Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Yuventus 20 39
4 Napoli 19 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 19 21
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 19 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu, Messi va boshqa superforvardlar 18 yoshli paytlarida qanday edi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hozir butun futbol olami Kilian Mbappe haqida gapirmoqda. Axir «Monako»ning 18 yoshli yigitchasi Fransiya chempionati chegaralaridan oshib, Chempionlar Ligasini ham «istilo» qila boshladi. Endi savol: jahon futbolining so‘nggi yillardagi 6 nafar buyuk hujumchisi 18 yoshda qanday karomat ko‘rsatgan? Demak, Bombardir.ru sayti ma’lumotlari asosida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Neymar, Zlatan Ibragimovich, Tyerri Anri va Ronaldoning yoshligiga nazar solamiz.

Neymar

Braziliyalik vunderkind Mbappe yoshiga teng bo‘lgan payti o‘z vatanida chin yulduz darajasiga chiqqandi. Aniqrog‘i, 21 yoshida «Barselona» safiga qo‘shilguniga qadar 5 yil davomida «Santos» raqiblari ko‘ngliga g‘ulg‘ula solishdan charchamadi. Bu oraliqda jami 136 goldan xirmon yasagani barchasini ko‘rsatib turibdi. Misol uchun, Neymar 2010 yili 18 yoshini qarshilagan va o‘sha mavsum naq 42ta gol urishdan tashqari, Janubiy Amerikaning eng yaxshi 3 nafar futbolchisi qatoriga kirgan. Aniqrog‘i, Veron va D~Alessandro bilan bir safga joylashgandi.

Aytgancha, «Santos» ayni o‘sha damda «Chelsi» va «Vest Xem» klublarining braziliyalik iste’dod transferi yuzasidan yuborgan takliflarini rad etgan. Ha, klub vakillari adashmagan ekanlar. Mana, Neymar 4-mavsumki, «Barselona»da javlon urmoqda. To‘g‘ri, haligacha barqarorlik masalasida eng yuqori nuqtaga ko‘tarilgani yo‘q. Ya’ni Kataloniyadagi ikkinchi va uchinchi mavsumini a’lo darajada o‘tkazgan bo‘lsa, birinchisida bo‘lgani kabi hozirgisida ham ba’zan omadsizlikka yuz tutmoqda. Ikkinchi tomondan, braziliyalik superforvard milliy jamoa safida doimo zo‘r o‘ynagan va o‘ynamoqda. Endi 25 yoshini qarshilagan Neymarning Braziliya termasida 52ta gol urishga ulgurganini hisobga olsak, u hali milliy jamoa tarixidagi eng sara afsonalar ro‘yxatiga kirsa, ajabmas.

Zlatan Ibragimovich

Bo‘ydor hujumchi katta futboldagi katta karomatlarini nisbatan kech ko‘rsatishga tushdi. Harqalay, bir-biridan ajib gollari ham, mahsuldorligi ham asosan yaqin o‘tmishi va hozirgi davriga to‘g‘ri keladi. Xullas, shved futbolining tirik afsonasi 18 yoshli payti endi-endi «Malme» uchun gol urishni o‘zlashtira boshlagandi. Xususan, «Ayaks»ga transferi ham yana 2 yildan keyin amalga oshgan. Aytgancha, Arsen Vengerning  vaqtida Ibragimovichni o‘z jamoasi safida ko‘rishni xohlagani va hattoki, unga «Arsenal»ning 9-raqamli futbolkasini ajratib qo‘ygani haqidagi tarix ko‘pchilikka ma’lum. Fransuz mutaxassisi shved yigitini sinovga chaqirgan, ammo u o‘shandayoq mag‘rurligini ko‘rsatib, bundan bosh tortgan.

Ibraning o‘zi keyinchalik voqeani quyidagicha eslagandi: «Venger mashg‘ulotga taklif qildi va avvalo, qanday futbolchi ekanligimni amalda ko‘rmoqchiligini bildirdi. Uning gaplaridan «shok» holatiga tushib qolgandim. Keyin darhol qaror chiqardim - yo‘q, bunaqasi ketmaydi, ko‘rik uchun boradigan bo‘lsam, shu yerda qolganim ma’qul. Bu to‘g‘ri tanlov edi». Ha, g‘ururi bo‘yidan ham baland Ibraning faoliyati davomida juda ko‘p marta jamoa almashtirgani ayni haqiqat.

Shuning barobarida yetarlidan ortiq darajada turli-tuman sovrinlar yutgani ham rost. Ammo «Arsenal» aynan 2004 yildan keyingi davrda bu borada sira maqtanolmaydi. Demakki, Zlatan jamoa tanlashda adashmagan. Darvoqe, u joriy mavsumdagina APLda ko‘rinish berdi va hozir 34 yoshda bo‘lishiga qaramay, asosiy vazifasi - gol urishni uddalayapti.

Tyerri Anri

Mbappeni fransiyalik ayni shu superforvardga qiyoslamoqdalar. Anri 18 yoshida endigina ko‘zga tashlana boshlagandi. To‘g‘ri, bunda o‘sha vaqt kommunikasiya va ijtimoiy tarmoqlarning hozirgidek keng taraqqiy etmagani ta’siri ham bor, albatta. Chunonchi, Anri avvaliga Arsen Venger qo‘l ostida «Monako»ning qanot futbolchisi sifatida to‘p surgan va shuning uchun bo‘lsa kerak, uncha ko‘p gol urmagan.

Lekin 18 yoshida klubining mamlakat chempionatida zafar quchishiga salmoqli hissa qo‘shib, buning samarasi o‘laroq, Fransiyaning eng yosh futbolchisi maqomini olgan. Anri yana ikki yildan so‘ng jahon chempioni ham bo‘ldi, xuddi «Monako»dagi sherigi - David Trezege kabi. Shundan so‘ng esa «Arsenal» va «Barselona»da shuhratga ko‘mildi. Ha, betakror faoliyat, ammo Anri ham 18 yoshligida Yevropada Mbappechalik shov-shuv ko‘targan emasdi.

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:39, 28.04.2017. O'qildi: 14959 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.