Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
  • Superliga
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • 0:2
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • 1:3
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 4:0
      • Cremonese
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 32 82
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 32 57
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 32 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Rayo Valyekano 32 38
12 Espanyol 32 38
13 Jirona 32 38
14 Valensiya 32 36
15 Elche 32 35
16 Malyorka 32 35
17 Sevilya 32 34
18 Alaves 32 33
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

25/04/26 Alaves - Malyorka
25/04/26 Xetafe - Barselona
25/04/26 Valensiya - Jirona
26/04/26 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hakamga ataganingiz bormi yoki Ispaniya klublari hakamlarni qanday taqdirlaydi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ispaniya primerosida hakamlik masalasiga bog‘liq navbatdagi mojaro yuzaga kelgach, mahalliy jurnalistlar alohida «tergov» uyushtirib, referilar chempionat ishtirokchilaridan qanday esdalik sovg‘alari olishlarini aniqlashdi. Gap shundaki, «Vilyarreal» - «Real» o‘yini (24-tur)dan so‘ng mezbon jamoa prezidenti Fernando Royg kutilmagan bayonot bilan chiqdi: «Hakamlar brigadasi vakillari stadiondan «Real» belgisidagi sovg‘alarni ko‘targancha mamnun chiqib ketishdi. Menimcha, bu noto‘g‘ri ish...». Ispaniyalik milliarder shuning barobarida referi Xil Mansanoning ishiga ochiq-oshkora e’tiroz bildirdi. Keyinchalik Hakamlar qo‘mitasi vaziyatga aralashib, «Real» tomonidan berilgan sovg‘alar moddiy qadriyatga ega bo‘lmaganini ma’lum qildi. «Madrid» rahbariyati hakamlarga shunchaki, minnatdorchilik va hurmat nuqtai nazaridan klub ramzi tushirilgan kalitilgich, nishon va oddiy ruchkalar bergan emish. Eslatish joiz, o‘sha bahsda madridliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Xullas, Marca gazetasi jurnalistlar izlanishlari samarasi o‘laroq, ispan klublari tomonidan hakamlarga tortiq etiladigan esdalik sovg‘alari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

«Alaves»

Bu klub har bir hakamni bir quti shirinlik va o‘yin avvalida olingan surat tushirilgan fleshka bilan siylaydi. «Alaves» vakillari uchrashuv rasmiylariga shu tariqa minnatdorchilik bildirishni odat tusiga olib kirishgan. Ya’ni jamoa qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar, ular quruq qaytmaydilar.

«Atletik»

Bilbaoliklar avvallari hakamlarga jamoa formasi yoki «Atletik» ramzi tushirilgan hammom xalati berishardi. Endilikda maxsus tayyorlangan vimpellar tortiq etish bilan cheklanishyapti.

«Atletiko»

«Matraschilar» o‘yinini boshqargan referi maxsus nishon yoki vimpel olishga ko‘z tikishi mumkin, xolos. «Atletiko» bu masalada ancha ziqna.

«Barselona»

Kataloniyaliklar odatga ko‘ra, hakamlar brigadasiga bitta katta va bir nechta kichik vimpel hozirlab qo‘yishadi. To‘g‘ri, ba’zan himmatlari oshib ketsa, klub logotipi tushirilgan soatlar berishlari mumkin.

«Betis»

Faqat vimpel - bu klubdan boshqa narsa kutish befoyda.

«Valensiya»

«Ko‘rshapalaklar» avvallari hakamlarga keramik haykalchalar tortiq etish orqali minnatdorchilik izhor qilishardi. Lekin ayni payt «Valensiya»ning sovg‘a «quti»si klub jurnali, vimpellar, nishonlar, ruchkalar va formalardan iborat.

«Vilyarreal»

Bu jamoa ham avvallari aksariyat ishtirokchilar kabi maxsus nishon va vimpellar tarqatardi. Oxirgi vaqtlarda esa hakamlarni quruq qo‘l bilan qaytarishga odatlandi. To‘g‘ri, «Vilyarreal» rahbariyati yevrokuboklar doirasidagi o‘yinlarda ziqnalikni unutib, UYEFA tomonidan yuborilgan barcha rasmiylarga maxsus likopcha, klub formasi yoki suvosti kemasining kichik nusxasini beradi.

«Granada»

Kamtarona yondashuv. Hakamlar bu jamoadan atigi maxsus nishon olishadi.

«Deportivo»

«Depor» hozirda klub nishonlari berish bilan cheklanyapti. Oldinlari esa o‘yinda ishlagan hakamlar o‘z xotinlariga atalgan sirg‘alar va Ispaniyaning eng mashhur kompaniyasida ishlangan sopol idishlar to‘plami bilan qaytishardi.

«Las-Palmas»

Klub xodimlari hakamlar uchun ayni ular ishlagan o‘yin chog‘i olingan suratlardan tezkor ravishda maxsus fotoalbom tayyorlashadi. Chinakam esdalik.

«Leganes»

Jamoa o‘yinlardan so‘ng nafaqat o‘z futbolchilari, balki raqiblar va hakamlarni pissaxo‘rlikka taklif etadi. Xayrlashish chog‘i esa mehmonlarga vimpel va nishonlar beriladi.

«Malaga»

Malagaliklar bu borada «Las-Palmas» yo‘lini tanlashgan - hakamlar o‘yin suratlaridan tarkib topgan maxsus albom olishadi.

«Osasuna»

Bu jamoa o‘yiniga tayinlangan referi ko‘pi bilan maxsus nishonga umid bog‘lashi mumkin.

«Real»

Hakamlarga ham, raqib jamoa futbolchilariga ham «Real»ning muayyan o‘yinchisi raqami yozilgan forma taklif etiladi. Gohida futbolka yozuvsiz bo‘lishi ham mumkin. Bunga nishonlar, kalitilgichlar va ruchkalar qo‘shiladi.

«Real Sosyedad»

Klub hakamlarni esdalik sovg‘alarisiz qaytarmaydi. Xususan, referi ko‘pincha «Real Sosyedad»ning original futbolkasini oladi.

«Sevilya»

Standart to‘plam: nishon, vimpel va klub futbolkasi.

«Selta»

Kamtarona sovg‘alar to‘plami - maxsus nishon yoki oddiy vimpel.

«Sporting»

Hakamlar bu jamoadan hech vaqo olmaydilar.

«Espanyol»

Kataloniyaning ikkinchi raqamli klubi ham o‘z maydoni, ham safardagi o‘yinlardan so‘ng hakamlarga nimadir beradigan ishtirokchilardan biridir. To‘g‘ri, ayni payt jamoaning sovg‘alar to‘plami ancha g‘arib ko‘rinishda - nishonlar va vimpellar. Lekin oldinlari hakamlar brigadasiga dengiz mahsulotlari tortiq etilardi.

«Eybar»

Hakamlar o‘tgan mavsum klubning 75 yilligi sharafiga chiqarilgan bejirim albom olishgandi. E’tiborlisi, «Eybar» hozirgacha shunday albom tortiq qilyapti. Ya’ni avvalgi chempionatda «Ipurua» stadionida ishlamagan referilarga aynan fotosuratlar jamlanmasi berilyapti.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 16.03.2017. O'qildi: 9756 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Барселона Robert Levandovski 12
8 Алавес Lukas Boye 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик