Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«O‘zga sayyorlik» Kilian Mbappe

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

YECHLning bu yilgi bahslarini kuzata turib, «Monako» safidagi qoratanli notanish yigitchaning harakatlaridan hayratga tushganlar ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, «Manchester Siti»ga qarshi kechgan har ikki o‘yinda tinib-tinchimas yigitcha «shaharliklar» darvozasini ishg‘ol qilib, oxir-oqibat jamoasining chorak finalga yo‘l olishida asosiy rollardan birini bajardi. Bu kabi faollik, tabiiyki, OAV vakillarini Kilian Mbappe haqida alohida maqola tayyorlashga undadi.

Ochig‘ini aytganda, Mbappening iqtidori - Fransiya uchun yangilik emas. Chunonchi, 2012 yiliyoq 14 yoshli bolakayning uyiga kimsan Zayniddin Zidanning shaxsan o‘zi tashrif buyurib, uni Madridga olib ketishga harakat qilib ko‘rgan. Ammo o‘shanda Kilianning otasi Zidanga rad javobini bergandi. Shu tariqa, Mbappe «Real»ga emas, «Monako»ga yo‘l oldi. Ehtimol, tez orada madridliklar yana Kilianni bezovta qilishar, ammo shunisi aniqki, bu gal o‘rtaga katta pul tikiladi.

Kilianning otasi Vilfrid - alohida tarix bo‘lib, asli Kamerun fuqarosi hisoblanadi. U murabbiylik bilan shug‘ullanish asnosida o‘z yurtida orzulari ushalmasligini his qilgach, Fransiyaga ko‘chib kelib, ishini shu yerda davom ettiradi. E’tiborlisi, Vilfridning eng yaxshi shogirdlari uning uyida tarbiya topishdi. Jumladan, oilaning asrandi o‘g‘li Kembo-Ekoko bir necha yil Fransiya yoshlar terma jamoasida to‘p surgach, olti mavsum «Renn» klubi sharafini himoya qildi. Keyin esa arab o‘lkalarida o‘ynadi.

Biroq Kilian Mbappe iqtidor borasida tutingan akasidan ko‘ra ustunroq bo‘lib chiqdi. Jumladan, u o‘tgan yili yozda tashkil etilgan Yevro-(U-19)da o‘zini ko‘rsatib, muxlisu mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Fransiya terma jamoasi yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, Mbappe esa kutilganidek, MVP safidan o‘rin oldi.

Iyul oyidan mamlakat Mbappeni Liga 1 bahslarida kuzata boshladi. Yigitcha esa o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan tezda omma mehrini qozondi.

Kuchli tomonlari

Havas qilarli tezlikka ega bo‘lgan Mbappe to‘p bilan yengil muomala qilib, uni o‘ziga osongina bo‘ysundiradi. Bu esa tabiiyki, futbolchini qanotlarda juda xavfli raqibga aylantiradi. Shuningdek, Kilianning boshlang‘ich tezligi ham ajoyib: kutilmaganda har qaysi himoyachini ortda qoldirishi mumkin.

Yuqorida aytilganidek, Mbappe to‘p bilan o‘ta ehtiyotkor muomalada bo‘ladi. Eng muhimi, koptokni katta tezlik bilan ketayotgan paytida ham yaxshi nazorat qiladi. Kilian, shuningdek, ancha dadil futbolchi, taniqli himoyachilardan zarracha hayiqmaydi. To‘g‘ri, o‘ziga ortiqcha ishonishi ba’zi hollarda yigitchani uyaltirib qo‘yishi ayni haqiqat. Hechqisi yo‘q, vaqtlar o‘tgani sayin bu kamchilikni yo‘qotishning imkoni bor.

Mbappening ijrochilik qobiliyati ham chakki emas. Xususan, uning 74 foiz zarbalari darvozaga to‘g‘ri boradi. 30,4 foiz holatlarda esa bu urinishlar gol bilan yakunlanadi. Shubhasiz, ushbu raqamlar yigitchada o‘tkir hujumchiga xos alohida iqtidor borligini ko‘rsatadi. Kilianning endigina 18 yoshga to‘lganini inobatga olsak, hali uning ochilmagan qirralari ko‘pligi shubhasiz.

Kuchsiz tomonlari

Dribling. Boshqacha aytganda, Mbappe to‘p bilan qo‘rqmay muomala qiladi-yu, ammo ko‘pincha o‘ziga haddan ortiq ishonib yuborishi tufayli tez-tez xatoga yo‘l qo‘yadi. Shu bois, Kilian har uchinchi urinishdagina raqiblarini aldab o‘tishni uddalaydi. 34,4 foiz - yosh fransuzning dribling ko‘rsatkichlari.

Aytgancha, Mbappe hozircha jismoniy quvvati bilan ham maqtanolmaydi. Biroq yoddan chiqarmaslik kerakki, 18 yasharli vinger uchun bu oddiy holat sanaladi. Undan to‘pni tez-tez olib qo‘yishlarining sababi shunda. Yigitchaning havodagi kurashlar chog‘idagi ustunligi 10 foiz ekaniga ham hozircha ajablanmaslik lozim.

Mbappega xos kamchiliklardan yana biri - beqarorlik. Zero yigitcha qaysidir o‘yinlarda porlasa, ba’zilarida umuman ko‘zga tashlanmaydi.

O‘yin uslubi

Mbappe - tezkor va dadil vinger bo‘lib, obro‘li raqiblarni aslo pisand qilmaydi. Shuningdek, har ikki qanotda, hujumchi ortida birdek samarali o‘ynashga qodir. Qanotlar bo‘ylab oldinga tashlanib, markazga yorib kirishni xush ko‘radi. Imkon tug‘ildi deguncha, darvozani nishonga oladi. Fransiyada Kilianni Tyerri Anriga qiyoslashadi. Ammo bizningcha, uning o‘yinlari ko‘proq Antoni Martialnikiga o‘xshab ketadi. Nima bo‘lganda ham, Mbappening hozirgacha erishgan yutuqlari har ikki vatandoshinikidan ko‘ra qadrliroq: Anri 18 yoshida 22ta o‘yin o‘tkazib, 3tagina gol urgan bo‘lsa, Martial uch yil avval 15 o‘yinda bor-yo‘g‘i ikkita to‘p kiritgandi. 18 yoshli Mbappe esa mavsum boshidan beri raqiblar darvozasini 12 marta aniq nishonga olishga ulgurdi. Xulosa o‘zingizdan...

Fikrlar

Taniqli fransuz tahlilchisi Jyulyen Loren Mbappe ishtirokidagi yorqin o‘yinlarning biridan keyin hozirgi Kilianning 18 yoshli Anridan kuchli ekanini ta’kidladi. Shunga o‘xshash fikrni avvalroq Arsen Venger ham bildirgandi.

Fransuz 14 yoshida «Real»ga o‘tishdan voz kechdi. Vaholanki, u aynan «Qirollik klubi» muxlisi sanaladi. 17 yoshida esa jamoadoshlari oldida «Monako» yulduzi bo‘lishga qasam ichdi. Kilian uchun dunyoda futboldan ko‘ra sevimliroq mashg‘ulotning o‘zi yo‘q, hisobi: u kuniga besh-oltita o‘yinni tomosha qilib, tajriba oshiradi.

Aksariyat hollarda so‘nggi qarorni Kilianning otasi qabul qiladi. Xususan, «Manchester Siti» tomonidan Mbappe uchun «Monako»ga taklif qilingan 40 million funt aynan Vilfrid sababli rad etildi. Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalida esa bu yigitcha «shaharliklar»ni rosa ter to‘kishga majbur qildi. Xullas, Mbappening narxi o‘yindan-o‘yinga oshmoqda va kuzda uni biror-bir top-klub safida ko‘rib qolsak, aslo ajablanmaymiz.

Yutuqlari

* «Monako» klubi tarixidagi eng yosh gol muallifi;

* YECHL tarixida Benzemadan ke-yin eng yosh ikkinchi gol muallifi (fransuz futbolchilari o‘rtasida);

* Yevro-2016 (U-19) musobaqasining eng yaxshi yarim himoyachisi;

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:50, 26.03.2017. O'qildi: 15247 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик