O‘zbekiston Kubogi nimchorak final birinchi o‘yinida "Paxtakor" yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuv jamoalarning navbatma-navbat hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo‘lim golsiz durang bilan tugashiga yaqin turgan bir holatda Ahmedov jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Belgilangan penaltidan Cheran unumli foydalandi - 0:1.
Ikkinchi bo‘limda hujumga tashlangan jamoamiz qarshi hujumlarda yana to‘plar o‘tkazib yubordi. Abdurahimov va Xushbakov urgan gollarga mehmonlarga yirik g‘alaba keltirdi.
Javob bellashuvi 30 may kuni Qashqadaryoda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final. Dastlabki o‘yin
"PAXTAKOR" - "NASAF" - 0:3 (0:1)
22 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar: V.Seytlin, T.Galeev, A.Po‘latov.
"Paxtakor": Lobanov, Andreev, Oraxovas, Tojiyev, Hoshimov, Ismatullayev (YUnusov, 74), A.Ahmedov (Iskanderov, 46), SH.Karimov, Kozak, Sergeev, Hakimov (Ibrohimov, 55).
"Nasaf": Suyunov, Sayfiyev, M.Karimov, Golban, Shorahmedov, Hamrobekov, Rahmatullayev, Abdurahimov (Xushbakov, 84), Rashidxonov (Narzullayev, 63), G‘aniyev (G‘aybullayev, 90+2), Cheran.
Gollar: Cheran, 44 - 0:1. Abdurahimov, 71 - 0:2. Xushbakov, 89 - 0:3.
Ogohlantirishlar: Hoshimov, 49. M.Karimov, 90+2.