Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zimizning osiyodan qo‘ymasin – 2

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Gazetamizda avvalroq berilgan «O‘zimizning Osiyodan qo‘ymasin» maqolasi futbolchilarimizga yoqib tushgan ko‘rinadi. Mana, «Lokomotiv» yanvar oyi boshidayoq 3 nafar a’zosini xorijga «uchirma» qildi. Tez orada «Paxtakor» va «Bunyodkor» futbolchilariga bog‘liq yangiliklarni ham eshitsak, ajabmas. Hozircha yarim himoyachilar -  Sardor Rashidov («Al-Jaish») va Sanjar Tursunov («Al-Haraytiyat») ortidan Qatar Yulduzlar Ligasi yana ikki iqtidorli futbolchimiz bilan boyidi. Bulardan tashqari, Osiyoda katta obro‘ga ega Server Jeparov ham faoliyatining so‘nggi qismida yana xorijda to‘p suradigan bo‘ldi. Ya’ni milliy terma jamoamiz rekordchisini Eronning «Istiqlol» klubi o‘z safiga chorladi. Demakki, yangi transferlarni gapirish barobarida Osiyo tomon yuz burgan futbolchilarimizning yangi klublari haqida ma’lumot berishda davom etamiz. Shuningdek, ular o‘z pozisiyalari bo‘yicha kimlar bilan raqobat olib borishlari mumkinligiga ham to‘xtalamiz, albatta.

Server JEPAROV («Istiqlol», Tehron)

2017 yilning 15 yanvaridan

«Istiqlol» - Tehron futbol klubi. Eron pro-ligasi grandlaridan biri. Tashkil topgan vaqti: 1945 yil 26 sentyabr. Klub egasi: Rizo Iftixori (2016 yil avgust­dan). Bosh murabbiyi: Alirizo Mansuriyan (2016 yil iyundan). Jamoa sadori: Mehdi Rahmati (darvozabon). Uy stadioni: «Ozodi» (sig‘imi - 78116). 2015|2016 yillar mavsumdagi natijasi: Fors ko‘rfazi pro-ligasida 3-o‘rin. Ekipirovka ta’minotchisi: Li-Ning (2016 yildan). Bosh homiysi: Hamrah Aval mobil aloqa kompaniyasi (2015|2016 yillar mavsumidan). Legionerlari: Robson Januario (himoyachi, Braziliya), Grayr Mkoyan (markaziy himoyachi, Armaniston), Leandro Padovani (himoyachi, Braziliya), Server Jeparov (yarim himoyachi, O‘zbekiston).

Tehronning «Istiqlol» klubida ayni payt avlodlar almashinuvi jarayoni davom etyapti. Jamoa avvalgi mavsum Eron elit divizionida hammadan kam (4ta) mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa hamki, so‘nggi ikki turdagi omadsizlik uni chempionlikdan mahrum etdi. Ya’ni Huzistonning «Istiqlol» jamoasi finish marrasidagina «uloq»ni ilib ketdi. Jamoa yangi mavsumga yangi bosh murabbiy qo‘l ostida kirishdi. 45 yoshli Alirizo Mansuriyan futbolchilik faoliyatini 2008 yili aynan shu klubda yakunlagandi. U «Istiqlol»ga qaytguniga qadar Eron yoshlar termasi (U-23) va «Naft» (Tehron) jamoalarida ishladi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik murabbiyi - amerikalik Stiven Jons tehronliklarning bir necha frontda muvaffaqqiyatli o‘ynashlariga asosiy javobgar shaxslardan biridir.

Jamoada 44-raqamni tanlagan Server Jeparov yarim himoyadan joy olish uchun Omid Ibrohimi, Jobir Ansori, Farshid Ismoili, Yaqub Karimi kabi futbolchilar bilan bahslashishi kerak. Ansori ko‘p hollarda hujumchi sifatida o‘ynasa, asli himoyachi sanalgan Husro Haydari markaziy hududdagi kamchiliklarni yopib turadi. Omid Ibrohimi garchi stopper rolini bajarsada, o‘tgan mavsum klubning bosh to‘purari bo‘ldi - 11ta gol. Braziliyalik Robson Januario farm-klub «zayavka»sidan joy olganiga qaramay, joriy mavsum asosiy tarkibda 12 marta maydonga tushdi. Umuman, hamyurtimiz yangi klubida yoshi eng katta futbolchi sanaladi. Tajribali yarim himoyachimiz «Istiqlol»ning Osiyo Chempionlar Ligasi-2017dagi imkoniyatlari haqida gapirib, jamoasi bilan kamida chorak finalga chiqishga umid bildirdi. Tehron klubi guruh bosqichiga qo‘shilish yo‘lida 7 fevral kuni o‘z maydonida kechadigan «pley-off» bosqichi o‘yinida Qatarning «Al-Sadd» jamoasini yengishi kerak. Umid qilamizki, tajribali yarim himoyachimiz shu bahsdayoq o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi.

Fakt. Eronning so‘nggi shohi Muhammad Rizo Pahlavi, shuningdek, mamlakatdagi 30 nafardan ortiq mashhur aktyor va aktrisa aynan «Istiqlol»ga muxlislik qilgan. Umuman, Jeparovning yangi jamoasi fors zaminidagi eng mashhur klublardan biridir. Deylik,  «Istiqlol» nafaqat Fors ko‘rfazi mamlakatlari, balki Yevropa va Amerikada ham muxlislar klubiga ega.

(Eslatib o‘tamiz, mazkur mavola yozilganidan so‘ng «Istiqlol» jamoasi feyr-pley bilan bog‘liq muammoga duch keldi va Server Jeparovni ijara asosida «Sepaxon» jamoasiga qo‘yib yubordi)

Temurxo‘ja ABDUXOLIQOV va Sanjar

SHOAHMEDOV («Al-Sayliya», Qatar)

2017 yil 16-17 yanvardan

«Al-Sayliya» sport klubi. Qatar Yulduzlar ligasi o‘rtamiyonalaridan biri. Tashkil topgan vaqti: 1995 yil 10 oktyabr («Al-Qodisiya» nomi ostida). Klub egasi: shayx Nosir bin Hamad bin Nosir al Tani. Uy stadioni: «Ahmad bin Ali Stedium» (sig‘imi - 25000). 2015|2016 yillar mavsumidagi natijasi: Qatar Yulduzlar ligasida 7-o‘rin. Bosh murabbiyi: Sami Trabelsi (Tunis, 2013 yil 8 iyundan).

«Sayliya» Qatardagi aksariyat klublar singari al Tanilar oilasiga qarashli. Hozirgi nomini 2003 yili oldi. Shundan bir yil o‘tib esa, ilk marta Yulduzlar Ligasiga yo‘l oldi. Keyinchalik oliy va birinchi divizion o‘rtasida sarson yurdi. Jamoa boshqaruvi Tunis termasi sobiq bosh murabbiyi Sami Trabelsiga topshirilgach, ligalar aro «sayr»ga barham berildi. Darvoqe, klubning internet tarmog‘idagi  profilida mashhur 5 nafar futbolchisi qatorida Sanjar Shoahmedov va Temurxo‘ja Abduxoliqov ham qayd etilgan. Vaholanki, hamyurtlarimiz «Sayliya» bilan yaqindagina shartnoma tuzishdi.

Ayni payt 5ta gol urgan himoyachi Muhammad Muddater jamoa to‘purari bo‘lib turibdi. Shu sababmi, murabbiylar shtabi hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Kamerunlik 33 yoshli Alo`O Efoulou hisobida esa 4ta gol bor. Murabbiylar shuningdek, 38 yoshli Mirg‘ani Babikerga naq 13ta o‘yinda to‘liq ishonch bildirishdi, lekin u loaqal  bitta gol urolmadi va boz ustiga, 4 marta sariq kartochka oldi. Yarim himoyachilar - Mustafo Hafiz, Sayaf Muhsin, Hamad al Obaydi va Majdi Siddiq to‘rtligi esa atigi 2ta gol hosil qildi. Xullas, Sanjar Shoahmedov aqlli to‘p oshirishlari, sheriklarini qulay pozisiyaga chiqarishi bilan yangi jamoasi asosiy tarkibidan joy olishga urinib ko‘radi.

Fakt. Temurxo‘ja Abduxoliqov avvalgi mavsum yakunlangach, Malayziya klublari e’tiboriga tushgandi. Lekin u 29 dekabr kuni «temiryo‘lchilar» bilan 1 yillik yangi shartnoma tuzdi. Aynan shu kelishuv yakunda Toshkent klubiga transferdan daromad (0,85 mln. dollar) keltirdi.

Qirg‘iziston chempionati qanchalik kuchli?

Alisher Azizov («Dordoy», Qirg‘iziston)

2017 yil 14 yanvardan

So‘nggi ikki mavsumni «Obod» jamoasida o‘tkazgan, 2015 yil O‘zbekiston birinchi ligasi to‘purariga aylangan va poytaxt klubining elitaga chiqishiga katta hissa qo‘shgan Alisher Azizov esa faoliyatini yaqin xorijda davom ettiradi. Hujumchi Qirg‘izistonning «Dordoy» jamoasi bilan bir yillik shart­nomani rasmiylashtirdi. Bishkek klubi 2016 yili  7ta ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan Qirg‘iziston oliy ligasida 43 ochko bilan 2-o‘rinni band etdi. Qolaversa, mamlakat kubogi aynan «Dordoy»ga nasib qildi. Umuman, bu jamoa 2004 yildan buyon turnir jadvalida biror marta 2-o‘rindan pastga tushmagan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:46, 06.02.2017. O'qildi: 8047 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик