Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      •   Mash’al
      • 0:0
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      •   OKMK
      • 0:0
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 33 65
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 33 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Osasuna 33 42
10 Atletik Bilbao 33 41
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul» — «Tottenxem», «Arsenal» - «Bavariya» va yana haftaning 3 to‘qnashuvi

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Erudit Sport» nashri quyida tomoshabop o‘tishi kutilayotgan besh to‘qnashuvni tomosha qilishni tavsiya etadi:

№5-match: “Lasio” – “Milan”

(13 fevral, dushanba, soat: 00:45)

O‘zaro uchrashuvlar:

27 G‘ALABA 57 DURANG 63 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Lasio” – “Milan” 1:1 va 0:2

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Lasio” – “Milan”

170,20 million yevro VS 224,80 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

“Rossonerilar” tomondan “quyosh chiqqanidan” xursand bo‘lgan ishqibozlarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Yigirma tur davomida kuchli uchlikda qorasi ko‘ringach, yana so‘nggi yillardagi o‘rniga qaytdi. Ochko yo‘qotish “qon bilan” kirganmi, keyingi olti turda bor-yo‘g‘i besh ochko ishladi. Qiziq, “Milan”ga ko‘z tegdimi yoki yana yo‘lini yo‘qotib qo‘ydi? Tabiiyki, murabbiy Vinchenso Montella barchasi joyida ekanligini isbotlash payida bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida “Lasio”ning ham ishlari joyida emas. O‘xshatmasdan uchratmas, deganlaridek, A Seriyadagi eng ko‘p legionerni shug‘ullantirayotgan Simone Indzagiga ham barqarorlik begona. Demak, tur davomida birinchilikda ketma-ket o‘rinlarni egallab turgan raqiblar o‘zaro uchrashuvda masalaga oydinlik kiritadi. Tiffozilar mazkur matchni ko‘rish asnosida zerikmasliklari tayin.

№4-match: “Real” Madrid – “Napoli”

(15 fevral, chorshanba, soat: 00:45)

O‘zaro uchrashuvlar:

1 G‘ALABA 1 DURANG 0 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Real” Madrid – “Napoli” 1:1 va 2:0

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Real” Madrid – “Napoli”

766,80 million yevro VS 324,75 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

“Napoli” (26,7 yosh) o‘zidan uch oylik katta “Real”ga (27 yosh) qarshilik ko‘rsatishga hozirlik ko‘rmoqda. Birinchi navbatda, mutaxassis Maurisio Sarri shogirdlari Madridga o‘z chempionatlarining goleador jamoasi sifatida tashrif buyuradi. Madridliklar tezlikni tushirgani ba’zi muxlislarning toqatini toq qilgani rost. “Qirollik klubi” Kubokni tark etdi, mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi nihoyasiga yetdi. Aksincha “Azzurilar” o‘n bir matchdan beri raqiblariga yutqazmaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, qarama-qarshilik ishtirokchilarining imkoniyatlari deyarli teng. Zidan ko‘rsatmalarini bajarayotgan o‘yinchilar bir o‘yinda o‘rtacha hisobda darvozaga 17,8 zarba yo‘llaydi. Qizig‘i, mehmonlarda ham xuddi shunday ko‘rsatkich. “Napoli” a’zolari uzatayotgan paslarning 87,2 foizi, maydon egalarining 86,5 foiz uzatmalari manziliga aniq boradi.

№3-match: “Liverpul – “Tottenxem”

(11 fevral, shanba, soat: 22:30)

O‘zaro uchrashuvlar:

22 G‘ALABA 22 DURANG 41 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Liverpul – “Tottenxem” 1:1 va 1:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Liverpul – “Tottenxem”

376,70 million yevro VS 370 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

O‘zaro uchrashuvlarning oxirgi uchtasida durang kuzatilgan bo‘lsada, “Taqachilar” sakkiz matchdirki, “Liverpul” qarshiligini sindira bilmaydi. Boz ustiga, o‘sha o‘yinlarda “Qizillar” yaqqol ustunlikni namoyish etib, raqib darvozasiga kamida uch marta yo‘l topgan. Hozir esa “Tottenxem” yoshlik g‘ayrati va shijoatini (Premyer ligadagi eng yosh jamoa) namoyish qilmoqda. To‘g‘ri, hali Yurgen Klopp  hech narsani yo‘qotmadi. Ammo amaldagi vaziyat “Liverpul” uchun ancha qaltis bo‘lib, klubning ochko yo‘qotishi yakunda amaldagi o‘rnini boy berishiga olib keladi. Eng qizig‘i, chempionatda darvozalarga zarba berishda Pochettino qo‘l ostidagi futbolchilarga yetadigani yo‘q (17,6 zarba). Shunga qaramay, Premyer ligada hisobiga eng ko‘p gol yozdirib qo‘yish “Liverpul”ga nasib etgan.

№2-match: “PSJ” – “Barselona”

(14 fevral, seshanba, soat: 00:45)

O‘zaro uchrashuvlar:

2 G‘ALABA 3 DURANG 3 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “PSJ” – “Barselona” 1:3 va 0:2

Imkoniyat: 30/30/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“PSJ” – “Barselona”

455,90 million yevro VS 753,50 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Tomonlarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini ellikka ellik qiymatida baholash mumkin. Maydon egalari kamida La liga vakillari “Betis” va “Vilyarreal” uddasidan chiqqan ishni takrorlashi kerak. Mutaxassis Unay Emeri yuqoridagi ikki jamoa ustozlarining master-klassiga e’tibor qaratishi ahamiyatlidir (har ikki matchda “Barsa” 90-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qolgan). Ustiga-ustak, “Barselona”ni ispan mutaxassisining “kubokchi” ekani havotirga solmoqda. O‘z navbatida, Luis Enrikeni ham bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga undaydi. Shunisi e’tiborliki, jamoalar Chempionlar ligasi pley-offida to‘rt marotaba to‘qnashgan bo‘lsa, ularning uchtasida katalon klubi musobaqani davom ettirgan. Faqat 1994/1995 yilgi mavsumda parijliklarning omadi chopib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. O‘z-o‘zidan, Emeridan bu noxush an’anaga ham chek qo‘yish talab etiladi.

№1-match: “Bavariya” – “Arsenal”

(15 fevral, chorshanba, soat: 00:45)

O‘zaro uchrashuvlar:

5 G‘ALABA 2 DURANG 3 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Bavariya” – “Arsenal” 0:2 va 5:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Bavariya” – “Arsenal”

578,65 million yevro VS 489,50 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Mana olti mavsum “Arsenal” Chempionlar ligasidagi ishtirokini nimchorak finaldayoq yakunlaydi. “To‘pchilar” to‘rt mavsum ketma-ket dastlabki o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazgan. Endilikda, tegirmon navbati bilan ekan, londonliklar yurishni mehmondan boshlaydi. Ya’ni, londonliklar mehmonda urilgan gol evaziga biroz ustunlikka ega bo‘lishi mumkin. Biroq statistika “Nemis mashinasi” foydasiga ishlamoqda. Shu kungacha “Bavariya” bilan uch bora 1/8 finalda yuzlashgan Venger janoblari raqib oldida “ip esholmagan”. Demak, fransuz mutaxassisi “bir toshga” to‘rtinchi marta qoqilmaslikka intiladi. Katta ehtimol bilan dastlabki bellashuvda myunxenliklar yaxshigina qarshilikni sindirishga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, “Karlo ota”ning “Buratino”lari bu bosimga dosh beradimi? Yuqoridagi faktlarni umumlashtirsak, tomoshabinlar kurashlarga boy matchning guvohiga aylanishini taxmin qilish mumkin.

Ulug‘bek RAHMONQULOV

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 15:53, 11.02.2017. O'qildi: 15425 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик