Turkiyada mavsumoldi yig‘inini davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun Belek shahrida navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi.
Poytaxt viloyati vakillarining raqibi Ukraina birinchi ligasi peshqadamlaridan biri “Gelios” bo‘ldi. Mazkur uchrashuv taqdirini o‘yinning 11-daqiqasida Dilmurod Karimov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.
O‘yin “Metallurg” jamoasining hududiy ustunligi ostida o‘tdi. Ukraina preyer ligasiga chiqish uchun kurash olib borayotgan “Gelios” jamoasida ham gol kiritish imkoniyati bo‘ldi. Ammo shu kuni bekobodliklarning himoya chizig‘i vakillari va darvozabonlari ishonchli o‘ynashdi. “Metallurg” yig‘in oxirigacha yana bitta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan.
“Metallurg” – “Gelios” – 1:0 (1:0).16.02.2017 yil. Belek shahri.
Hakamlar:Aleksandr Golovkov, Andrey Shameka, Anatoliy Dudchik, Aleksandr Ivanov.
Gol:Dilmurod Karimov (11).
“Metallurg”:Zafar Safoyev, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Doston Tursunov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Ayubxon No‘’monov, Jahongir Abdumo‘minov, Dilmurod Karimov, Sanjar Qodirqulov, Islom Isoqjonov, Zohid Abdullayev.
Zahira:Suhrob Sultonov, Doniyor Odilov, Murodjon Toshmatov, Doniyor Ismoilov, Alisher Ziyovuddinov, Kamronbek Kopadze, Umid Rahimov.
“Gelios”: Yevgeniy Volnes, Igor Korateskiy, Sergey Loboyko, Igor Cherednichenko, Igor Lusenko, Dmitriy Skoblov, Anton Kicha, Vladislav Kravchenko, Vadim Abelensev, Ruslan Ivashko, Bacho Akubardiya.
Zahira: Denis Sidorenko, Ilya Glushiskiy, Bulat Yeloyev, Sergey Kravchenko, Dmitriy Grankin, Vitaliy Komarniskiy.