioni (2011); Angliya kubogi (2001); Angliya Liga kubogi (2001, 2003, 2010); Angliya superkubogi (2001, 2010); UYEFA kubogi (2001); Yevropa superkubogi (2001); Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (1998); Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1998, 1999).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:43, 22.01.2017. O'qildi: 11543 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик