Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Elit OCHL. Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan “SHabab Al-Ahli” hakamlikdan norozi bo‘lib, OFKga arz qildi

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Pley-off bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Osiyoning eng nufuzli turnirlaridan biri Elit Chempionlar Ligasida hakamlik bilan bog‘liq mojarosi yuzaga keldi. Yarim final doirasida kechgan Yaponiyaning “Machida Zelviya” va BAAning “Shabab Al-Ahli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nafaqat natijasi, balki bahsli qarorlari bilan ham yodda qoladigan bo‘ldi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida yaponiyaliklar futbolchisi Yuki Soma raqib himoyachisi Bogdan Planichning qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. O‘yinning dramatik qismi esa ikkinchi bo‘limning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida yuz berdi.

92-daqiqada “Shabab Al-Ahli” vakili Gilerme Bala uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Biroq VAR aralashuvidan so‘ng ushbu gol bekor qilindi. Gap shundaki, hujum boshlangan pallada “Machida” tarkibida o‘zgarish amalga oshirilayotgan edi. Uchrashuv bosh hakami, avstraliyalik referi Shon Evans o‘zgarishlar hali to‘liq yakunlanmaganini payqamay, o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR hakamning ushbu texnik xatosiga e’tibor qaratgach, Evans darvoza ishg‘ol qilinganini bekor qildi.

Hakamning qarori maydonda tartibsizlikni keltirib chiqardi. “Shabab Al-Ahli” ustozi Paulu Souza o‘yin tugamasidanoq kiyinish xonasiga yo‘l oldi, darvozabon Hamad Al-Meqbaali esa final hushtagidan so‘ng qizil kartochka bilan jazolandi. Vaziyat keskinlashgani sababli, hakam Shon Evans maydonni polisiya qurshovida tark etishga majbur bo‘ldi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Paulu Souza hakamlikni keskin tanqid qildi:

“Bu hakamning juda qo‘pol texnik xatosi. Afsuski, bunday qarorlar futbolni xarobaga aylantirmoqda. Bu darajadagi o‘yinga bunday hakamni tayinlash katta xato edi. Biz finalda o‘ynashga munosib edik”.

Ushbu g‘alaba evaziga “Machida” finalga yo‘llanma oldi va endi shanba kuni amaldagi chempion — “Al-Ahli” bilan Jiddada to‘qnash keladi. Biroq “Shabab Al-Ahli” klubi hakamning xatosi o‘yin taqdiriga ta’sir qilganini ta’kidlab, natija bo‘yicha rasman norozilik bildirdi. Amirliklar jamoasi o‘yinni qaytadan o‘tkazishni talab qilib, Jiddadan ketmay OFKning yakuniy qarorini kutmoqda.

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, ushbu kutilmagan vaziyat sababli OFK Hakamlar departamenti o‘zbekistonlik mutaxassislar — Ilgiz Tantashev va Andrey Sapenkoning Toshkentga qaytishini kechiktirdi. Hozircha Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasining nega olib qolganining aniq sabablari ma’lum emas.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:05, 23.04.2026. O'qildi: 713 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик