Jahon chempionatining YE guruhi 1-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda o‘ta yirik hisob qayd etildi. Yevropaliklar debyutant jamoani 7:1 hisobida mag‘lub etishdi.
6-daqiqada Feliks Nmecha hisobni ochib, Germaniya terma jamoasini oldinga olib chiqqan edi. 21-daqiqada Livano Komenensiya muvozanatni tikladi. 38-daqiqada Niko Shlotterbek nemislarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 5-daqiqasida Kay Xavers penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada Jamal Musiala Germaniyaning to‘rtinchi golini urdi. 68-daqiqada Nataniel Braun bundestimning beshinchi goliga mualliflik qildi. 78-daqiqada esa Deniz Undav o‘z nomini tabloga yozdirib, hisobni 6:1 qildi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida Kay Xavers o‘zining ikkinchi, Germaniyaning esa yettinchi golini kiritdi va hisob 7:1 ko‘rinishiga yetdi.
Germaniya terma jamoasi 2-turda 20 iyun kuni Kot-d'Ivuarga qarshi bahs olib boradi. Nemislar guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 25 iyun kuni Ekvadorga qarshi o‘tkazadi.
Kyurasao esa 21 iyun kuni Ekvador bilan o‘ynaydi. Jamoa 25 iyun kuni guruh bosqichidagi oxirgi bahsini Kot-d'Ivuarga qarshi o‘tkazadi.
Jahon chempionati–2026. YE guruhi, 1-tur
14 iyun, 2026 yil. Xyuston (AQSH). «En-Er-Dji Stedium»
Germaniya – Kyurasao – 7:1
Gollar: Nmecha, 6 (1:0), Komenensiya, 21 (1:1), Shlotterbek, 38 (2:1), Xavers, 45+5 pen. (3:1), Musiala, 47 (4:1), Braun, 68 (5:1), Undav, 78 (6:1), Xavers, 88 (7:1).
Bosh hakam: Jalal Jayed (Marokash).