«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta endilikda «Bornmut»ning tarixdagi eng ashaddiy muxlisi ekanligini hazil bilan ma’lum qildi.
19 may kuni APLning 37-turi doirasida «Bornmut» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Agar Pep Gvardiola jamoasi ushbu o‘yinda g‘alaba qozona olmasa, «Arsenal» chempionlikni qo‘lga kiritadi.
Arteta ushbu bahsda «Bornmut»ga muxlislik qilish-qilmasligi haqidagi savolga shunday javob berdi.
«Tarixdagi eng ashaddiy muxlis bo‘laman! O‘ylashimcha, barchamiz «Bornmut» muxlisiga aylanamiz, chunki ular ijobiy natijaga erishsa, bu nimani anglatishini yaxshi tushunib turibmiz.
Andoni Iraolaga biron-bir xabar yuborishimga hojat yo‘q deb o‘ylayman. Uning bu klubda qilgan ishlari, klubning qanday o‘zgargani va qanday o‘ynayotgani — buning uchun boshqa hech narsa kerak emas», — deya qo‘shimcha qildi Mikel Arteta.