Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Neftchi" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov: “Derbida g‘alabadan boshqa yo‘limiz yo‘q”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

“Neftchi” darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov so‘nggi bahslarda jamoa darvozasini ishonch bilan qo‘riqlab kelmoqda.

Iqtidorli posbon Navoiyda bo‘lib o‘tgan “Qizilqum” – “Neftchi” bahsidan so‘ng klub matbuot xizmatiga intervyu berib o‘tdi. Abdujalilov suhbat davomida “Qizilqum”ga qarshi bahs, jamoa ko‘rsatayogan o‘yin, bo‘lajak derbi va farg‘onalik muxlislar haqida fikr bildirib o‘tdi.

– Abdumavlon, Navoiydagi 11-tur doirasidagi bahsda jamoa 0:2 natijasida oldinda borayotganda ko‘pchilik “Neftchi”ning galdagi muvaffaqiyatiga shubha qilmagandi. Biroq ikkinchi bo‘limda g‘alaba qo‘ldan chiqarildi. Buni qanday izohlagan bo‘lardingiz, g‘alabaga nima yetishmadi?

– Hujumlarga boy o‘yin bo‘ldi. Bahsga har ikka jamoa ham hujumor reja asosida chiqqani yaqqol ko‘zga tashlandi. Sermahsul bellashuv o‘tkazdik deb o‘ylayman. Mavsum boshidan beri gol urish borasidagi ko‘rsatkichlarimiz yaxshi emas edi. Biroq bu safar mehmonda o‘ynashimizga qaramay, “Qizilqum” darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldik . Bu ham jamoaning hujumga bo‘lgan e’tiboridan dalolat beradi. Darvozabon o‘z nuqtasidan maydonni juda yaxshi ko‘radi. O‘sha kuni jamoa himoyachilari o‘z ishlarini yaxshi bajarishdi deb o‘ylayman. Chunki “Qizilqum” futbolchilari darvozamiz qarshisida juda ko‘plab xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. G‘alabaga nima yetishmadi ? Balki ikki to‘p farqi bilan oldinda bora turib, biroz xotirjamlikka berilgan bo‘lsak kerak. O‘tkazib yuborilgan to‘plarda bir kishi emas, balki barchaning xatosi bo‘ladi. G‘alabani saqlab qola olmaganimiz yoqimsizdir.

– O‘yinga qanday rejalar bor edi?

– Hujumkor futbol namoyish etishni istadik. Shu sababli 3 ta yaqqol himoyachi bilan harakatlandik. Boshqa futbolchilar esa asosiy e’tiborni hujumga karatishdi.

– “Qizilqum” sizda qanday taassurot qoldirdi ?

– Navoiyliklarni ko‘p ta’riflash shart emas. “Qizilqum” safida yaxshi saviyadagi futbolchilar jam bo‘lgan. Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, Jasur Hasanov shuningdek Erkin Boydullayev singari yetakchi futbolchilarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin.

– Derbiga ham oz qoldi. Ishqibozlar qatori jamoalar ham mazkur raqobatni intiqlik bilan kutib, unga hozirlik ko‘rmoqda. To‘g‘rimi ?

– Albatta. Farg‘onada bizni ajoyib bellashuv kutmoqda. O‘z muxlislarimiz qarshisida nimchorakning dastlabki uchrashuvini o‘tkazamiz. Bu esa, g‘alabadan boshqa yo‘limiz yo‘qligini anglatadi.

– “Navbahor” haqida qanday fikrlar bildira olasiz ?

– Namanganliklar safida biz bilan birga to‘p surgan ajoyib futbolchilar harakat qilmoqda. Mansur Saidov, Jahongir Mehmonov hamda Alisher Samatovdek o‘yinchilar qanday saviyadagi ijrochilar ekanligi bizga juda yaxshi ma’lumdir. Hozir ular Namangan jamoasining asosiy va yetakchi futbolchilari sanalishadi. “Navbahor” – yaxshi jamoa. Ularning qayd etayotgan natijalari barchasini ko‘rsatib turibdi.

– “Obod” va “Qizilqum”ga qarshi bellashgan “Neftchi”ning o‘yinida qanday farq ko‘ryapsiz ?

– Ochig‘i, uyda o‘ynash qiyin bo‘ladi. Chunki raqibning bosimidan tashqari muxlislarning ham o‘ziga yarasha bosimi yuzaga keladi. Bilasiz, farg‘onalik muxlislar juda talabchan. Ularni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Futbolchilar o‘z muxlislari qarshisida xatoga yo‘l qo‘yish xavfi mavjudligi sabab balki o‘z imkoniyatini to‘liq ko‘rsatib bera olmas. Safarda esa vaziyat biroz boshqa bo‘ladi. Yigitlarning safardagi o‘yinlari ancha “ochilib” qolgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Jizzahda kechgan qiyin o‘yinda ham ilk g‘alabani qo‘lga kiritganimiz bunga misol bo‘la oladi.

– Mavsum starti omadsiz kechdi. Biroq sekin asta jamoa o‘ziga kelyapti. To‘g‘rimi ?

– Fikringizga qo‘shilaman. “Neftchi” murabbiylari jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilarni jamlashgan. Doim maydonga g‘alaba uchun chiqamiz. Oxirigacha kurashamiz. Yigitlar hamisha o‘z imkonyatlarini to‘liq ishga solishadi. O‘z navbatida ko‘p narsa omadga ham bog‘liq deb o‘ylayman.

– “Istiqlol” stadioniga oxirgi paytlarda juda oz muxlis kelyapti. Fikrimizcha, muxlislarning tashrif ko‘rsatkichini yaxshilash vaqti keldi.

– Bu holat nima bilan bog‘liq ekanligini jamoaning so‘nggi natijalariga bog‘lash mumkin. Farg‘onada futbolni sevishadi va o‘z jamoalaridan g‘alaba talab qilishadi. Ular stadionga sevimli jamoalaridan gollarni ko‘rish uchun kelishlarini yaxshi bilamiz. Ishqibozlar bilan to‘lib toshgan stadionda o‘ynashni har futbolchi istaydi. Bu holat sportchini ruhlantiradi. Muxlislarni stadionga qaytarishning yagona yo‘li – g‘alabalar seriyasidir! Buni jamoa futbolchilari tushunib turishibdi. Yaxshi niyatlar bilan aytamanki, biz muxlislarni stadionga qaytarish vazifasini uddalaymiz.

– Abdumavlon Abdujalilov o‘tgan mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshladi. Biroq o‘yiningizda bir qator xatolar kuzatildi. So‘ng zahiraga olindingiz. Bu yil esa vaziyat ancha ijobiy tarafga o‘zgargan ekanligini ko‘rib turibmiz.

– Ha, bu savolni kutgandim. O‘tgan yili kuzatilgan xatolarni qayta-qayta ko‘rib chiqdim, murabbiyim bilan tahlil qildik. Mashg‘ulotlarda mazkur xatolar va kamchiliklar ustida ko‘proq ishladim. Xamma inson xato qiladi. Faqat uni to‘g‘ri qabul qilish kerak. O‘z navbatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ishlash kishini yanada o‘sishiga sabab bo‘ladi. Dadam ham futbolni juda yaxshi tushanadilar. Hamisha kerakli ko‘rsatmalarni menga berib turadilar. Ularga ham katta rahmat. Asosiy darvozabon sifatida atiga 5 ta o‘yin o‘tkazdim. Bu ko‘rsatkich bilan to‘xtab qolmasdan, jamoaga ko‘proq yordam berishni istayman.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 17:20, 22.05.2017. O'qildi: 2499 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик