Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OCHL. «Bunyodkor» qo‘pol xatolar tufayli yutqazdi

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Ikkinchi o‘zbek klubi ham Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi. "Bunyodkor" Saudiya Arabistonida "Al-Ahli" klubi mehmoni bo‘ldi va himoyachilarning qo‘pol xatolari evaziga imkoniyatni boy berdi.

O‘yinning 3-daqiqasida mezbonlar jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. 25 metrlardan berilgan zarba natijasida to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Bahsning 12-daqiqasida maydon egalari yana bir qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. Michich maydon markazida As-Somaga oldirib qo‘ydi va hujumchi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketib, aniq zarba bera olmadi. Oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmas Akrom Komilov o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib berdi. U to‘pni darvozabonga oshirishni ko‘zlab, to‘pni ortga uzatmadi. Ammo Umar as-Soma to‘pni egallab oldi va bu safar Murod Zuhurov darvozasini ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "Bunyodkor" hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma natijasida to‘p barchadan o‘tib ketdi va olis ustunda ochilgan To‘xtasinovga kelib tushdi. Nurulloning birga-bir vaziyatda bergan zarbasini "Al-Ahli" posboni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga o‘xshash vaziyat Shomurodovda ham bo‘ldi. Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Eldor chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yetib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘lidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi undan ham xavfliroq vaziyatni taqdim etdi. Dushan Michich jarima maydonchasi tashqarisidan juda aniq zarba berdi, "to‘qqizlik"ga kirayotgan to‘pni Musaylim qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Nurmatov o‘ng qanotdan yerlatib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Ammo Shomurodov to‘pni darvozaga bura olmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "qaldirg‘ochlar" yaxshi vaziyat yaratishdi. Shomurodov jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Musaylim yaxshi reaksiya namoyish qilib, to‘pni egallab oldi.

"Bunyodkor" hisobda ortda borayotganiga qaramay, o‘yinda raqibga nisbatan uchtunlik qilayotgandi. Bahs shunday davom etsa, jamoamiz albatta gol uradigandek edi. Ammo qo‘pol xato navbati Rustam Ashurmatovga kelgan ekan. U o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni raqib futbolchisiga berib qo‘ydi. "Al-Ahli" hujumchisi to‘pni egallab olis ustun tomon uzatma berdi va Salmon Muvashar bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Lushchan shogirdlari ikkita to‘p bilan ortda qolayotganiga qaramay, hujum qilishda davom etdi. Shomurodov raqib jarima maydonchasi ichida bergan zarbani "Ahli" darvozaboni egallab oldi.

O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida toshkentliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, ammo vakillarimiz darvozani ishg‘ol qila olishmadi. Chemirtan ijrosidagi jarima zarbasi ham xavfli bo‘ldi. "Al-Ahli" darvozaboni yana ajoyib seyv namoyish qildi.

Shu tariqa, "Bunyodkor" mehmonda hujumkor o‘yin namoyish qildi, ammo yosh bolalarcha xatolar tufayli mag‘lubiyat alamini tortdi.

OCHL, "S" guruhi, 1-tur
"AL-AHLI" (Saudiya Arabistoni) - "BUNYODKOR" (O‘zbekiston) - 2:0
Gollar: Umar as-Soma (13), Salman Muvashar (54)
Ogohlantirishlar: Mustafo al-Bassos (83) — Dilshodbek Ahmadaliyev (67), Javlon Ibrohimov (90+2)
"Al-Ahli": 1.YOsir al-Musaylim, 7.Salman Muvashar, 8.Taysir al-Jassam (S), 9.Umar as-Soma (Volid Bakshvon 90+3), 10.Yoannis Fetfatzidis (Mustafo al-Bassos 71), 13.Muhammad Abdulshafiy, 23.Said al-Muvallad, 25.Mutaz Havsaviy, 30.Said Avad al-YAmiy, 45.Abdulfattoh Tavfiq (Hussayn al-Moqahviy 79), 55.Saad Abdulamir
 "Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov (Vadim Chemirtan 57), 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To‘xtasinov (Javohir Esonqulov 72), 21.Dilshodbek Ahmadaliyev, 29.Otabek Shukurov (Alisher Sanoyev 61)
Bosh hakam: Ryuji Sato (YAponiya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:09, 22.02.2017. O'qildi: 11227 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик