Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chess.com Open 2026: Nodirbek Abdusattorov JCH yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yirik onlayn shaxmat turnirlaridan biri — Chess.com Open 2026 musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Mazkur musobaqa kibersport bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini bajaradi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

NAVI jamoasi safida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov belaruslik Denis Lazavikka qarshi bahsda imkoniyatni boy bergani sabab, kurashni mag‘lublar yo‘lagi orqali davom ettirdi. U ikkinchi raundda rossiyalik Yan Nepomnyashiy ustidan 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozonib, uchinchi bosqichga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda Abdusattorov hamyurtimiz Javohir Sindorovni musobaqadan chiqarib yuborgan fransiyalik Maksim VashYE-Lagrav bilan to‘qnash keldi va 1,5:0,5 hisobida ustunlikka erishdi.

Nodirbek chorak finalda hindistonlik Nihal Saringa qarshi dona suradi. Ushbu bellashuv 25 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladi. G‘alaba qozongan shaxmatchi yarim finalda Denis Lazavik yoki eronlik Sina Muvahid bilan to‘qnash keladi. Mag‘lub yo‘liga finalida Yan-Kshishtof Duda kutib turibdi.

Mag‘lublar yo‘lagi orqali grand finalga yo‘l olgan grossmeyster dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen bilan turnir g‘olibligi uchun bahs yuritishi mumkin.

Shaxmatchilar “10+0” (rapid) formatida bahslashmoqda. Reglamentga ko‘ra, ikkita raqibdan mag‘lubiyatga uchragan ishtirokchi chempionlik uchun kurashni tark etadi. 23 aprel kuni 2026 yilgi FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov o‘z ishtirokini yakunlagan edi. Dastlab rossiyalik Danil Dubovga yutqazgan Sindorov, ikkinchi imkoniyatda Maksim Vashe-Lagrav bilan kuch sinashdi. Dastlabki ikki partiyada 1:1 hisobi qayd etilib, armageddon (shaxmatdagi penaltilar seriyasi) bahsida Sindorov mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi Esports World Cup turnirida NAVI jamoasi bilan qatnashgan Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinni egallab, 85 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritgan edi. Ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan Team Vitality vakili Javohir Sindorov esa 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:42, 25.04.2026. O'qildi: 1552 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик