Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bu futbolchilar Afrika qit’asidan...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, uzoq Gabonda navbatdagi Afrika millatlar kubogi startga chiqdi. Soccer.ru saytining Max Vargas blogi shu munosabat bilan aslida Afrika jamoalari uchun o‘ynashlari mumkin bo‘lgan, ammo boshqa yurtlar bayrog‘i ostida to‘p surishni ma’qul ko‘rgan futbolchilar orasidan o‘ziga xos ramziy terma tuzib chiqdi. Ishoning, ushbu virtual jamoa tarkibi binoyidek ko‘rinish oldi.

Darvozabon

Stiv Mandanda

Fuqaroligi: Fransiya

Turnirda Kongo DR termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Fransiya futbolidagi eng kuchli golkiperlardan biri Stiv Mandanda aslida butun Afrika qit’asida eng yaxshi maqomini olishi mumkin edi. Biroq u tug‘ishgan ukalari - Parfe va Ruffidan farqli ravishda, «leopardlar» emas, «uchranglilar» safida o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Il fenomeno nomini olgan to‘ng‘ich Mandanda Fransiya termasida doimo tajribali Ugo Lyoris ortida o‘tirishga majbur, ammo bundan sira nolimaydi. Chunonchi, Didye Desham unga ishonchli zaxirachi sifatida qaramoqda. Xullas, Mandanda fransuzlar jamoasida ikkinchi kiper sanaladi va uning roli mutlaqo daxlsizdir.

Himoya

David Alaba

Fuqaroligi: Avstriya

Turnirda Nigeriya termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Alaba 17 yoshidayoq «vundertim»da debyut qilgancha o‘zi sabab, Avstriya-Nigeriya nomi ostida alohida drama boshlanishiga imkon qoldirmadi. Ha, «Bavariya» himoyachisi biroz shoshilmaganida va afrikaliklar foydasiga qaror chiqarganidami, ehtimol, avvaliga Nigeriya termasining final raundiga chiqishiga katta hissa qo‘shib, keyin Afrika chempionatining asosiy javohiriga aylanarmidi?  Biroq u o‘z kelajagini Avstriya termasi bilan bog‘lab, «qora qit’a»ning bosh turniri uchun mutlaqo begona bo‘ldi...

Jerom Boateng

Fuqaroligi: Germaniya

Turnirda Gana termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Jerom ham tug‘ishgan akasi Kevin-Prins Boateng yo‘liga ters o‘laroq, «bundesmanshaft»ni tanladi va o‘z imkoniyatini ancha kutdi. Vaholanki, akasidek qaror chiqarganida, «qora marvaridlar» safida bosh yulduzlardan biri sifatida mudom asosiy tarkibda o‘ynardi. Xullas, u Gana futbol federasiyasi taklifini bir necha marta rad etdi. Ya’ni tarixiy vatani uchun o‘ynashdan bosh tortib, oxir-oqibat, nemislar jamoasi vakiliga aylandi. Germaniya milliy termasida 2009 yili debyutini nishonlagan Jeromni hozir olqishlash mumkindir. Zero, u ayni payt Yoaxim Lyov jamoasida muhim rolga ega, yutuqlari salmog‘i ham tobora oshyapti.

Odil Rami

Fuqaroligi: Fransiya

Turnirda Marokash termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

2011 yili «Lill» safida Fransiya chempioni bo‘lgan futbolchi vaqtida Marokash termasini tanlaganida, hozir Mehdi Benatiya bilan sheriklikda to‘p surib, Afrikaning eng kuchli markaziy himoyachilari juftligini tashkil etarmidi? Biroq Odil 2008 yiliyoq marokashliklar chorlovini qabul qilolmasligini bildirgandi. U bu masalada quyidagicha bayonot bergan: «Yaxshisi, Fransiya terma jamoasi safidagi Marokash vakili bo‘laman». Futbolchi o‘z qaroridan afsuslanmasa kerak. Axir «uchranglilar» jamoasidan muntazam chorlov olish Rami uchun jiddiy yutuq hisoblanadi.

Yarim himoya

Benjamin Xenriks

Fuqaroligi: Germaniya

Turnirda Gana termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Bundesliganing eng istiqbolli va yuqori sur’atda o‘sayotgan futbolchilaridan biri Leverkuzenda, ya’ni «Bayer»da shu darajada yaxshi taassurot uyg‘otdiki, «manshaft» bosh murabbiyi Yoaxim Lyov uni Germaniya bayrog‘i ostiga olishni paysalga solmadi. Shunday qilib, Xenriksning debyut o‘yini ham tezda kuzatildi - yosh futbolchi saralash turniri doirasida San-Marino termasiga qarshi bahsda maydonga tushdi. Natijada ganaliklar iqtidori baland yigitni qo‘lga kiritish harakatini boshlamay turib, undan umid uzishdi. To‘g‘ri, Benjaminning o‘zi ona tomonidan tarixiy vatani sanalmish Gana bayrog‘i ostida o‘ynash variantini o‘ylab ham ko‘rmagandi.

N~Golo Kante

Fuqaroligi: Fransiya

Turnirda Mali termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Bugun London «Chelsi»si yarim himoyachisini tanimaydigan muxlis topilmasa kerak. Axir «Lester» safidagi ajoyib mavsumdan so‘ng mittigina futbolchining biografiyasini obdon titkilashdi. Xullas, Kante nafaqat Fransiya termasi, balki Mali milliy jamoasida o‘ynash imkoniyatiga ham ega edi. Eslasangiz, Frederik Kanute vaqtida aynan maliliklar foydasiga qaror chiqargandi. Biroq N~ Gole undan farqli o‘laroq, «burgutlar» safida AMK-2015ga borish taklifini rad etdi. U o‘z qarorini avvalo, «Kan» tarkibidan muqim joy olishni xohlashi bilan izohladi. Shuning barobarida terma jamoalar masalasida hali yakuniy to‘xtamga kelmaganini yashirmagandi. Keyinroq esa «Lester»da bosh rolga chiqdi va Didye Deshamdan aniq taklif oldi. Xullas, N~Golo Yevro-2016 arafasidagi o‘rtoqlik o‘yinlarida fransuzlar milliy jamoasi libosini kiydi. Bu uning Mali futbol federasiyasiga bergan yakuniy javobi edi - «Yo‘q».

Pol Pogba

Fuqaroligi: Fransiya

Turnirda Gvineya termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

«Sakkizoyoq» nafaqat o‘z oilasidagi eng iqtidorli futbolchi bo‘lib chiqdi, balki jahon bo‘yicha transfer rekordini ham yangiladi-qo‘ydi. Pol avvaliga navbati bilan Fransiyaning turli yosh toifasidagi termalarida o‘ynadi va 2013 yiliyoq milliy jamoa libosida ko‘rinish berdi. Shunday ekan, u Afrikaga yo‘l olish va «fillar» sharafini himoya qilishni xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Umuman, Pogba ayni payt Didye Deshamning ishongan «tog‘»laridan biri. Demakki, terma jamoa tanlashda adashmagan...

Serj Gnabri

Fuqaroligi: Germaniya

Turnirda Kot-d~Ivuar termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Germaniya termasining yana bir yosh vakili Londonning «Arsenal» klubida o‘zini ko‘rsatolmaganidan keyin «Verder»ning bundesliga doirasidagi o‘yinlarida mutlaqo boshqacha qiyofaga kirdi. Aslida Gnabri 18 yoshidayoq Kot-d~Ivuar milliy jamoasidan taklif olgandi. Biroq futbolchi «fillar» to‘dasiga qo‘shilishni xohlagani yo‘q. «Bungacha Germaniyaning turli yosh toifasidagi termalarida to‘p surdim, shuning uchun taklif olgach, o‘ylamasdan rad javobini berdim. Zero, bosh maqsadim - bundestim uchun o‘ynash»,—degandi Serj o‘z qarori yuzasidan. Eh, agar boshqacha variantni tanlaganida edi, Angliya va Kot-d~Ivuar masalasida rosa ikkilangan Vilfrid Zaxaga ajoyib sherik bo‘lardi.

Hujum

Bril Embolo

Fuqaroligi: Shveysariya

Turnirda Kamerun termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

«Shalke» ixtiyoridagi yosh va superiqtidorli hujumchi 17 yoshidayoq 2ta terma jamoa o‘rtasida talash bo‘ldi. Chunonchi, Embolo Kamerunda tug‘ilgan va bolalik chog‘idayoq soatlar mamlakatiga ko‘chib o‘tgandi. Xullas, Bril Afrika jamoasida o‘ynash huquqidan foydalanishni istamay, shveysariyaliklar tarkibini to‘ldirdi. «Barchasini obdon o‘ylab ko‘rgach, kelajakda bolaligimga guvoh bo‘lgan mamlakat jamoasi uchun o‘ynashni ko‘proq xohlashimni angladim. Ya’ni qalbimga quloq tutib, Shveysariya termasini tanladim. Aytishim joiz, har ikki mamlakat futbol assosiasiyasi menga jiddiy qiziqish bildirdiki, bundan bag‘oyat minnatdorman. Umidvormanki, kamerunliklar qarorimni to‘g‘ri qabul qilib, o‘rtadagi munosabatni yomonlashtirmaydilar»,-degandi Embolo 2014 yil oxirida qiyin tanlovi xususida.

Vissan Ben Yeder

Fuqaroligi: Fransiya

Turnirda Tunis termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Liga1da eng qadrlanmagan futbolchilardan biri «Tuluza»dagi ajoyib mavsumdan so‘ng «Sevilya» a’zosiga aylandi. Ispan klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli avvaliga o‘tkir hujumchi rolini ko‘proq o‘z qit’adoshi Lusiano Vyettoga ishonib topshirgan bo‘lsa, keyinchalik Vissan argentinalikni zaxiraga «jo‘natdi». Deylik, «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda «xet-trik» qayd etib, chililik mutaxassisda zarracha shubha qoldirmadi. Qisqasi, ayni payt «Sevilya»da Vyetto emas, aynan Ben-Yeder bosh rolda. U 2014 yiliyoq Fransiya termasida o‘ynashni xohlashi va Tunis jamoasi libosini kiyish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgandi: «Shaxsiy tanlovim tayin - Fransiya. Boshqa gap ortiqcha. Hattoki, meni milliy jamoaga chaqirishmasa ham, orzumdan voz kechmayman. Ya’ni taklif olish yo‘lida bor mahoratimni ishga solgancha ishlashda davom etaman. Umid qilamanki, ertami-kech mening kunim ham keladi. Buni oxirigacha kutishga tayyorman».

Nobil Faqir

Fuqaroligi: Fransiya

Turnirda Jazoir termasi uchun o‘ynashi mumkin edi

Liga 1ning eng yorqin vakillari qatoriga kiruvchi futbolchi Afrika kubogiga o‘zining bexato o‘yinlariyu, hujumdagi noodatiy harakatlari bilan o‘zgacha zeb berishi mumkin edi. Vaqtida Nobil Faqirga bog‘liq «talashish-tortishish» shunchalik keskin tus oldiki, futbolchining o‘zi hattoki, intervyu berishdan ham bosh tortadigan bo‘lib qoldi. Yakunda esa, Jazoir termasida o‘ynash imkoniyatiga egaligiga qaramay, Fransiya milliy jamoasini tanladi. Ya’ni uning tarkibiga tushish qiyinligiyu, raqobat misli ko‘rilmagan darajada balandligiga parvo ham qilmadi. «Ha, Fransiya termasi mening yakuniy tanlovim ekanligini tasdiqlayman. Yaqinda Didye Desham bilan uchrashib, qarorim qat’iyligini bildirdim. O‘z navbatida, u menga umid bilan qarayotganini yashirmadi. Birinchi maqsadim - Yevro-2016da ishtirok etish. Men asli jazoirlik fransuzman. Bu faxr uyg‘otadi. Xullas, Fransiya termasi uchun o‘ynash istagim kuchliroq bo‘lib chiqdi. To‘g‘ri, otam meni jazoirliklar safida ko‘rishni istagandi. Biroq o‘ynaydigan men-ku. Yakuniy qarorim esa - Fransiya va bu endi o‘zgarmaydi! Zero, shu zaminga qattiq bog‘langanman»,-degandi Faqir Yevro-2016 arafasida jiddiy jarohatga yo‘liqishidan oldin.

Muqobil terma jamoa

Ivon Mvogo (SHveysariya|Kamerun) - Antonio Ryudiger (Germaniya|Syerra-Leone), Dedrik Boyata (Belgiya|Kongo DR), Anjelo Ogbonna (Italiya|Nigeriya) - Teodor Gebre Selassi (CHexiya|Efiopiya), Mussa Dembele (Belgiya|Mali), Vilyam Karvalyu (Portugaliya|Angola), Usmon Dembele (Fransiya|Mali) - Yussuf Poulsen (Daniya|Tanzaniya), Romelu Lukaku (Belgiya| Kongo DR), Anvar al G‘ozi (Gollandiya|Marokash).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:48, 30.01.2017. O'qildi: 7671 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик