Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning Eronda «Ana ketaman, mana ketaman», deb hammani ovora qilgani, Marchello Lippining Xitoy terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olgani keng futbol jamoatchiligida yaxshigina shov-shuv ko‘tardi. Bundan tashqari, Mahdi Alining BAA termasidan ketishi kutilayotgani, Pim Verbekning Ummon milliy jamoasida ish boshlagani ham yakunlangan yilda murabbiylar haqidagi muhim xabarlardan hisoblandi.
2016 yilda aksariyat terma jamoalar o‘z bosh murabbiylarini almashtirishdi. Iordaniya, Tojikiston, Ummon bunga yaqqol misol. Ayniqsa, Ummon va Iordaniya termalari bosh murabbiy tanlashda ancha qiynalishdi. Dastlab ular ancha nomdor mutaxassislar (Pol Le Guen va Xarri Rednapp) bilan kelishib olgan bo‘lsalar, keyinchalik qarorlarini o‘zgartirishdi.
Lekin grand jamoalar mundial saralashi ayni qizigan pallada bosh murabbiy almashtirishga shoshilishmayapti. O‘zbekiston terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchragan Qatar va Xitoy fuboli rahbariyati shoshilinch qaror qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Qo‘shnilarimizda ham vaziyat o‘zgaryapti. Qirg‘iziston termasi kutilmaganda Osiyo kubogi-2019 saralashi 3-raundida 1-savatchadan joy oldi. Bunda albatta, rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestininning xizmatlari katta. Ular FIFA reytingida ham KXDRdan bir pog‘ona oldinda turishibdi.
AYRIM MURABBIYLARGA OID UMUMIY MA’LUMOTNOMA
Bosh murabbiy
|
Boshqaryapti
|
Fuqaroligi
|
Tug‘ilgan kuni
|
Qachondan buyon termada?
|
Statistikasi
|
Karlush Keyrush
|
Eron
|
Portugaliya
|
1953 yil 1 mart
|
2011 yil 4 aprel
|
70 ta o‘yin, 42 g‘, 20 D, 8 M (141-41)
|
Mahdi Ali
|
BAA
|
BAA
|
1965 yil 20 aprel
|
2012 yil 12 avgust
|
59ta o‘yin, 35 g‘, 12 D, 12 M (121-5)
|
Kim Pan Gon
|
Gonkong
|
J.Koreya
|
1969 yil 1 may
|
2013 yil 28 may
|
|
Li Taye Xun
|
Kambodja
|
J.Koreya
|
1961 yil 29 yanvart
|
2013 yil iyul
|
|
Ange Postekoglu
|
Avstraliya
|
Avstraliya
|
1965 yil 27 avgust
|
2013 yil 28 oktyabr
|
34 ta o‘yin, 17 g‘, 6 D, 11 M (68-39)
|
Tomas Duley
|
Filippin
|
AQSH
|
1961 yil 5 dekabr
|
2014 yil fevral
|
|
Kiatisuk Senamuang
|
Tailand
|
Tailand
|
1973 yil 11 avgust
|
2014 yil fevral
|
40 ta o‘yin, 21 g‘, 7 D, 12 M
|
Nabil Ma’lul
|
Kuvayt
|
Tunis
|
1962 yil 25 iyul
|
2014 yil
|
|
Uli Shtilike
|
J.Koreya
|
Germaniya
|
1954 yil 15 noyabr
|
2014 yil 9 sentyabr
|
33 ta o‘yin, 24 g‘, 4 D, 5 M (61-21)
|
Aleksandr Krestinin
|
qirg‘iziston
|
Rossiya
|
1978 yil 19 sentyabr
|
2014 yil 21 oktyabr
|
|
Vohid Xalilxodjich
|
Yaponiya
|
Bosniya va G.
|
1952 yil 15 may
|
2015 yil 12 mart
|
22 ta o‘yin, 14 g‘, 5 D, 3 M
|
Amankilich Kochumov
|
Turkmaniston
|
Turkmaniston
|
1965 yil 24 iyul
|
2015 yil may
|
|
Samvel Babayan
|
O‘zbekiston
|
O‘zbekiston
|
1971 yil 19 may
|
2015 yil 23 iyun
|
17 ta o‘yin, 14 g‘, 0 D, 3 M
|
Bert van Marviyk
|
S.Arabistoni
|
Niderlandiya
|
1952 yil 19 may
|
2015 yil 26 avgust
|
13 ta o‘yin, 9 g‘, 3 D 1 M
|
Gerd Zeys
|
Myanmar
|
Germaniya
|
|
2015 yil 1 oktyabr
|
6 ta o‘yin, 2 g‘, 1 D, 3 M (6-10)
|
Miodrag Radulovich
|
Livan
|
Chernogoriya
|
1967 yil 23 oktyabr
|
2015 yil
|
|
Abdul Nosir Barakat
|
Falastin
|
Falastin
|
1976 yil 15 may
|
2015 yil
|
|
Radhi Shenayshil
|
Iroq
|
Iroq
|
1966 yil 11 avgust
|
2016 yil 15 aprel
|
9 o‘yin, 1 g‘ 2D 6 M
|
Hakim Fuzaylov
|
Tojikiston
|
Tojikiston
|
1964 yil 12 avgust
|
2016 yil aprel
|
|
Yorn Andersen
|
KXDR
|
Norvegiya
|
1963 yil 3 fevral
|
2016 yil 11 may
|
8 o‘yin, 6 g‘ 1 D 1 M
|
Miroslav Soukup
|
Bahrayn
|
Chexiya
|
1965 yil 13 noyabr
|
2016 yil 20 iyul
|
|
Darren Savaski
|
Guam
|
AQSH
|
1973 yil 22 fevral
|
2016 yil
|
|
Xorxe Fossatti
|
qatar
|
Urugvay
|
1952 yil 22 noyabr
|
2016 yil sentyabr
|
3 ta o‘yin, 1 g‘, 1 D, 1 M
|
Marchello Lippi
|
Xitoy
|
Italiya
|
1948 yil 12 aprel
|
2016 yil 22 oktyabr
|
1 ta o‘yin, 1 D (0-0)
|
Abdulloh Mesfer
|
Iordaniya
|
BAA
|
1962 yil 28 yanvar
|
2016 yil dekabr
|
|
Kazuo Kuroda
|
Xitoy Taypeyi
|
Yaponiya
|
|
2016 yil
|
|
Sejjad Mahmud
|
Pokiston
|
Pokiston
|
|
2016 yil
|
|
Osiyodagi ayrim bosh murabbiylar haqida
Xitoy. Marchello Lippi. 1948 yil 12 aprelda Viarejjio shahrida tug‘ilgan. Murabbiylik faoliyatini 1982 yili «Sampdoriya»ning yoshlar jamoasida boshlagan. Shu paytgacha 12ta klub va 2ta terma jamoada ishlagan. 2012 yil 17 mayda 30 mln. yevro evaziga Xitoyning «Guanjou Evergrand» klubi bilan 2,5 yillik shartnoma tuzdi. Ushbu klubda ketma-ket 3 mavsum Xitoy chempioni bo‘lishdan tashqari, 2013 yilda Osiyo Chempionlar Ligasini yutdi. 2014 yil 2 noyabrda jamoadan ketgach, 2016 yil 22 oktyabrda Xitoy termasida ish boshladi.
Qatar. Xorxe Fossatti. 1952 yil 22 noyabrda tug‘ilgan. Osiyo futboliga ilk marta 2006 yilda kelgan. 2007-2008 yillarda Qatar terma jamoasida ishlagan. 2011 yilda «Al-Sadd» bilan OCHLni yutgan. Tajribali futbolchilarga ishonishi, shuningdek, pressingga dosh berishi kerak bo‘lgan himoya va yarim himoya uyg‘unligiga ko‘proq tayanishi bilan ajralib turadi.
J.Koreya. Uli Shtilike. 1954 yil 15 noyabrda G‘arbiy Germaniyada tug‘ilgan. 2009 yildan buyon Osiyo futbolining ko‘zga ko‘ringan murabbiylaridan. Uning shartnomasi 2018 yilgi JCH oxirigacha mo‘ljallangan. Shtilike boshqaruvida koreyslar Eron (2 marta), Kosta-Rika, Avstraliya va Ispaniya kabi terma jamoalarga yutqazishgan.
Eron. Karlush Keyrush. Bu murabbiy haqida muxlislarimiz deyarli barcha narsani biladilar. Uning tavakkalchiligi, boshqa murabbiylarga dahanaki hujum uyushtirishni xush ko‘rishi ham OAVning doimiy e’tiborida. Muhammad Rashid Mazaheridek OCHLda o‘tgan mavsumda o‘zini ko‘rstagan posbon o‘rniga Eron FF tomonidan yarim yilga chetlatilgan Sasha Mokani singari posbonga bemalol ishonch bildirishi - uning Eron futbolida «o‘ziga xon - ko‘lankasi maydon» ekanligini anglatmaydimi?
Ummon. Pim Verbek. 1956 yil 12 martda tug‘ilgan. Osiyoga ilk marta kelganida (2005 yil) BAA terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi edi. Keyin esa Janubiy Koreya va Avstraliya terma jamoalarini boshqardi. Uning taktikasida yakka o‘tkir hujumchi va ikki nafar hujumkor yarim himoyachi bog‘lami ustun turadi. Chunki Verbek boshqargan jamoalar doim yuqori maqsadlar sari intilishadi. Uning qo‘l ostidagilar hamisha krossga tayyor turishlari va jismoniy tayyorgarliklari yuqori darajada bo‘lishi shart.
BAA. Mahdi Ali Hassan Redha. Qit’amizning eng tez o‘sishga erishgan murabbiylaridan biri. Yoshlar bilan yetarlicha katta yutuqlarga erishgandan so‘ng uni 2012 yilning 12 avgustida milliy jamoaga ham bosh murabbiy etib tayinlashdi. Mahdi Ali mahalliy murabbiylar orasida to‘rtinchi bo‘lib termaga ustozlik qildi. Bunaqasi Abdulloh Mesfer (2011-2012) davridan beri uchramayotgan edi. Sevimli taktikasi: 4-2-3-1. So‘nggi paytlarda uning BAA boshqaruvidan ketishi haqida gap-so‘zlar tinmayapti. To‘g‘ri, hech qaysi murabbiyning qo‘l ostida bunchalik iste’dodli futbolchilar yig‘ilishmagandi. Lekin faqat yoshlik g‘ayrati bilan natijaga erishishi qiyin bo‘lyapti. Ayni paytdagi sikl boy berilgani xususida Fors ko‘rfazi matbuoti bong uryapti. Lekin u ham o‘z so‘zini aytishi lozim.
Avstraliya. Ange Postekoglu. Avstraliya murabbiylari orasida klub bilan eng ko‘p (7ta) sovringa erishgan murabbiy. 2013 yil 23 oktyabrdan buyon «sokkeruzlar» ustozi. 2015 yili OFK tomonidan «Yil murabbiyi» deb topilgan. Himoyada mustahkam jamoalar tuzishi bilan tanilgan. Avstraliya futboliga Massimo Luongo, Mettyu Rayan, Netan Byorns kabi futbolchilarni kashf etib berdi.
Yaponiya. Vohid Xalilxojich. Yaponiya terma jamoasi boshqaruviga rasman 2015 yilning 12 martida keldi. Aslida, uni vatani Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishgandi. U bu taklifni rad etib, «kunchiqar yurt»ga keldi. O‘yinni boshqarish uslubiga ko‘ra, Xalilxojich yaponlarga juda mos murabbiy. Yaponiyaga qadar u Kot-D`Ivuar va Jazoir terma jamoalarida ham ishlagan. JCH-2018 saralashining muhim bosqichini BAAga qarshi mag‘lubiyat bilan boshlagandan so‘ng jamoada intizomni kuchaytirdi va tarkib raqobatbardosh ko‘rinish oldi. Avstraliya bilan safardagi durang va Saudiya bilan uyda erishilgan g‘alabadan keyin jamoa biroz yengil tin oldi. 2016 yil yanvarda FIFA reytingida 53-o‘rinda turgan jamoa yil so‘ngida 45-o‘ringa ko‘tarildi.
Bahrayn. Miroslav Soukup. 1965 yil 13 noyabrda tug‘ilgan. 2014-2016 yillarda Yaman terma jamoasini boshqardi. O‘zbekistonga qarshi saralash o‘yinlarida ishtirok etdi. Endilikda saviyasi ancha yuqori jamoada ishlayapti. Chexiyalik bu murabbiy boshqaruvida jamoa o‘z maqsadi sari asta-sekin intilishi, vaqt kutishi va gol urib olgach, o‘yinni munosib yakunlash uchun o‘nlab variantlarga egaligi bilan maqtana oladi.
Livan. Miodrag Radulovich. Osiyo futboliga ilk qadamini «Paxtakor» orqali qo‘ygan chernogoriyalik mutaxassisni o‘yinga taktika tuzishda juda kuchli, deyishadi. Uning o‘yin uslubiga nazar solsangiz, rotasiyadan qo‘rqmasligi yaqqol seziladi. 2010 yil yanvar-aprel oylarida «Paxtakor»da ishlagan murabbiy klubni OCHLda guruhdan olib chiqdi. Toshkentdan Moskvaga ketgan Radulovich «Dinamo» (Moskva) klubida yordamchi murabbiy bo‘lib ishladi. UYEFA va Chernogoriya futbol ittifoqida murabbiylarga ma’ruzalar o‘qiydi. Shartnomasi 2018 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Sevimli taktikasi: 4-2-3-1.
KXDR. Yorn Andersen. Ushbu norvegiyalik murabbiyga qadar KXDR terma jamoasi boshqaruviga xorijlik murabbiy kelmaganiga 25 yil bo‘lgandi. U mashhur gandbolchi Byorg Andersenning o‘g‘li hisoblanadi. So‘nggi ishlagan klubi Zalsburgning «Austriya»si bo‘lgandi. Terma jamoa rahbarlari Tokio-2020 Olimpiadasiga eng zo‘r professional futbolchilardan tashkil topgan jamoani tayyorlashni aynan unga topshirishdi. KXDR futbol assosiasiyasi rahbari Kim Chjon Manning fikricha, ular «millat afsonasi»ga aylanishadi. Yorn Andersen esa bu vazifani bajarish ancha murakkabligini bayon qilib, vaziyatga real qarashini ta’kidladi.
Tojikiston. Hakim Fuzaylov. Toshkentning «Lokomotiv» klubi sobiq bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov 2016 yil aprel oyi oxirida Tojikiston futbol federasiyasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. 52 yoshli taniqli mutaxassis oldiga mamlakat terma jamoasini 2019 yili Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga olib chiqish vazifasi qo‘yildi. Hakim Fuzaylov o‘z vaqtida O‘zbekistonning «Buxoro», «Dinamo», «Andijon» va «Lokomotiv» klublarida ishlagan. U «temiryo‘lchilar» safini tark etganidan keyin Tojikiston futbol federasiyasi texnik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi. Tojikiston termasi boshqaruvidagi ilk o‘yinni 2 iyun kuni Dushanbedagi markaziy stadionda Bangladeshga qarshi o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Osiyo kubogi-2019 saralash bosqichida o‘z yurishini davom ettirayotgan Tojikiston termasi uning boshqaruvida 4ta g‘alaba, 3 durang qayd etdi.
Filippin. Tomas Duley. 1992-1999 yillarda AQSH terma jamoasida 81ta o‘yin o‘tkazgan murabbiy o‘z paytida amerikaliklarning sardori bo‘lgan. 1994 va 1998 yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi. 2014 yil fevral oyida Filippin terma jamoasi boshqaruviga kelgan mutaxassisning ilk o‘yini Malayziyaga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tdi. Ayni payt AQSH murabbiylari orasida xorij terma jamoasini boshqargan hisob bo‘yicha 8-murabbiy. Ungacha Osiyoda AQSH vakillaridan atigi ikki murabbiy ishlagan edi.