Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kevin-Prins Boateng - xatoni anglash va iroda kuchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kevin-Prins Boateng haqida eshitmayapsizmi? Ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q: uning ishlari «besh» - Atlantika ummoni mavjlaridan zavqlangan holda, nonushta qilishdan tashqari, hattoki, qishda ham Kanar orollari iliqligidan bahra olmoqda. Qolaversa, «Las-Palmas» tarkibida to‘p surishga vaqt topyapti. «Bu yerda ko‘zimni ochishim bilan yorug‘likni ko‘raman. Sharoitlar a’lo darajada, osudalik hukmron. Shu sababli, futbol bobidagi ishlarim ham joyida»,- degandi futbolchi La-liga rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Boatengni Kanar orollari bosh aeroportida shaxsan buyuk Valeron kutib olib,

futbolchiga tegishli yuklarni ko‘tarishga chog‘langanida, u hayratdan dong qotib qolgandi: «Hazillashmang. Sizni xuddi Zidan, Messi va Ronaldu kabi ko‘raman, hurmat qilaman. Qo‘ying, meni xijolatga qo‘ymang. Yuklarimni o‘zim ko‘taraman». Darhaqiqat, Boateng jamoani 40 yoshida elitaga olib chiqqan afsonadan bunday ehtirom kutmagandi...

Kanar orollari tafti ta’siri

Ha, Boateng «Las-Palmas»da karaxt uyqudan uyg‘ongandek so‘nggi yillardagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Ispaniya chempionati debyutanti hozirgacha 8ta gol urdi, ularning hammasi - «shedevr». Ayniqsa, oktyabr oyida «Vilyarreal» darvozasiga yo‘llagan zarbasini Zlatan Ibragimovichga xos ushu usullaridan birini qo‘llagan holda amalga oshirgandi. Futbolchi shu muvaffaqiyatidan keyin yilning eng chiroyli goli muallifiga beriladigan sovrinni qo‘lga kiritish uchun Syurixga yo‘l olishni diliga tugib qo‘ygandi. Ammo orzusi ro‘yobga chiqmadi: «Bu xususda ko‘plab ma’lumotlarni «Tvitter» tarmog‘idan olgan va FIFAdan taklif kelishiga qattiq ishongandim. Hattoki, xotinimni Shveysariyaga safar uyushtirishimiz haqida ogohlantirib qo‘ygandim. Keyinchalik izoh berishlaricha, tanlovda faqat individual mahorat evaziga urilgan gollar ko‘rib chiqilar ekan. Jamoaviy harakatlar natijasida yuzaga kelgan gollar esa hisobga olinmasligini aytishdi. Vaholanki, futbol avvalo, jamoaviy o‘yin sanaladi. Agar individual sovrinlar yutishni xohlaganimda, futbol emas, tennisni tanlardim. Yakunda rafiqam Syurix safari haqida qayta-qayta so‘radi. Shunda unga bu gal Syurix sayohatini unutishi lozimligini tushuntirdim va tanlovga borish uchun boshqacharoq gol urishga va’da berdim».

O‘yin-kulgi va ichkilikka berilish oqibati

Kevin-Prins bundan 10 yil avval hozirgidek mulohazali emasdi, arzimas sabablar tufayli hammadan ranjib, alamini ichkilikdan olardi. Deylik, «Gerta»dan Angliyaga yo‘l olganida, aynan shunday holat kuzatilgandi: 2007 yili «Tottenxem» Boatengni 5,5 mln. funt evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan, lekin atigi bir oydan so‘ng murabbiy Martin Yol uni «brak»ka chiqargandi. Futbolchi shundan ke-yin beboshlikni boshlab yubordi. «Nazarimda butun dunyo menga qarshi turgandek tuyulardi. Nima, hech kimga keraksiz «matoh»ga aylandimmi? Mayli, unda shunchaki, hayotdan zavq olaman... Albatta, bunday yondashuv xato edi»,-deya eslaydi futbolchi yaqin o‘tmishini. Kevin-Prins shu tariqa tungi klublarning zo‘r mijozi bo‘lib qoldi. Natijada ovqatlanish tartibi izdan chiqib, sifatli taomlar o‘rnini alkogol egalladi. Yana Boatengning xotiralariga e’tibor qaratamiz: «Odamlar bunday vaziyatda baxtni sotib olishga urinishadi. Men ham tungi klublar, kiyim-kechak va mashinalarga ruju qo‘ydim. Futbol o‘ynay olmasamda, qimmatbaho Lanborghini xarid qildim. Eh, o‘sha hafta davomida mendan baxtliroq inson yo‘qdek edi. Keyinroq esa bunday hashamatli avtoga umuman ehtiyojim qolmadi». Sog‘lom turmush tarzini unutgan futbolchi bir yil ichida 95 kilogramm tosh bosadigan baqaloqqa aylanganidan so‘ng bir kuni ko‘zguga boqib, o‘zini taniy olmaydi: «Ancha keksayib qolgandek edim, vaholanki, endi 20 yoshni qarshilagandim. Shu paytga qadar qanday hayot kechirayotganim haqida umuman o‘ylab ko‘rmagandim. Daryodek oqib kelayotgan pulni behuda safrlardim. Deylik, soxta ulfatlarga sovurardim. Ular orasida chin do‘stim yo‘q edi. Aks holda, kimdir meni to‘g‘ri yo‘lga undardi - «Hoy, to‘xta, o‘zi nima qilyapsan? Yig‘ishtir, bu ishing yaramaydi». Biroq «do‘stlarim» meni faqat ulfatchilikka chorlashardi». Xullas, hayotini barbod qilayotganini tushungan Kevin-Prins hammasiga chek qo‘yish harakatini kechiktirmadi. Ya’ni ikki nafar chinakam do‘sti yordamida uyini qimmatbaho «chiqindi»lardan tozalaydi, muzlatkichdagi spirtli ichimliklarni chiqindiga tashlaydi: «Ko‘ngilxushlik bazmlariga borishni to‘xtatdim, umuman ichmay qo‘ydim, ovqatni o‘zim tayyorlashga odatlandim. Qat’iy ish tutmaganimda, salbiy illatlar iskanjasida qolib ketardim».

Har kuni 15 litr suv ichish

Kevin-Prins «Tottenxem»dagi 2 yil ichida bor-yo‘g‘i 14 marta maydonga tushdi. Unda o‘ziga ishonch va futbolga muhabbatni Yurgen Klopp qayta uyg‘otdi. To‘g‘ri, futbolchi Dortmundda atigi yarim yil to‘p surdi. Zero, londonliklar 6 oylik ijara kelishuvi tugagach, futbolchi uchun 4,5 mln. funt so‘rashdi. Bu summa esa «Borussiya»ga ko‘plik qildi. Umuman, Boateng yashil maydonga qaytish ilinjida 12 kg. vazn tashladi - haddan ortiq ko‘p suv ichish asnosida: «Ha, kuniga 15 litrdan suv ichardim. Lekin shifokor buning salomatlik uchun xavfli ekanligini aytgach, me’yorni avval 12, keyin 10 litrga tushirdim. «Shalke» diyetologi hattoki, 6 litr ham ko‘plik qilishini aytgandi. Biroq ko‘p suv ichishga odatlanib qolgandim. Axir bu har kuni 2-3 litr kola ichishdan foydaliroq edi».

Germaniya termasini orzu qilib, Gana uchun o‘ynash

Boateng jismoniy holati hamda sport formasini tartibga keltirishi natijasida JCH-2010da qatnashdi. To‘g‘ri, u bolaligidan orzu qilgan Germaniya milliy jamoasi emas, balki Gana termasi safida maydonga tushdi. Vaholanki, Kevin-Prins o‘smirlar toifasida aynan nemislar sharafini himoya qilgan va afrikaliklar taklifini rad etgancha hattoki, JCH-2006da o‘ynash imkoniyatidan voz kechgandi. «Ha, ota avlodim Ganadan, lekin o‘zimni doimo chin nemis, deb hisoblaganman. Axir Berlinda ulg‘ayib, Germaniya pasportini oldim. Ochig‘i, ukam Jerom bilan yonma-yon to‘p surishdan umidvor edim. Biroq hayotda bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘ydimki, Germaniya futbol ittifoqi buni kechirmadi. Oqibatda Gana termasi taklifini qabul qilishimdan o‘zga chora qolmadi. Oshkora aytaman - bu qarorim qalbim emas, aqlim amri».

JCH-2010 arafasida Ballakni safdan chiqarish

Eslasangiz, Boateng Afrika mundiali startiga oz vaqt qolganida, Mixael Ballakka jiddiy shikast yetkazgandi. To‘qnashuv «Chelsi» va «Portsmut» klublari o‘rtasida kechgan Angliya kubogi finali (1:0)da yuz beradi. Yakunda uni raqibga qasddan qo‘pollik ishlatganlikda ayblashadi. Go‘yoki, Kevin-Prins Germaniyaga nisbatan alamini Ballakdan olgan emish. Tabiiyki, futbolchining o‘zi bu ayblovni inkor etadi: «O‘yin payti Ballak yuzimga tarsaki tushirdi, hakam esa buni ko‘rmadi. Qo‘pollikka javob qaytarishni xayolimga ham keltirgan emasdim, shunchaki, to‘pga yetolmay, oldinga tashlandim. Futbolda bunday voqealar uchrab turadi. Keyin Ballakka yaqinlashib, uzr so‘radim. Aslida o‘sha voqeani eslash kulguli. Ha, shu-shu bezori maqomini olganman. Lekin chapanalik davrim ortda qoldi - rafiqam, o‘g‘lim bor. Umuman, Ballakning jarohati sabab, meni ayblashlari o‘rinsiz».

Boateng JCH-2010 turnirida Afrika qit’asi yorqin vakillaridan biri sifatida «Devid Blekxem» taxallusini oldi. Ganalik futbolchi keyin Nelson Mandeladek tarix afsonasi bilan tanishish baxtiga musharraf bo‘ldi: «Bu insonning buyukligi shundaki, u o‘z huquqini himoya qilish maqsadida 27 yil qamoqda o‘tirdi. Shundan keyin yorug‘ dunyodan nafratlanishga haqli edi. Lekin u aksincha yo‘l tutib, xushmuomalaligi bilan atrofdagilarga xotirjamlik baxsh etdi. Mendela qabuliga kirganimda, u qo‘limni qisib, qizi men bilan turmush qurmoqchi ekanligini aytdi. Shunda ma’shuqam borligini eslatib, uzr so‘radim. Prezident bunga javoban shunday dedi: «Menda ham bor, yana-da chiroyliroqlari bor!»

«Milan»ni ozgina aldash

Boateng Afrika mundialidan ke-yin «Milan» safiga qo‘shildi. Lekin kelishuv jarayonida ozgina yolg‘on ishlatishiga to‘g‘ri keladi. O‘sha vaqt Kevin-Prins ta’tilda edi. Kechki payt agenti qo‘ng‘iroq qilib, «Milan»dan taklif borligini aytadi. Futbolchi bunga e’tibor bermay, bazmga yo‘l oladi. Ertalab telefon yana jiringlaydi: «Yo‘lga otlan, Milanda ko‘rishamiz. Mashq qildingmi, ishqilib?» Tabiiyki, Kevin-Prins tasdiq javobini beradi: «Ha, ajoyib sport formasidaman». Vaholanki, bu vaqtda miriqib dam olayotgandi. Qarangki, ko‘rik a’lo darajada o‘tdi. Boateng shu tariqa Klarens Zeedorf, Andrea Pirlo, Janluka Ambrozoni, Jennaro Gattuzo, Ronaldinyo, Zlatan Ibragimovich va Tyago Silva kabi mashhurlar yonidan joy oldi.

BMT orqali irqchilikka qarshi kurashish

Qahramonimiz Italiyadan faqat ijobiy taassurotlar bilan qaytmadi. 2013 yili yanvarda bo‘lib o‘tgan «Pro Patriya»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida muxlislar Boatengni irqchilikka xos baqir-chaqirlar bilan qarshi olishdi. Shu sabab, futbolchi ixtiyoriy ravishda maydonni tark etdi. Ertasiga «Prins va jarlik» nomli maqola berildi: «Kiyinish xonasiga yo‘l olib, to‘g‘ri ish qilmadim. Aslida hakamga murojaat etsam bo‘lardi...». Futbolchining bunday munosabati e’tibordan chetda qolmadi: oradan 2 oy o‘tgach, uni BMTning Jenevadagi ofisiga taklif etishdi. Boateng zimmasiga irqchilik muammolariga bag‘ishlangan anjumanda nutq so‘zlash vazifasi yuklandi. Futbolchi xalqaro arenada chiqish qilish uchun naq 5 kun tayyorgarlik ko‘rdi: «Ochig‘i, minbarga ko‘tarilish arafasida oyoqlarim qaltirab, badanimni ter bosdi. Kamida 60ta kamera menga qaratilgandi. Hech qachon bunday holatga tushgan emasdim. Keyin asta-sekin o‘zimni qo‘lga oldim. Gulduros qarsaklardan bildim-ki, nutqim yomon chiqmagan». Hujumchi o‘z chiqishida irqchilikni bezgak xastaligiga qiyoslagan, uni batamom yo‘qotish uchun «odatiy dori-darmonlar» kor qilmasligini ta’kidlagandi.

Yoshlarni himoya qilish

Boateng ayni payt 30 yoshda va yoshlarga maslahat berishdan charchamaydi: «Yosh yigitlarga yaqindan yordam berish lozim. Ularni qurshab olgan agentlar avvalo, mablag‘ xususida o‘ylaydilar. Ma’lumki, futbolchilar maktab saboqlariga yetarli e’tibor qaratishmaydi. Shu sabab, matematika va boshqa fanlardan oqsashlari tabiiy. Axir 18 yoshli yigitchaga 5 mln. yevroga teng yillik maosh taklif qilishyapti. Qarabsizki, u badavlat, xohlasa-xohlamasa, halokatga eltuvchi fikr qurboniga aylanishi hech gap emas. Afsuski, na ota-onalar va na murabbiylar ularni to‘g‘ri yo‘lga sola olishyapti. Bu - keng tarqalgan illat. Endi unga chek qo‘yish uchun astoydil ter to‘kishimiz kerak».

Fakt. Ota-onasi ajrashgan payt Kevin-Prins atigi 1 yoshda bo‘lgan. Shundan so‘ng  u akasi - Jorj qaramog‘ida qolgan. Aytgancha, to‘ng‘ich Boateng ham hayotda o‘z yo‘lini topdi - VTNG reperi sifatida tanildi. Aytgancha, Jorj, Jerom va Kevin-Prins Kafigtiger klipida birga suratga tushishgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 25.03.2017. O'qildi: 8648 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик