Bugun 2 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • 1:2
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Parma
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • 3:1
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 0:1
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • -:-
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 02.05.2026 19:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Mash’al
      • 02.05.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • -:-
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Paxtakor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

02/05/26 Dinamo - Mash’al
02/05/26 Buxoro - So‘g‘diyona
03/05/26 OKMK - Neftchi
03/05/26 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05/26 Surxon - Paxtakor
04/05/26 Xorazm - Andijon
04/05/26 Lokomotiv - Qizilqum
04/05/26 Nasaf - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qashqadaryo derbisi: “Nasaf”- “Mash’al” uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Oliy liga 11-turida "Nasaf" - "Mash’al" o‘yini o‘tkaziladi.

Uchrashuv 18 may payshanba kuni G‘uzor shahridagi “G‘uzor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Derbi maqomiga ega uchrashuv, soat 18:30da start oladi. Bir kun oldin, 17 may kuni yoshlar ligasi doirasidagi uchrashuv esa, Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 18:00da boshlanadi.

O‘zPFL, 11-tur. 18.05.2017 y.
“Nasaf” (Qarshi) – “Mash’al” (Muborak)
G‘uzor sh., “G‘uzor” markaziy stadioni. Soat 18:30da
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent)
Qanot hakamlari: Nabijon Ro‘zimov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent vil.)
Zaxira hakami: Sultonmurod Abdurahmonov (Toshkent)
Nazoratchi: Ibragim Sharipov (Buxoro)
O‘zPFL vakili: Axrol Inoyatov.

Valentin Kovalenko katta tanaffusdan so‘ng yana “Nasaf” ishtirokidagi o‘yinni boshqaradigan bshldi. Ushbu hakam so‘nggi bor, 2015 yili jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvni boshqargan.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi chempionat bahslari 2002 yildan boshlangan. Shu yili jamoamiz har ikkala uchrashuvda ham muborakliklarni bir xil 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Jamoamiz safida “gazchilar” darvozasini birinchi ishg‘ol etgan futbolchi No‘’mon Hasanov hisoblanadi.
“Mash’al” hamda “Nasaf” jamoalarining o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlasak, o‘tkazilgan 28 ta o‘yinning 14 tasida "ajdarlar" zafar quchganligining guvohiga aylanamiz. "Mash’al" vakillari esa 8 bor g‘alaba qozonishgan. Qolgan oltita bahsda tomonlar murosa yo‘lini tanlashgan. E’tiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.
To‘plar nisbati bo‘yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilmoqda: 46-27.
Voha derbisida Zafar Xolmurodov 8 marta gol kiritgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.
Derbida uch marta “xet-trik” kuzatilgan. 2004 yili Muborakda Zafar Xolmurodov, 2007 yili Viktor Klishin raqib darvozabonlarini uch marta xafa qilgan.
Bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlarida eng ko‘p, besh marotaba qayd etilgan hisob - 2:0. Bu jamoalar o‘zaro bahslashganda ikki bor nursiz durang qayd etilgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda muxlislar gollarga guvoh bo‘lishgan.
O‘tgan yilgi mavsumda G‘uzorda o‘tkazilgan ikkinchi davra o‘yinida “Nasaf”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan. Uchrashuvdagi gollarni Bobir Abduxoliqov va Sharof Muhitdinovlar kiritgan.

Qarshidagi uchrashuvlarga oid faktlar

Mazkur jamoalar shu paytgacha Qarshida o‘zaro 14 marta kuch sinashishgan. O‘tgan uchrashuvlarning 12tasida “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan. 2 uchrashuvda “Mash’al” jamoasi g‘alaba qozongan. Qarshida bo‘lgan uchrashuvlarda jamoalar o‘rtasida biron marta durang natija qayd etilmagan. To‘plar nisbati esa 33:10, ustunlik “Nasaf” tomonida.
“Mash’al” jamoasi so‘nggi bor 2008 yilgi Qarshida bo‘lgan uchrashuvda g‘alaba qozongan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida yakun topgan.
Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘rt marta 2:0, to‘rt marta 3:1, ikki marta 3:0 hisoblari ham qayd etilgan.

Raqiblarning bu yilgi chempionatdagi ishtiroki

“Nasaf” bu yilgi chempionatda 9ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularning beshtasida g‘alaba, ikkitasida durang va yana ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. 17 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 4tasi uy uchrashuvlari, 5tasi safardagi uchrashuvlardir. Uydagi uchrashuvlarning barchasida g‘alabaga erishilib, raqiblar darvozasiga 9ta gol urildi va bir uchrashuvda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishdi.
“Mash’al” jamoasi esa 10ta uchrashuv o‘tkazgan. Ularning to‘rttasida g‘alaba, uchtasida durang va yana uch uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Gazchilar turnir jadvalining 7-pog‘onasida borishmoqda. “Mash’al” shu paytgacha safarda 4ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularning bittasida g‘alaba, bittasida durang va ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Safardagi uchrashuvlarda raqiblar darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qilishgan.
Bo‘lajak uchrashuvning ahamiyati shundan iboratki, bu uchrashuvda “Nasaf” g‘alabaga erishsa, turnir jadvalidagi holatini yaxshilab olish imkoniga ega bo‘ladi. Qolaversa, 22 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi-2017 chorak finalining dastlabki uchrashuvi oldidan futbolchilarimizga ruhiy dalda ham bo‘ladi.

Jamoalar to‘purarlari haqida

Futbolchilarimiz bu yilgi chempionatda raqiblari darvozasiga 13ta gol kiritishdi (bir o‘yinda raqibimiz futbolchisi o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan). Hozircha jamoamiz to‘purari Dragan Cheran bo‘lib turibdi. U hozirgacha 6ta gol kiritdi. Afsuski, bu hujumchimiz keyingi 3 uchrashuvda gol ura olgani yo‘q. Yana bir fakt, futbolchilarimiz bu yilgi mavsumning faqat bir uchrashuvida 2ta gol urishdi (“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2). Qolgan safar uchrashuvlarida, jamoamiz bittadan ortiq gol ura olmayapti yoki umuman ura olmayapti.

1. Dragan Cheran (hujumchi) – 6(1)
2. Bahrom Abdurahimov (yarim himoyachi) – 3
3. Odiljon Hamrobekov (himoyachi) – 1
4. Bobir Abduxoliqov (hujumchi) – 1
5. Sharof muhitdinov (yarim himoyachi) – 1
6. Azizjon G‘aniyev (yarim himoyachi) - 1

“Mash’al” jamoasi futbolchilari hozirgacha raqiblari darvozasini 10 marta ishg‘ol qilishgan. Jamoa to‘purarlari ro‘yxatida yarim himoyachi Zafar To‘rayev karvonboshilik qilmoqda, To‘rayev bu yilgi mavsumda 3ta gol kiritgan.

1. Zafar To‘rayev (yarim himoyachi) – 3
2. Sardor Rahmonov (himoyachi) -2
3. Humoyun Murtazoyev (hujumchi) – 2
4. Zohir Qo‘ziboyev (hujumchi) – 1
5. Iskandar Shoyqulov (himoyachi) – 1
6. Kenja To‘rayev (hujumchi) - 1

Demak, bo‘lajak voha derbisi har ikki jamoa uchun katta ahamiyatga ega va murosasiz bahs bo‘lishi turgan gap. Barcha vohamiz futbol ishqibozlariga ana shunday qiziqarli uchrashuvni o‘tkazib yubormang, deymiz. “G‘uzor” markaziy stadioniga tashrif buyuring!

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:17, 16.05.2017. O'qildi: 2211 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик