Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol olamidagi eng ilg‘or agentlar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Korchalon agentlar, ya’ni asosan transferlar bozorini nazorat qiluvchi yoxud narxlarga katta ta’sir o‘tkazuvchi vositachilarni ta’riflashda  odatda «super» birikmasi ishlatiladi. Zamonaviy futbolda bundaylar safi tobora kengayib borayotgani ham ayni haqiqat. Xo‘sh, ayni payt Yevropa futbolini boshqarishda hamma biladigan Mino Rayola va Jorje Mendeshdan tashqari, yana qaysi agentlar o‘z so‘zlarini baralla aytishmoqda. Xullas, «SSF» nashri sayyoramizdagi eng yirik futbol agentliklari sohiblariga e’tibor qaratib, ularni yaxlit reytingga joylashtirdi. Ro‘yxatga tushgan har bir agentning yillik daromadi - million-million. Ularning mijozlari - jahonning eng sara klublari. «Mahsulot»lari esa - eng qimmatbaho futbolchilar. Oddiy aytganda, ular - «super» maqomiga munosiblar...

1. Konstantin DUMITRASKU (Fransiya)

Agentligi: Mondial Sport Management - Consulting Sarl (Germaniya)

Mijozlarining umumiy narxi: 804,4 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Edinson Kavani (45 mln. yevro), Filippe Koutinyo (35 mln. yevro), Duglas Kosta (35 mln. yevro)

Ajdodlari ruminlarga borib taqaladigan fransiyalik Konstantin Dumitrasku haqida ma’lumotlar juda oz. Chunonchi, u agentlik biznesidagi ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, soyada qolishni ma’qul ko‘radi. Ya’ni mashhurlikka intilmaydi. Deylik, Konstantinning biror fikri yoki izohi matbuot yuzini ko‘rgan emas. Gap shundaki, u ehtimoli bor kelishuvlar haqida aslo so‘z ochmaydi, shuningdek, mish-mish tarqatish usulidan sira foydalanmaydi. Oddiy aytganda, informasion hamla Dumitraskuga xos emas. Muhimi, u shu yo‘l orqali futbol olamida katta obro‘ orttirgan. Jiddiy klublar vakillari fransiyalik vositachi bilan hamkorlik qilishga moyillar, harqalay. 2015 yili yozda Dumitrasku mijozlari ishtirokida amalga oshirilgan savdo operasiyalarining umumiy qiymati deyarli 1 mlrd. yevroga yetdiki, shunchaki, qoyil qolmaslikdan boshqa iloj yo‘q. Aynan o‘sha vaqtda Antoni Martialning transferi butun dunyoni yoqa ushlashga majbur etgandi. Axir «Manchester Yunayted» yosh futbolchi uchun 80 mln. yevro to‘lash (bonuslar bilan birga)ni o‘z zimmasiga oldi. Bunda tabiiyki, vositachi katta rol o‘ynagan. Umuman, Dumitrasku o‘sha yozgi kampaniya davomida klublardan chamasi 100 mln. yevro  miqdorida komission haq undirgandi. Ushbu agent mijozlari orasida mashhur murabbiylar ham bor, albatta. Misol uchun, u Xitoyda ishlayotgan italiyalik jahon chempioni Fabio Kannavaro ortidan sezilarli darajada ko‘p pul topadi. Shuningdek, Slaven Bilich («Vest Xem»), braziliyalik Ziko va Dunga o‘z ishlarini aynan Dumitraskuga ishonib topshirganlar. Aytgancha, rossiyalik yarim himoyachi Denis Cherishev («Vilyarreal») ham fransiyalik agent xizmatidan foydalanadi.

2. Jorje MENDESH (Portugaliya)

Agentligi: Gestifute (Portugaliya)

Mijozlarining umumiy narxi: 588,3 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Krishtianu Ronaldu (100 mln. yevro), Anxel di Mariya (50 mln. yevro), Xames Rodriges (50 mln. yevro)

Jorje Mendesh - sayyoramizdagi eng mashhur futbol agentlaridan biri. U Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»dan «Real»ga naq 96 mln. yevro evaziga o‘tishiga bosh-qosh bo‘lish orqali o‘z sohasida chinakam yulduzga aylandi. Zero, o‘sha vaqt portugaliyalik jahonning eng qimmatbaho futbolchisi maqomini olgandi. Mendesh o‘z mijozlari bilan do‘stona aloqa o‘rnatishi bilan nom qozongan. Deylik, Ronalduning to‘yida shunchaki, mehmon sifatida emas, balki kuyovjo‘ra rolida qatnashgandi. Tabiiyki, Mendesh murabbiylarga ham befarq emas. Yorqin misol - Joze Mourinyo. Portugaliyalik vositachi Rossiyada «Zenit» vakili Migel Danni manfaatlarini himoya qiladi.

3. Israel Ralim DO KARMO (Braziliya)

Agentligi: EUROPE SPORTS GROUP (Braziliya)

Mijozlariningumumiynarxi: 442 mln. yevro

Eng qimmatbahomijozlari: Rikardo Goulart (12 mln. yevro), Ramon Abila (6 mln. yevro), Roxelio Moli (5 mln. yevro)

Reytingning dastlabki ikki qatorini band etishgan agentlar avvalo, o‘z mijozlari saviyasiga e’tibor qaratishsa, braziliyalik Israel Karmo ularning soni bilan maqtanishi mumkin. Uning mijozlari yozilgan rasmiy ro‘yxatda 650ta familiya (!) bor. Ha, Karmo bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan futbolchilarning o‘rtacha transfer narxi aytishga arzimaydi - 700 ming yevrodan past. Biroq umumiy hisoblaganda, barcha mijozlarining bahosi 442 mln. yevrodan oshib ketadi. Ushbu agent ro‘yxatida Rossiyada o‘ynaydigan futbolchilar ham yo‘q emas. Deylik, yaqinda «Zenit» safiga qo‘shilgan braziliyalik Ernani, shuningdek, uning «Anji»dagi hamyurti Shandao aynan Karmo mijozlari hisoblanishadi.

4. Devid MANASSE (Angliya)

Agentligi: Stellar Football Ltd

Mijozlarining umumiy narxi: 379,5 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Garet Beyl (90 mln. yevro), Gjegoj Krixovyak (28 mln. yevro), Adriyen Silva (25 mln. yevro)

Angliyalik agent Devid Manassening eng katta muvaffaqiyati - bu Garet Beylning «Tottenxem»dan «Real»ga o‘tkazgani. Bilasiz, bu kelishuv deyarli 100 mln. yevro evaziga amalga oshirilgandi. Asli uelslik vositachi barcha mijozlari narxini 25 foiz oshishini ta’minlagani bilan e’tiborga tushgan. Aytgancha, yanvar oyida ijara kelishuvi ostida «Lokomotiv» safiga qo‘shilishdan bosh tortgan himoyachi Stiven Kolker nomidan aynan Manasse muzokara olib borgandi.

5. Mino RAYOLA (Gollandiya)

Agentligi: yo‘q

Mijozlarining umumiy narxi: 311,3 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Pol Pogba (105 mln. yevro), Romelu Lukaku (40 mln. yevro), Genrix Mxitaryan (37 mln. yevro)

Gollandiyalik Mino Rayola jahondagi eng mashhur agent maqomi  uchun Mendesh bilan bemalol raqobatlashishi mumkin. To‘g‘ri, u ko‘p hollarda mojaroli kelishuvlarda ishtirok etadi va bu ham reytingi oshishiga xizmat qiladi. Mario Balotelli va Zlatan Ibragimovich - bular Rayolaning sodiq mijozlari. E’tiborli fakt: Rayola janoblari avvaliga Pol Pogbaning «MYU» «changali»dan tekinga chiqib ketishini ta’minladi va keyin uni aynan ingliz klubining o‘ziga  sotdi. Boz ustiga. rekord summaga - 105 mln. yevro. Demak, «Yuventus» Minodan bag‘oyat minnatdor bo‘lishi kerak.

6. Kis VOS va Aleks KROS (Gollandiya)

Agentligi: Sports Entertainment Group (Gollandiya)

Mijozlariningumumiynarxi: 306,2 mln. yevro

Eng qimmatbahomijozlari: Memfis Depay (25 mln. yevro), Stefan de Vrey (20 mln. yevro), Kvinsi Promes (18 mln. yevro)

Kis Vos va Aleks Kros Sports Entertainment Group agentligining futbol bo‘limini boshqarishadi. Aytish joiz, ushbu kompaniya faoliyati birgina sport doirasida emas. Misol uchun, SEG tarkibida musiqachilar bilan ish yuritadigan alohida bo‘lim ham mavjud. Agentlik mijozlari orasida «Spartak» yarim himoyachisi Kvinsi Promes bor va u eng qimmatbaho futbolchilar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi.

7. Franjo VRANJKOVICH (Xorvatiya)

Agentligi: FirstEleven ISM (Germaniya)

Mijozlarining umumiy narxi: 285,5 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Korenten Tolisso (18 mln. yevro), Vilfred Ndidi (18 mln. yevro), Serj Orye (15 mln. yevro)

Xorvat Franjo Vranjkovich yagona fikrga ega kattagina jamoaga rahbarlik qilmoqda. Ushbu agentlik vakillari butun dunyo bo‘ylab yurib, o‘z mijozlariga munosib jamoa qidirishadi. To‘g‘ri, kompaniya mayda-chuyda kelishuvlar bilan o‘ralashib qolmaydi. Shuning barobarida yulduzlarga «yopishmaydi». Franjoning oxirgi omadli ishlaridan biri nigeriyalik yosh himoyachi Vilfred Ndidiga bog‘liq bo‘ldi. Har holda, xorvat qishda «Lester»ni bu futbolchi uchun 18 mln. yevro to‘lashga ko‘ndira oldi.

8. Folker STRUT (Germaniya)

Agentligi: SportsTotal (Germaniya)

Mijozlarining umumiy narxi: 273,7 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Toni Kroos (60 mln. yevro), Marko Roys (40 mln. yevro), Omer Toprak (20 mln. yevro)

Folker Strut SportsTotal tarkibidagi eng omadli va korchalon vositachi hisoblanadi.  Ushbu kompaniya Germaniya futbolidagi 25-27 yoshli iqtidorlarning butun bir guruhi bilan shartnoma tuzgan. Ular orasida asli rossiyalik nemis yigiti, himoyachi Konstantin Raush («Kyoln) ham bor.

9. Rojer UITMAN (Germaniya)

Agentligi: ROGON Sportmanagement GmbH-Co. KG (Germaniya)

Mijozlarining umumiy narxi: 273,4 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Roberto Firmino (35 mln. yevro), Yulian Draksler (32 mln. yevro), Rikardo Rodriges (25 mln. yevro)

Rojer Uitmanning agentlik byurosi Germaniyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsada, uning mijozlar bazasi butun dunyoni qamrab olgan. Buning siri oddiy - skautlar va agentlarning ulkan tarmog‘i. Misol uchun aytsak, Germaniya agentligi mijozlari qatorida SSKA himoyachisi Mario Fernandesni ham ko‘rish mumkin. Vaholanki, u Rossiyada italiyalik Marko Trabukki xizmatidan foydalanadi.

10. Xose OTIN (Ispaniya)

Agentligi: Bahna Internacional (Ispaniya)

Mijozlarining umumiy narxi: 221,1 mln. yevro

Eng qimmatbaho mijozlari: Xavi Martines (25 mln. yevro), Pedro (23 mln. yevro), Xesus Navas (20 mln. yevro)

Bahna Internacional agentligida aynan Xose Otin muhim rol o‘ynaydi. Ushbu kompaniya o‘z qanotida asosan ispaniyalik futbolchilarni birlashtirgan. Aslida Otinning mijozlari soni ko‘p emas, ammo ularning yuqori saviyaga ega ekanliklarini alohida ta’kidlash joiz. Shuning hisobiga agentlik ro‘yxatiga tushgan futbolchilarning o‘rtacha narxi ancha baland - 4 mln. yevro. Xose Otin mijozlarining asosiy harakat yo‘nalishi Ispaniya - Angliyadir. Lekin u vaziyat taqozosiga ko‘ra, o‘yinchini Germaniya klubiga ham joylashtirib qo‘yishi mumkin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:13, 05.03.2017. O'qildi: 7788 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.