Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ispaniya chempioni kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

La Liganing ushbu mavsumi tugashiga 12 tur qolganida yetakchi uch jamoalarning orasidagi farq 4 ochkoni tashkil etmoqda. Mavsumning yakuniy qismida «Barselona», “Real Madrid” yoki “Sevilya” jamoalaridan qaysi birida imkoniyat yuqori? Goal nashri bu klublarning imkoniyatlarini sarhisob qildi.

Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida chempionlik uchun kurash qizg‘in pallasiga kirib kelmoqda. Ispaniya La Ligasida har doimgidek «Real» va «Barselona» jamoalari sovrin uchun asosiy da’vogarlar safida. Bu ikki jamoani hozirda bir ochko ajratib turibdi. «Qirollik klubi»da bir zahira o‘yin borligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu farq nari borsa ikki ochkoga o‘zgarishi mumkin. Poytaxt jamoasi va kataloniyaliklar sovrin uchun bir-birini quvib borarkan, 2014 va 2015 yilgi mavsumlarda bo‘lgani kabi, yana bir uchinchi jamoa ularni ta’qib qilib kelmoqda. O‘sha mavsumlarda «Atletiko Madrid» raqobatchi bo‘lgan bo‘lsa, bu mavsumda «Sevilya» ikki grand jamoani tengma-teng quvib kelmoqda. Yetakchidan 4 ochko ortda qolayotgan Xorxe Sampaoli shogirdlari ham La Liga chempionligi uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Uch mavsum oldin «Atletiko Madrid» bu vazifani uddalay olgan bo‘lsa, “Sevilya” ham o‘z omadini sinab ko‘rishi kerak.

“Barselona”. Chempionatdagi o‘rni : 1

Taqvim: ushbu haftada mo‘’jiza ko‘rsatib, “PSJ”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborgan “Barselona” hozircha La Ligada yetakchilik qilmoqda. Biroq, “Real Madrid”da bir zahira o‘yinga egaligini hisobga oladigan bo‘lsak, Luis Enrike jamoasi peshqadamlikni boy berishi mumkin. Faqatgina “Barselona” eng yaqin ikki ta’qibchisi bilan ikkinchi davrada o‘zaro hisob-kitob qilib olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, “Barselona”ni “Vilyarreal”ga qarshi oson bo‘lmagan bahs ham kutib turibdi. Ikkinchi davradagi “El clasico” esa “Santyago Bernabeu”da bo‘lishini hisobga olsak, kataloniyaliklarni ancha qaltis taqvim kutib turibdi.

Jamoaning hozirgi holati: “Barselona”ning hozirgi sport formasi tahsinga sazovor darajada. Jamoa La Ligada 7-turdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Biroq, bu ularning eng hayratlanarli jihati emas. Eng hayratlanarli jihati Luis Enrike shogirdlarining so‘nggi o‘yinlarda ko‘rsatayotgan yuqori sport formasidir. Messi va uning sheriklari so‘nggi uch o‘yinda (barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda) 17 bora raqib darvozabonlarini ranjitgan. “PSJ”ga qarshi bahsda qudratli kuchini qayta topib olgan MSN jamoasiga ruxiy dalda berishi va mavsumning yakuniy qismida sheriklarini chempionlik sari yetaklay olishi mumkin.

“Real Madrid”. Chempionatdagi o‘rni : 2

Taqvim: chempionlikka da’vogar uch jamoa orasida aynan «Real Madrid» ajoyib taqvimga ega deyishimiz mumkin. Bir tarafdan, «Qirollik klubi» «Selta»ga qarshi zahira o‘yinga ega. Boshqa tarafdan esa, Zidan shogirdlarini qiyin uchrashuvlar kutib turgani yo‘q. Agarda «San Mames»ga qilinadigan safar o‘yinini hisobga olmasak. Amaldagi Yevropa chempionlari azaliy raqibini 33-tur doirasida aynan o‘z uyida qabul qiladi. «Atletiko Madrid»ga qarshi o‘yin ham «Santyago Bernabeu»da bo‘ladi. Aprel oyi oxirida bo‘ladigan ushbu bahslardan Zidan jamoasi g‘olib sifatida chiqqudek bo‘lsa, sovrin ulardan boshqaga ketib qolmasligi aniqroq.

Jamoaning hozirgi holati: “Real Madrid” hozirda mavsumdagi eng yaxshi davrini boshdan kechirmoqda deya olmaymiz. La Liganing so‘nggi 4 uchrashuvidan atigi ikkitasida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda, so‘nggi besh o‘yinda Zidan shogirdlari o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minlay olmayapti. Shunga qaramay, yaqindagina Neapolga safar qilgan Ronaldu va uning sheriklari yirik uchrashuvlarda o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydi. Jamoa aynan qiyin paytda bosimni yenga olish qobiliyatiga ega va bu ularga sovrin sari dadil olg‘a borishda judayam asqotadi.

“Sevilya”. Chempionatdagi o‘rni : 3

Taqvim: «Sevilya» «Real Madrid»ga qarshi bahs olib bormaydi. Biroq, Sampaoli shogirdlarini “Barselona” va “Atletiko”ga qarshi qiyin bahslar kutib turibdi. Bu ikki uchrashuv aynan safarda bo‘lishini hisobga olsak, darhaqiqat “Sevilya” ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Yevropa Chempionlar Ligasidagi ishtirokini ham davom ettirayotgan “Sevilya” La Ligada ancha mehnat qilishlari talab etiladi. “Sevilya”ning eng katta yutuqlaridan biri esa, La Liganing so‘nggi 4 uchrashuvidan uchtasini o‘z uyida o‘tkazadi. Hozirgi paytdagi maqsad esa katta talofotlarsiz mavsumning yakuniy bosqichiga yetib borish.

Jamoaning hozirgi holati: Bir hafta oldin ham “Sevilya” ancha barqaror o‘yin namoyish etayotgan va chempionatdagi peshqadam raqiblarini tengma-teng quvib borayotgan edi. Nasri va uning sheriklarining besh uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasini kutilmaganda “Alaves” to‘xtatib qo‘ydi. Hozir, Sampaoli shogirdlari o‘zlarini o‘nglab olishlari uchun ayni muddaodir. O‘zlari uchun tarixiy mavsumga aylanishini his qilib turgan “Sevilya” chempionlik uchun o‘zida yangi kuch topa olarmikin? Buni esa albatta, vaqt ko‘rsatadi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 21:36, 11.03.2017. O'qildi: 14314 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.