Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.10.2025 00:00
      • Lids
      • 2:1
      • Vest Xem
      • 25.10.2025 19:00
      • Chelsi
      • 1:2
      • Sanderlend
      • 25.10.2025 19:00
      • Nyukasl
      • 2:1
      • Fulhem
      • 25.10.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • 4:2
      • Brayton
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • 3:2
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 25.10.2025 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Sevilya
      • 25.10.2025 17:00
      • Jirona
      • 3:3
      • Real Ovyedo
      • 25.10.2025 19:15
      • Espanyol
      • 1:0
      • Elche
      • 25.10.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Xetafe
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • 0:2
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Selta
      • 27.10.2025 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Alaves
  • Superliga
      • 25.10.2025 16:30
      • Sho‘rtan
      • 0:2
      • Neftchi
      • 25.10.2025 19:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Navbahor
      • 26.10.2025 16:30
      •   OKMK
      • 0:0
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Mash’al
      • 27.10.2025 18:30
      • Surxon
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 25.10.2025 18:00
      • Parma
      • 0:0
      • Komo
      • 25.10.2025 18:00
      • Udineze
      • 3:2
      • Lechche
      • 25.10.2025 21:00
      • Napoli
      • 3:1
      • Inter
      • 25.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • 1:1
      • Atalanta
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • -:-
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Bolonya
      • 27.10.2025 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 26 57
2 Nasaf 25 56
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 26 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Qo‘qon-1912 26 29
11 Andijon 24 28
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 26 24
14 Buxoro 26 24
15 Mash’al 25 23
16 Sho‘rtan 26 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo
26-тур Sho‘rtan 0-2 Neftchi
26-тур Qo‘qon-1912 2-0 Navbahor
26-тур OKMK - Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

26/10/25 OKMK - Nasaf
26/10/25 Bunyodkor - Mash’al
27/10/25 Surxon - Andijon

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7488 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2766 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston delegasiyasi 21 ta medal bilan kuchli uchlikka ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -
SPORT / Ochiq chempionatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ozarbayjon poytaxtida davom etayotgan IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning 3-kuni delegasiyamiz a’zolari 4 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza jami 13 ta medal qo‘lga kiritishdi. Xabar berib o‘tganimizdek, bir kun avval sportchilarimiz tomonidan 8 ta medal jamg‘arilgandi. Demak, dastlabki 3 kun natijasiga ko‘ra O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari umumiy 21 ta medal bilan Ozarbayjon va Turkiya terma jamoalaridan so‘ng kuchli uchlikka kirib olishdi.

Karatechimiz Sadriddin Saymatovdan so‘ng delegasiyamiz hisobiga ikkinchi oltinni dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -70 kg. vazn toifasida kurash olib borgan Gulnoza Matniyozova keltirdi. Gulnoza hal qiluvchi final jangida turkiyalik Sukran Bakachak ustidan zafar quchib shohsupaning eng yuqorisidan o‘rin egalladi.

Shundan so‘ng badiiy gimnastikachi qizlarimizning benefisi boshlandi. Yakkalik bahslari yakuniga ko‘ra Anastasiya Serdyukova va Sabina Tashkenbayevalar koptok, xalqa, bulava va lenta bo‘yicha o‘tkazilgan finallarning barchasida sovrindorlar orasiga kira olishdi.

Jumladan Serdyukova bulavada bajarilgan mashqlar yakuniga ko‘ra eng yaxshi natijani qayd etdi va delegasiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi. Anastasiya shuningdek xalqa va koptokda bajarilgan mashqlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib ikkita kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Sabina Tashkenbayeva esa bulava va lentada o‘tkazilgan mashqlarda sovrindorlar safidan joy oldi. Hamyurtimiz har ikkala yo‘nalishda bronza medallariga ega chiqdi.

To‘rtinchi va beshinchi oltinni para-dzyudochilarimiz keltirishdi. Vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Shuhrat Boboyev finalga qadar barcha raqiblarini taslim etib, hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili R. Safarovning ham kuragini yerga tekkizdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

100 kilogrammdan yuqori vaznga ega polvonlar bellashuvida esa Shirin Sharipov Bokuda beshinchi marta madhiyamiz yangrashiga sababchi bo‘ldi. U finalda eronlik Musanejotkarm ustidan g‘alaba qozonib, delegasiyamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Yana bir para-dzyudochimiz Feruz Sayidov esa final jangida ozarbayjonlik N. Talibovga imkoniyatni boy berib kumush medal bilan cheklandi. Ammo shunga qaramay Feruz musobaqani yuqori saviyada o‘tkazganligini tan olish lozim. Faqatgina hal qiluvchi bahsda unga biroz omad yetishmadi. Aks holda kechaning o‘zida oltinlarimiz soni 6 taga yetishi turgan gap edi.

Shuningdek, og‘ir atletika bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida 58 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Muattar Nabiyeva, dzyudo bo‘yicha 81 kg. vazn toifasida kurash olib borgan Davlatbek Bobonov va 100 kg ziyod polvonlar bahsida Bekmurod Oltiboyev, karate bo‘yicha 84 kg. vaznli sportchilar bellashuvida Abdulaziz Atabayevlar bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Demak ayni vaqtga qadar quyidagi sportchilarimiz IV “Islom birdamlik o‘yinlarida medallarga sazovor bo‘lishdi:

Sadriddin Saymatov – (karate, -60 kg.) - oltin
Gulnoza Matniyozova – (dyuzdo, -70 kg.) - oltin
Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika) - oltin
Shuhrat Boboyev (para-dzyudo, -90 kg.) - oltin
Shirin Sharipov (para-dzyudo, +100 kg.) - oltin

Badiiy gimnastika (terma jamoa) - kumush
Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika) - kumush (2 ta)
Feruz Sayidov (para-dzyudo, -73 kg.) - kumush
Saidxon Sayfuddinov (o‘q otish) - bronza
Sakina Mamedova (o‘q otish) - bronza
Diyorbek O‘rozboyev (dzyudo, -60 kg.) - bronza
Gulruh Rahimova (para-dzyudo, -70 kg.) - bronza
Dostonbek Otabolayev (karate, 75 kg.) - bronza
Barno Mirzayeva (karate, -61 kg.) - bronza
Abdulaziz Atabayev (karate, -84 kg.) - bronza
Sabina Tashkenbayeva (badiiy gimnastika) - bronza (2 ta)
Muattar Nabiyeva (og‘ir atletika, -58 kg.) - bronza
Davlatbek Bobonov (dzyudo, -81 kg.) - bronza
Bekmurod Oltiboyev (dzyudo, +100 kg.) - bronza

Har kuni musobaqalar tugagach O‘zbekiston delegasiyasi shtabida o‘ziga hos yig‘ilish o‘tkazilib, unda kun davomida muvaffaqiyatga erishgan sportchilarni delegasiyamiz nomidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov qutlamoqda.

Bu ham o‘z navbatida sportchilar kuchiga kuch qo‘shishi, ularni yanada jipslashtirishi, qolaversa boshqa sportchilarimizga ham ma’naviy jihatdan stimul bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Musobaqalar davom etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:07, 15.05.2017. O'qildi: 7126 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Бунёдкор Imeda Ashortia 7
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 7

Suratli so'rovnoma

Bugun «el-klasiko»:

REAL MADRID
178
52.8%
BARSELONA
159
47.2%

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.