Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • Elit OCHL
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 1:4
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • 0:2
      • Traktor
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • 5:2
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • -:-
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 14 8 9 31
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 10 5 21
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Germaniya 5 8 7 20
6 Avstriya 5 8 4 17
7 Fransiya 5 7 4 16
8 Shvesiya 5 5 2 12
9 Shveysariya 5 2 3 10
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yoan Mollo: «Deyarli barcha nuqtada o‘ynaganman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Rossiyaning kuchli klublaridan hisoblangan «Zenit» chempionatning ikkinchi qismi boshlanishidan avval tarkibiga Yoan Molloni qo‘shib oldi. SSKAga qarshi kechgan uchrashuvda ancha faol harakat qilib, piterliklar ishon-chini oqladi. Moskvaliklar bilan bo‘lgan o‘yindan oldin rossiyalik jurnalistlar ushbu futbolchini suhbatga tortishdi.

- Yevropa Ligasi «zayavka»siga kiritilmaganingizdan ajablandingizmi?

- Yo‘q, desam aldagan bo‘laman. Lekin ajablandim ham deya olmayman. «Zenit»ga quruq gap uchun kelmaganman, aksincha, o‘z saviyamni namoyish qilishni istayman. Agar Yevropa Ligasi «zayavka»siga kiritilmaganim uchun taqdirga tan berib, yengildim, deyishimni kutsangiz, adashasiz. Bu ham bir sinov. «Zenit»ning har bir o‘yinchisidan so‘rashingiz mumkin. YEL o‘yinidan oldin qanday shug‘ullangan bo‘lsam, hozir ham xuddi shu ishtiyoqda mashq qilyapman.

- «Zenit»ning yig‘inlaridan qanday taassurot oldingiz?

- Bu - top-jamoa. Shuningdek, tarkibda ham ajoyib futbolchilar jamlangan. Albatta, «Zenit»ga moslashib olishim uchun vaqt kerak edi. To‘g‘ri, jismoniy jihatdan bu oson bo‘lmadi. Ammo hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Murabbiy nima istayotganini bilib oldim va jamoadoshlarimni ham yaxshi tushunyapman.

- Ko‘pchilik jamoa o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvlarini muhokama qilmoqda.

- Murabbiy «Besh kunda beshta o‘yin o‘tkazasizlar», desa, avvaliga «Nahotki, shuning iloji bo‘lsa?» deb o‘ylanib qolasiz. Keyin esa buning qiyin joyi yo‘qligiga ishonch hosil qilasiz. Futbol faqat jismoniy yuklamalardan iborat emas, balki katta aqliy mehnat hamdir. O‘tkazilgan o‘yinlarda murabbiy oyoqlarimizni emas, aqlimizni ishlatishimizni ko‘proq istadi. U bizga «Agar ruhan tayyor bo‘lsang, demak jismonan ham tayyorsan», dedi.

- Oldinda SSKAga qarshi o‘yin bor. Tarkibga kirishingiz uchun imkoniyat mavjudmi?

- Maydonda ko‘p narsaga qodirman. Eng muhimi, tarkibga kirsam bo‘lgani.

- Bir paytlari «Krilya Sovetov» safida «Zenit»ga qarshi uchrashuvning asosiy qahramoniga aylangandingiz...

- O‘sha o‘yin esimda, yaxshi ishlagandim. Umuman olganda, menga kuchli raqiblarga qarshi o‘ynash yoqadi. Aynan shunday bahslarda qanchalik yaxshi futbolchi ekaningizni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bunday vaziyatga tushib qolsam, adrenalinni his qilaman.

- Keling, futboldagi birinchi qadamlaringizni eslaymiz?

- Sakkiz yoshimgacha markaziy himoya­da o‘ynaganman. Keyin otamga pozisiyamni almashtirib, qanot yarim himoyasiga o‘tmoqchiligimni aytdim. U esa bunga qarshi chiqdi. Oradan hech qancha o‘tmay, hujumda to‘p surish istagi tug‘ildi. Umuman olganda, o‘zimni hamma chiziqda sinab ko‘rdim.

- Ayni paytdagi eng yoqtirgan pozisiyangiz qaysi?

- Chap qanot yarim himoyasi. Shu chiziqda eng ko‘p o‘ynaganman. Lekin murabbiy o‘ngda yoki markazda to‘p surishimni aytsa, tortishmayman. Aslida, o‘z chizig‘imda yaxshiroq harakat qilaman.

- Fransiyaning ko‘plab klublarida o‘ynagansiz. Ularning qaysi birida o‘zingizni baxtliroq his qilgansiz?

- «Monako»dagi ikki yil muvaffaqiyatli kechgandi. Lekin Fransiya­dagi faoliyatimning eng yaxshisi «Sent-Etyen»da o‘tgan, deb hisoblayman. O‘shanda ajoyib jamoadoshlarim bor edi. 2013 yili Fransiya liga kubogini yutganmiz. Bu sovrin men uchun juda muhim. Jamoamiz 19 mingdan ortiq muxlislari ko‘z o‘ngida mukofotni qo‘lga kiritgan. Umumiy hisobda, o‘yinni tomosha qilish uchun «Stad de Frans»ga 79 ming tomoshabin tashrif buyurgandi. Menimcha, aynan shunday lahzalar uchun futbolchi bo‘lganingizga achinmaysiz.

- Keyinchalik klub bilan muammolar yuzaga kelganmi?

- G‘alati vaziyatga tushib qolganman. Muxlislar men tomonda edi. Murabbiyning fikri esa boshqacha bo‘lgan.

- Samara shahridan qanday taassurotlar qoldi?

- Ayrim muammolari bor jamoaga tashrif buyurgandim. Lekin o‘zimni yaxshi his qilganman. Katta ishtiyoq bilan o‘ynaganman, bu klub qalbimda qoldi. O‘z navbatida, ular «Zenit» bilan shartnoma tuzishimga yo‘l qo‘yib berishdi.

- Volga daryosida cho‘mildingizmi?

- Yo‘q. Yigitlar bilan daryo bo‘­yiga chiqdik. Rossiyalik futbolchilar shunday dam olishlarni xush ko‘rishadi. To‘g‘risi, menga piyoda sayr­lar unchalik yoqmaydi.

- «Krilya»da til muammosi qiynamaganmi?

- Aslo. Futbol tili - universal. Masalan, hozirgi ustozim Mircha Luchesku fransuzchani biladi. Ammo men bilan boshqa tilda gaplashadi. Muhimi, bu bir-birimizni tushunishimizda xalal bermaydi.

- Dortmundning «Borussiya»sida o‘ynayotgan do‘stingiz Obameyang «Zenit»ga o‘tganingiz bilan tabrikladimi? U bilan muloqot qilyapsizmi?

- Pyer - o‘ta iqtidorli. Lekin u men uchun birinchi o‘rinda - do‘st.

- Siz «Zenit»dagi ikkinchi fransiyaliksiz. Birinchisini taniysizmi?

- PyuigrenYE. U bilan «Nansi»da birga o‘ynaganmiz. Sebastyan «Zenit» bilan Yevropa superkubogida g‘olib chiqqan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:28, 11.03.2017. O'qildi: 4119 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.