"Brentford" o‘z uyida APL 37-turi doirasida "Kristal Pelas" bilan durang o‘ynadi — 2:2.
Mezbonlar safida Dango Uattara dubl qayd etgan bo‘lsa, mehmonlardan Ismaila Sarr va Adam Uorton o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Brentford" 52 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi, "Kristal Pelas" esa 45 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan. Angliya chempionatining yakuniy, 38-turida "Brentford" safarda "Liverpul" mehmoni bo‘ladi, "Kristal Pelas" esa o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi.
«BRENTFORD» — «KRISTAL PELAS» — 2:2
Gollar: Sarr 6-pen (0:1), Uattara 40 (1:1), Uorton 52 (1:2), Uattara 88 (2:2).
«Brentford»: Kellexer, Lyuis-Potter, Kollinz, Ayer (van der Berg, 82), Kayode, Yanelt (Dj. Xenderson, 63), Yarmolyuk (Dasilva, 89), Damsgor, Yensen (Shade, 63), Uattara, Tiago.
«Kristal Pelas»: D. Xenderson, Riad (Lerma, 74), Lakrua (Richards, 61), Kanvo, Mitchell, Kamada, Uorton, Munyos, Pino (Djonson, 46), Sarr (Gessan, 90), Strann Larsen (Mateta, 61).
Ogohlantirishlar: Kayode (90) — Richards (83), Lerma (89), D. Xenderson (90).
Parallel ravishda kechgan bahsda "Vulverxempton" o‘z maydonida "Fulxem" bilan durangga imzo chekdi — 1:1.
Mezbonlarning yagona goliga Mateus Mane mualliflik qildi, mehmonlardan esa Entoni Robinson ajralib turdi.
"Vulverxempton" 19 ochko bilan APL turnir jadvalining eng so‘nggi, 20-o‘rnini band etgan va jamoa muddatidan oldin Premyer-ligani tark etib ulgurgan. "Fulxem" esa 49 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.
So‘nggi turda "Vulverxempton" safarda "Bernli" bilan kuch sinashadi, "Fulxem" esa o‘z uyida "Nyukasl"ni mehmon qiladi.
«VULVERXEMPTON» — «FULXEM» — 1:1
Gollar: Mane 25 (1:0), Robinson 45+3-pen (1:1).
«Vulverxempton»: Joze Sa, S. Bueno, Kreychi, Volfe (U. Bueno, 85), Moskera, Andre, Gomes, Mane, Xvan Xi Chxan (Bellegard, 79), Gomesh (Pedro Lima, 85), Armstrong (Arokodare, 72).
«Fulxem»: Leno, Bassi, Diop, Robinson, Kastan, Berge (Kevin, 46), Lukich, Smit-Rou (Uilson, 79), Ivobi (King, 67), Bobb (Chukvueze, 79), Rodrigu Munis (Ximenes, 67).
Ogohlantirish: Andre (90).