Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldinyo nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgan va bo‘lmoqda

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«To‘p afsungari» nomini olgan Ronaldinyo ayni payt nimalar bilan mashg‘ul? Ko‘pchilik mashhur braziliyalikning yana «Barselona» elchisi roliga tayinlanganidan xabardordir. Ronni oldinroq, aniqrog‘i 2016 yilning oktyabrida ham shu lavozimni egallagan, biroq ilk ish kuniyoq o‘zboshimcha sayrga chiqib, klub rahbarlarini uyaltirib qo‘ygandi. Demak, Bombardir.ru sayti ma’lumotlari asosida yaqin o‘tmishning tengsiz yulduzi oxirgi vaqtlarda nimalar bilan shug‘ullanganini ko‘rib chiqamiz.

* * * Ronaldinyo juda ko‘p sayohatga chiqadi. Bugun Braziliyaning qaysidir burchagida, ertaga Turkiyada, keyin esa Ispaniya tomon yo‘l olayotgan bo‘ladi. Sobiq yarim himoyachi yetarli darajada mashhur va shuning hisobiga uning xohlagan yurtga tashrifi har doim chinakam karnaval va xushchaqchaqlikka aylanadi. Ya’ni Ronaldinyo qayerga bormasin, misli ko‘rilmagan e’tibor qurshoviga tushadi. Dinyo yevrofutbol bilan xayrlashgach, Meksika va Braziliyada o‘ynadi, boshqa sobiq yulduzlar qatori Hindiston mini-ligasida ko‘rinish berdi.

* * * «Barselona» rahbariyati 2016 yil kuzda Ronaldinyoni klubning xalqaro elchisi vakolati bilan siyladi. Bu braziliyalik «afsungar»ning futbol markaziga qaytish yo‘lidagi ilk qadami bo‘lishi taxmin qilingandi. Biroq Ronni ilk ish kuniyoq ishonchni oqlamadi. U shunchaki, plyaj futboli o‘yinida qatnashish uchun Braziliyaga ketib qoldi. Boz ustiga, birovni ogohlantirmagan holda.

* * * Ronaldinyo shu kungacha Singapur, Braziliya, BAA va Ozarbayjonda o‘z nomi bilan ataluvchi futbol akademiyalariga asos soldi. «Blaugrana» rahbariyatining unga Masia 360 futbol  maktabi  loyihasida bevosita ishtirok etishni taklif qilgani ham bejiz emas. «Barselona»ning asosiy futbolchilari tez-tez ushbu maktabda mehmon bo‘lib, bolalar bilan dildan suhbatlashadilar, sportchi yuksak natijalarga erishish yo‘lida nimalarga e’tibor qaratishi zarurligi xususida yorqin misollar orqali maslahatlar beradilar. Ronni esa «Barselona» yulduzi bo‘lish futbolchi uchun nimani anglatishini tushuntirishga qodir. Axir u hammasini o‘z tajribasidan biladi. E’tiborlisi, bolalarda qo‘shimcha ishtiyoq uyg‘otish maqsadida o‘z hisobidagi yagona «Oltin to‘p»ni klub muzeyiga topshiradigan bo‘ldi.

* * * Ronaldinyo allaqachon murabbiylik sohasiga qo‘l urmasligi xususida yakuniy qarorini e’lon qilgan. Endi esa futbolchilik faoliyatini rasman yakunlaganini bildirsa kerak. Har holda, yaqinda shu mazmunda og‘iz ochdi: «Ochig‘i, 90 daqiqa o‘yin tomosha qilishga sabrim chidamaydi - bu men uchun azob. Xullas, futbol uchrashuvining eng yaxshi vaziyatlari va gollarni ko‘rish bilan cheklanaman».

* * * Braziliyalik yana B4Lning «Hayot yo‘lida aka-ukalar» nomini olgan loyihasida ishtirok etyapti. Bu loyiha mualliflari - turkiyalik Umit Oqbulut va Kolin Kazim. Ular rejaga muvofiq, butun dunyodagi sport va musiqa yulduzlarini yagona bayroq ostida birlashtirib, Turkiya poytaxti - Anqarada maxsus kechalar uyushtiradilar. Loyiha mehmonlari qatorida 50 Sent guruhi, Floyd Meyvezer, Didye Drogba, Kim Kardyashyan kabilarni muntazam ko‘rish mumkin. Ronaldinyoning o‘zi ham musiqaga nisbatan muhabbatini yo‘qotgan emas. Hayotida futboldan keyinda turuvchi muhim narsa sifatida aynan musiqani tilga olgani zamirida katta ma’no bor. Deylik, Ronni yaqinda Braziliyaning «Pike Novo» guruhi uchun musiqa bastaladi. Aytgancha,  ilk singl - Vai na F ko‘p yillar muqaddam Ronaldinyo va Edcity reperi ijrosida yangragandi.

* * * Dinyo virtual reallikdan ham chetda emas. Misol uchun, mobil telefonlar uchun mo‘ljallangan Ronaldinho Super Dash kompyuter o‘yinlarini sotuvga chiqardi. Bunda barchasi oddiy: Braziliya terma jamoasi libosiga burkangan mitti, lekin qiyofasi tanish futbolchi to‘p bilan yugurish asnosida oltin yulduzchalar va tangalarni to‘playdi. Ronaldinyo ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsiy loyihasiga qiziqishni oshirishga urinmoqda.

* * * Sobiq futbolchi Zoome brendi, onlayn-televideniya va videolavha almashishga mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoqning «yuzi» sifatida gavdalanmoqda. Shuning barobarida Pizza Srek, CocoWhite (tish yuvish pastasi) va 18K Ronaldinho maxsus qo‘l soatlari reklamasida suratga tushdi. Oxirgi mahsulot narxi - 100 dollar. Qolaversa, uning familiyasidan foydalanib, alohida smayl - Emojinhoni yaratishdi.

* * * Ronnining film va teleseriallarda suratga tusha boshlaganiga ancha bo‘ldi. U hozirgacha chamasi 15ta epizodik rolda ko‘rinish berdi. «Quyoncha» ularda o‘zini talqin etgan. Misol uchun, «Barselona» hujjatli filmida kino sohasidagi eng muhim va asosiy rollaridan birini o‘ynadi. Lekin bu sohadagi chinakamiga jiddiy ishlari hali oldinda bo‘lsa, ajabmas. Yaqin orada «Kikbokser, qasos» kartinasi ekranlar yuzini ko‘radi. Braziliyalik bu filmda Jan-Klod van Damm, Byernson va Kristofer Lambert kabi mashhur aktyorlar davrasida suratga tushgan.

* * * Ronaldinyo ko‘plab nomdor sportchilar kabi xayriya o‘yinlarida faol ishtirok etishdan tashqari, insonparvarlik yo‘nalishidagi turli jamg‘armalarni qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Deylik, u UNISEF bayrog‘i ostidagi yulduzlar o‘yinida qatnashdi, paralimpiyachilarni alohida qutladi, «Tinchlik yo‘lida birlashish» loyihasida faollik ko‘rsatdi.

* * * Mashhur sobiq yarim himoyachi yaqinda o‘zi kabi nomdor beysbolchi Derek Jiter tomonidan tuzilgan Turn 2 Foundation tashkilotini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus kechada mehmon bo‘ldi. Ushbu jamg‘arma vazifasi - bolalar va o‘smirlarni alkogol hamda narkotik moddalar ta’siridan himoya qilish. Deylik, tashkilot o‘qishda yaxshi natijalarga erishgan bolalarni munosib taqdirlash asnosida ularda yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga urinadi. Ronaldinyo ushbu loyihadagi ishtiroki haqida shunday deydi: «Futbol odamlarni birlashtirish qudratiga ega. O‘z misolimda aytsam, futbol tufayli  do‘stlik va birdamlik  katta ahamiyat kasb etishini tushundim, ularni qadrlashni o‘rgandim».

E’tirof

- Mana, Messi chiqqanidan buyon «Barselona» futbol tarixidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanmoqda. Biroq Ronaldinyoni eslang: u to‘p bilan aqlga sig‘mas «hunar»larni ko‘rsatardi. Esimda, CHL o‘yini chog‘i Ronaldinyoning xatti-harakatlarini kuzatib, beixtiyor o‘ylab qolgandim: «Eh, bu boshqa sayyoradan kelgan futbolchi. Biz tug‘ilgan sayyoradan emasligi aniq...». Frenk LEMPARD.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 04.03.2017. O'qildi: 17661 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик