Bugun 13 mart, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 12.03.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • 3:0
      • Sporting
      • 12.03.2026 01:00
      • PSJ
      • 5:2
      • Chelsi
      • 12.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 3:0
      • Manchester Siti
  • Superliga
      • 12.03.2026 19:30
      • OKMK
      • 2:2
      • So‘g‘diyona
      • 12.03.2026 20:00
      • Dinamo
      • 1:1
      • Nasaf
  • «A» Seriya
      • 14.03.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Parma
      • 14.03.2026 19:00
      • Inter
      • -:-
      • Atalanta
      • 14.03.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Lechche
  • La-liga
      • 14.03.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.03.2026 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 14.03.2026 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Xetafe
      • 14.03.2026 22:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Valensiya
  • APL
      • 14.03.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Brayton
      • 14.03.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Bornmut
      • 14.03.2026 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Nyukasl
      • 14.03.2026 22:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Everton
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Lokomotiv 3 7
3 Nasaf 3 7
4 Buxoro 3 7
5 Navbahor 3 6
6 Paxtakor 3 6
7 Qizilqum 3 6
8 Dinamo 3 4
9 Bunyodkor 3 4
10 Xorazm 3 4
11 Andijon 3 3
12 OKMK 3 1
13 Qo‘qon-1912 3 1
14 Surxon 3 1
15 So‘g‘diyona 3 1
16 Mash’al 3 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Neftchi 3-0 Andijon
3-тур Mash’al 0-2 Qizilqum
3-тур Paxtakor 0-2 Navbahor
3-тур Surxon 0-0 Bunyodkor
3-тур Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
3-тур Buxoro 1-1 Xorazm
3-тур OKMK 2-2 So‘g‘diyona
3-тур Dinamo 1-1 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

18/03/26 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03/26 Xorazm - Bunyodkor
18/03/26 Qizilqum - OKMK
19/03/26 Andijon - Mash’al
19/03/26 Buxoro - Dinamo
20/03/26 Neftchi - Lokomotiv
20/03/26 Nasaf - Surxon
20/03/26 So‘g‘diyona - Paxtakor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasi vakillari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Rasmiy tadbirlar / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida "Futbol do‘stlik uchun" loyihasi ishchi guruhi vakillari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

FIFA va futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan beshinchi mavsumi start olganini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

4 may kuni “Futbol do‘stlik uchun” tashkiliy qo‘mitasining ishchi guruhi Toshkentga tashrif buyurdi. Bugun esa, “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida loyiha vakillari va loyiha ishchi guruhi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda loyiha vakillari, ishchi guruh, jumladan loyiha bosh direktori Amina Konurbayeva, loyiha matbut markazi rahbari Anastasiya Lyalkina, O‘FF texnik direktori Shavkat Imomov va bo‘lajak loyihada ishtirok etadigan yosh darvozabon Ilyos Ahmedov qatnashdi.

Loyiha ishchi guruhi rahbari va O‘FF texnik direktori Shavkat Imomov O‘zbekiston ham endilikda ushbu loyiha ishtirokchisiga aylangani katta yutuq ekanini ta’kidladi: “Bizning ushbu loyiha ishtirokchisiga aylanganimiz katta yutuq. Ushbu loyihada bizdan darvozabon ishtirok etishi qur’aga ko‘ra ma’lum bo‘lgach, biz butun O‘zbekistondan ushbu ampluada eng yaxshilarini aniqladik. Maxsus ishchi guruhi tuzildi va barcha mintaqalardan eng yaxshilarni aniqlash uchun o‘ziga xos kichik imtihon o‘tkazdik. Ekspertlar barcha mintaqalardan eng yaxshi darvozabonlarni aniqlashdi va ulardan yetti nafarini final bosqichi uchun Toshkentga taklif qildik. Yakuniy bosqichda maxsus ishchi guruhi yosh darvozabonlarni ingliz tilidan bilimlarini sinab ko‘rdi. Shuningdek, maxsus matbuot anjumani o‘tkazildi va u ingliz tilida olib borildi. Yakunda, barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Lokomotiv futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Ilyos Ahmedov g‘olib deb topildi va aynan u loyihada O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi”.

“Futbol do‘stlik uchun loyihasi” Markaziy Osiyo hamda Kavkazbo‘yi mamlakatlari bo‘yicha bosh direktori Amina Konurbayeva loyiha haqida o‘z fikrini bildirdi va bu loyiha bolalar futbolini rivojlantirish uchun katta qadam ekanini aytdi: “Ushbu loyihaga befarq emasligingizdan xursandmiz. O‘zbekiston ham endilikda, mazkur loyiha ishtirokchisi va a’zosi. O‘zbekiston ushbu loyihada ilk bor qatnashadi. Buni anchadan beri rejalashtirayotgan edik. Umuman olganda, O‘zbekistonda bolalar futboliga berilayotgan e’tibor yuqori darajada ekanligidan xursandman. Tanlovda juda ko‘p iste’dodlar ishtirok etdi va bu mamlakatda bolalar futboliga e’tibor juda yuqori ekanligiga isbotdir. Avvalroq, loyihaga global qur’a tashlandi va unda O‘zbekistondan darvozabon ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu loyiha orqali do‘stlik, faxr, teng huquqlilik va baxt kabi fazilatlarni dunyoga yoishni reja qilganmiz. Loyihada 64ta davlatdan 8ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekistonlik futbolchi “Yashil do‘stlik” jamoasida AQSH, Finlyandiya, Serbiya, Yaponiya va Norvegiyadan tashrif buyurgan futbolchilar bilan bir jamoada ishtirok etadi. Ta’kidlash joiz, futbolchilar ushbu loyiha orqali bir qator boshqa mamlakatdan tashrif buyurgan futbolchilar bilan do‘stlashish, fikr almashish, shuningdek, dunyoga mashhur futbol yulduzlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu esa, har qanday yosh futbolchining orzusidir”.

Anastasiya Lyalkina (Loyiha matbuot markazi rahbari): “Avvalo, tashkiliy masalalarda bizga juda katta yordam bergan O‘FFga rahmat. Loyihada birinchi marta ishtirok etayotgani va bu borada biroz tajriba yo‘qligiga qaramay, tashkiliy masalalar yaxshi saviyada ekanligi xursand qilmoqda. Ilyos Ahmedov bilan gaplashdim. U juda shijoatli va quvnoq bola. Umid qilamanki, u O‘zbekiston nomini munosib himoya qiladi”.

Ilyos Ahmedov: “Iloji boricha ko‘proq tajriba orttirishni va boshqa mamlakatdan keladigan futbolchilar bilan do‘stlashishni istayman. Ular bilan futbol o‘ynash va o‘zimni ko‘rsatishni istayman. Bu loyihada ishtirok etish ajoyib bo‘lsa kerak. U yerda munosib o‘ynashni maqsad qilganman”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:22, 05.05.2017. O'qildi: 3219 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
3 Пахтакор Doston Hamdamov 2
4 Пахтакор Piotr Pajishek 2
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
6 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
7 Насаф Sharof Muhitdinov 2
8 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2
9 Нефтчи Jamshid Iskanderov 1
10 Нефтчи Anvarjon G‘ofurov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.