Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Ular qisqa vaqtda juda xavfli raqiblarga aylandi” — Karuana o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Dunyoning 3-raqamli shaxmatchisi, amerikalik Fabiano Karuana o‘zbek shaxmati haqida fikr bildirdi. U Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Nodirbek Yoqubboyev haqida ilk bor 2020-yilda Rustam Qosimjonovdan eshitganini aytib o‘tdi.

“Menimcha, 2021-yildan, balki hatto 2020-yildan boshlab Rustam Qosimjonov ayrim iqtidorli yigitlar haqida gapira boshlagandi. O‘sha paytda ular juda yosh edi. U hatto Nodirbek Yoqubboyevni iqtidorlilar orasida eng istiqbollisi sifatida tilga olgan — bu esa bunday yosh va kuchli o‘yinchilar haqida gap ketganda juda qiyin baho”, deydi Karuana.

U, shuningdek, Nodirbek Abdusattorov bilan 2021-yil oxirida o‘tkazilgan rapid bo‘yicha Jahon chempionatida to‘qnash kelganini eslab o‘tdi. Mazkur turnirda o‘zbekistonlik shaxmatchi 17 yoshda bo‘lgan va chempionlikni qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda o‘zini namoyon qilgan edi.

“Men Nodirbekka qarshi 2021-yil oxirida o‘tkazilgan Jahon chempionatida o‘ynaganman va u o‘shanda turnir g‘olibiga aylangan edi. Sindorov nomini ham ilk bor 2021-yilda eshitganman, ba’zi o‘yinlarini ko‘rgandim, lekin u bilan amaliy tajribam ko‘p emas edi. Javohir bilan ilk bor 2023-yilda Grand Swiss turnirida o‘ynadim. O‘sha paytda u hozirgidek mukammal emas edi, lekin men uning juda kuchli ekanini his qilganman. U debyutda aniq tizimga ega emasdi, hatto biroz shubhali variantlarni o‘ynardi, lekin baribir juda kuchli edi. O‘sha o‘yindan keyin men Sindorov juda tez orada xavfli o‘yinchiga aylanishi mumkin, deb o‘ylagandim”, dedi amerikalik shaxmatchi.

Karuana Abdusattorov haqida u allaqachon o‘zini isbotlagan shaxmatchi ekanini va O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadadagi muvaffaqiyatini tabiiy natija sifatida baholadi:

“Nodirbek, albatta, allaqachon o‘z darajasini isbotlagan. O‘zbekistonning Olimpiadada g‘alaba qozonishi ajablanarli emas. Bu voqea ancha oldin bo‘lgan. Hozir yangi kashfiyotlar ko‘p emas, lekin Sindorovning Nomzodlar turnirida 6 ta g‘alaba qayd etgani — bu haqiqiy yangilik”.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashgan Javohir Sindorov 10 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi. U turnir davomida ikkita rekordni yangiladi: eng ko‘p jamg‘arilgan ochko va eng ko‘p g‘alaba. Sindorov da’vogarlar musobaqasida Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanandxa (ikki marta), Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey I kabi kuchli grossmeysterlar ustidan g‘alaba qozondi.

Javohir Sindorov mazkur turnir g‘olibi sifatida amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Turnir sanasi va manzili FIDE tomonidan e’lon qilinadi.

Shuningdek, Sindorov 2025-yilgi Jahon Kubogida barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempion bo‘lgan edi. Nodirbek Abdusattorov esa 2025-yilda London Chess Classis, 2026-yilda esa Tata Steel Chess musobaqalarida zafar quchdi. Nodirbek Yoqubboyev 2023-yilda Qatar Masters turniri g‘olibi bo‘lgan.

Ayni vaqtda FIDEning layv reytingida holat quyidagicha:

Nodirbek Abdusattorov: 2780 ochko (4-o‘rin)
Javohir Sindorov: 2776 ochko (5-o‘rin)
Nodirbek Yoqubboyev: 2689 ochko (38-o‘rin).

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:49, 19.04.2026. O'qildi: 714 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик