Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga. "Paxtakor" - "Navbahor" (prevyu)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Oliy liganing 8-turida "Navbahor" safarda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi mehmoni bo‘ladi.

"Lochinlar" o‘tgan turda G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi ustidan g‘alaba qozongach navbatdagi bellashuvga ko‘tarinki kayfiyatda tayyorgarlik olib bormoqda. "Paxtakor" esa 7- turda "Lokomotiv"ga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda poytaxtliklarning ishlari biroz ortga ketgandek. Bu turda o‘z muxlislarini xursand etishni niyat qilganliklari aniq. Shu boisdan "sherlar" bilan to‘qnashuv tomoshabinlarni zeriktirmasligi turgan gap.

Jamoalarning o‘zaro bellashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, «Paxtakor»da ustunlik katta ekanligiga guvox bo‘lish mumkin. "Paxtakor" va "Navbahor" umumiy hisobda O‘zbekiston chempionatida 50 marotaba o‘zaro kuch sinashishgan. 33 bahs «Paxtakor» g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lsa, 11 o‘yinda «Navbaxor»ning qo‘li baland kelgan, 6 qarama-qarshilikda durang kuzatilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatgich 90-37, raqib foydasiga. Jamoamiz oxirgi marotaba Toshkentdan 1997 yilda ochko olib qaytgan. O‘shanda "navbahorchilar" mehmonda 2:2 hisobi qayt etishgan. Jamoamiz "Paxtakor" maydonidan o‘z tarixida bir marotaba uch ochko olib qaytgan. Bu xolat 1995- yilda kuzatilgan.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlab, ayrim qiziqarli raqamlarga guvoh bo‘lish mumkin. Masalan Aleksandr Geynrix qarama-qarshiliklardagi to‘purar nomiga ega bo‘lib turibdi. «Paxtakor» sharafini himoya qilgan Geynrix «Navbahor» darvozasini sakkiz bor nishonga olgan. Yana bir sobiq «paxtakor»chi Zayniddin Tojiyev hisobida beshta gol bor. «Navbahor» safida maydonga tushgan Oleg Shaskix, Leonid Koshelev va Shuhrat Mirxoldirshoyevlar to‘rt martadan poytaxtliklar darvozasini nishonga olishgan. E’tiborli jihati Koshelev har ikki jamoada ham gol urishga erishgan. Ya’ni «Navbahor»dan ketgan Leonid «Paxtakor» safida uch bor muvaffaqiyat qozongan. Shuningdek, Vladimir Baranov hamda Vadim Kotelnikovlar ham har ikki jamoa tarkibida muvaffaqiyat qozonishgan.

«Paxtakor» jamoasining shu kunga qadar «Navbahor» darvozasiga kiritgan 90 ta golining o‘ntasini penaltidan urilganligini e’tirof etish o‘rinli. Yana uchta golga esa jamoamiz tarkibida harakat qilgan Shavkat Raimqulov, Doniyor Usmonov, Igor Golbanlar mualliflik qilishgan. Ya’ni ushbu himoyachilar o‘z darvozalariga to‘p kiritib qo‘yishgan.

2009 yilgi chempionatning ikkinchi davrasidan o‘rin olgan uchrashuvda Aleksandr Geynrix qarama-qarshiliklardagi yagona «xet-trik» muallifiga aylangandi. Uchrashuvda qayd etilgan 7:0 hisobi o‘zaro hisob-kitobdagi eng yirik natija bo‘lib tarixga kirgan. O‘yinlar davomida sakkizta «dubl» kuzatilganligini ham qo‘shimcha qilish lozim. «Dubl»larning ikkitasiga «Navbahor» tarkibida harakat qilgan Shuhrat Mirxoldirshoyev va Aleksandr Shadrinlar mualliflik qilishgan.
«Paxtakor» o‘zaro o‘yinlarning to‘qqiztasida yirik hisobdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritgan. Yirik natijalar 2000 yildan keyin kuzatilganligini ham qo‘shimcha qilish mumkin. Hozircha jamoamiz hisobida ana shunday yirik g‘alabalar mavjud emas.
O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazila boshlagan dastlabki yillarda raqiblarning o‘zaro o‘yinlarida nisbatan tenglik kuzatilgandi. Ammo, keyinchalik «Paxtakor»ni kuchli tarkibga ega bo‘lishi va deyarli har bir mavsum uchrashuvlarida faqat g‘alabani tantana qilishi o‘rtadagi farqni katta bo‘lishiga olib kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni soat 18.00 da boshlanadigan «Paxtakor» - «Navbaxor» uchrashuvini Z. Qodirov (Navoiy) boshqaradi.O. Jumayev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy) yon hakam vazifasini bajarishsa, K. Rasulov (Qarshi)zaxira referisi sifatida qayd etilgan. X. Muxtarov (Samarqand) bellashuvni nazorat qilib boradi.

1992 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:0
Gol: N.Hasanov (60).

1993 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:2
Gollar: R.Galiyev (10), SH.Maqsudov (31), V.Kechinov (70-pen.) – V.Keldiyev (12), Q.Abduqodirov (27).

1994 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:1
Gollar: A.Rahimov (63) – S.Arslonov (30).

1995 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:2
Gollar: A.Ma’rufaliyev (17) – O.SHaskix (31), Z.Musaboyev (87).

1996 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:1
Gollar: R.Bozorov (13,76), S.Xodiyev (81) – F.Magometov (82).

1997 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:2
Gollar: A.Abduraimov (29-pen.), S.Morgulis (72) – O.SHaskix (01), Q.Abduqodirov (27).

1998 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: I.SHkvirin (4-pen.,62).

1999 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:1
Gollar: A.Xvostunov (23), I.SHkvirin (42-pen.), A.Abduraimov (78) – L.Koshelev (43).

2000 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: I.SHkvirin (13), V.Baranov (21) – L.Koshelev (19).

2001 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: V.Lyutiy (31), L.Koshelev (72) – V.Kotelnikov (67).

2002 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 5:1
Gollar: N.Quttiboyev (6), L.Koshelev (10), V.Kiryan (59), G.Gochkuliyev (71), V.Kotelnikov (75) – SH.Mirxoldirshoyev (65).

2003 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:0
Gol: M.Bikmayev (75).

2004 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gollar: L.Koshelev (12), Z.Tojiyev (45+1,69).

2005 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: A.Geynrix (61), L.Koshelev (84).

2006 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gollar: Z.Tojiyev (45), S.Jeparov (45+1-pen.), A.Soliyev (48).

2007 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: S.Jeparov (3), A.Soliyev (5).

2008 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gollar: A.Geynrix (64-pen.), S.Abdullayev (82), O.Ahmedov (90+2).

2009 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 7:0
Gollar: A.Geynrix (4,42,48), O.Ahmedov (24,62), G‘.O‘runov (66), F.Tojiyev (75-pen.).

2010 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:1
Gollar: D.Usmonov (45-avtogol), A.Geynrix (48,60) - A.Abdullayev (74).

2011 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: T.Abduxoliqov (28), D.Savich (35) – O.Valijonov (31).

2012 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: V.Kozak (14), K.Maxaradze (77-pen.) – I.Boydedayev (90).

2013 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: I.Sergeev (20), J.Oganesyan (37).

2014 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: I.Sergeev (5), B.Miladinovich (90+4-pen.) – B.YOqubov (10).

2015 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:0
Gol: S. Andreev (83)

2016 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gol: Igor Sergeev (36), Igor Golban (59)av, Igor Sergeev (62)

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:54, 26.04.2017. O'qildi: 2814 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик